Yusupova Nargiza Adashalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kimyo o‘qitish jarayonida talabalarning funksional savodxonligini baholash metodikasi», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari (kimyo)).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7968.
Ilmiy rahbar: Shernazarov Iskandar Ergashovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi  PhD.03/30.12.2019.K.05.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xushvaqtova Xusnobod Solievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Odilxo‘jazoda Nigoraxon Baxtiyorxo‘ja qizi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: kimyo o‘qitish jarayonida talabalarning funksional savodxonligini baholash metodikasini rivojlantirish mexanizmini tabiiy fanlar integratsiyasi asosida ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kimyo o‘qitish jarayonida talabalarning funksional savodxonligini baholashning didaktik imkoniyatlari o‘zlashtirilgan bilim darajasi traektoriyasini belgilashga qaratilgan sifat parametrlarini ta’limiy maqsadlar mazmuniga moslashtirish hamda integrativ yondashuv kontekstidan foydalanishga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
kimyo o‘qitish jarayonida talabalarning funksional savodxonligini baholash metodikasi kreativ fikrlash mobilligini oshirishga qaratilgan amaliy natijadorligini baholash va sifatini monitoring qilishga dinamik ustuvorlik berish hamda orttirilgan bilimlarni amalda qo‘llash pragmatikligini bosqichma-bosqich ta’minlashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
kimyo o‘qitish jarayonida talabalarning funksional savodxonligini baholash metodikasi mavzular bo‘yicha funksional savodxonlik parametrlarini qiyosiy aniqlash hamda uslubiy yondashuvlar, yetakchi gʻoyalarga ko‘ra ierarxik darajalash asosida takomillashtirilgan;
kimyo o‘qitish jarayonida talabalarning funksional savodxonligini baholash samaradorligi bilimlarni eksperimental ravishda muntazam tekshirish, diagnostik metodikalar va trening texnologiyalarni tadqiq etish hamda pedagogik jarayonining tashkiliy-pedagogik muhitini barqaror rivojlantirib borish asosida takomillashtirishgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kimyo o‘qitish jarayonida talabalarning funksional savodxonligini baholash metodikasini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
kimyo o‘qitish jarayonida talabalarning funksional savodxonligini baholashning didaktik imkoniyatlari o‘zlashtirilgan bilim darajasi traektoriyasini belgilashga qaratilgan sifat parametrlarini ta’limiy maqsadlar mazmuniga moslashtirish hamda integrativ yondashuv kontekstidan foydalanishga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Kimyoni o‘qitishda xalqaro baholash usullaridan foydalanish” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 27 dekabrdagi 485–sonli qaroriga asosan 224528-sonli guvohnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasa talabalarini kimyo fanidan o‘zlashtirgan funksional savodxonligini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan;
kimyo o‘qitish jarayonida talabalarning funksional savodxonligini baholash metodikasi kreativ fikrlash mobilligini oshirishga qaratilgan amaliy natijadorligini baholash va sifatini monitoring qilishga dinamik ustuvorlik berish hamda orttirilgan bilimlarni amalda qo‘llash pragmatikligini bosqichma-bosqich ta’minlashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Kimyoni o‘qitishda xalqaro baholash usullaridan foydalanish” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 485-sonli buyrug‘iga asosan 224528-sonli guvohnomasi). Natijada, talabalarning funksional savodxonligini baholash metodikasining samaradorligini oshirish imkoni kengaytirilgan;
kimyo o‘qitish jarayonida talabalarning funksional savodxonligini baholash metodikasi mavzular bo‘yicha funksional savodxonlik parametrlarini qiyosiy aniqlash hamda uslubiy yondashuvlar, yetakchi gʻoyalarga ko‘ra ierarxik darajalash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Anorganik kimyodan laboratoriya mashg‘ulotlari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika universiteti kengashining 2023 yil 30-maydagi 10/3.4–sonli qaroriga asosan 2023/164U-31-sonli guvohnomasi). Natijada, kimyo o‘qitish jarayonida talabalarning funksional savodxonligini baholash metodikasini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan;
kimyo o‘qitish jarayonida talabalarning funksional savodxonligini baholash samaradorligi bilimlarni eksperimental ravishda muntazam tekshirish, diagnostik metodikalar va trening texnologiyalarni tadqiq etish hamda pedagogik jarayonining tashkiliy-pedagogik muhitini barqaror rivojlantirib borish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Anorganik kimyodan laboratoriya mashg‘ulotlari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika universiteti kengashining 2023 yil 30-maydagi 10/3.4–sonli qaroriga asosan 2023/164U-31-sonli guvohnomasi). Natijada, talabalarning ijodiy kompetentligini rivojlantirish darajalarini tahlil qilish imkoni kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish