Alieva Kumush Bahodir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqidagi e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbekiston florasidagi Elymus L. turkumi”, 03.00.05 - Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/B1241.
Ilmiy rahbar: Tojibaev Komiljon Sharobitdinovich, biologiya fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Botanika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Botanika instituti, DSc.02/30.12.2019.V.39.01.
Rasmiy opponentlar: Toshpo‘lat Fayzullaevich Rajabov, biologiya fanlari doktori; Beshko Natalya Yurevna, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston florasidagi Elymus turkumining xilma-xilligini aniqlash, konspektini tuzish va keng ko‘lamli tahlilini amalga oshirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilm-fan uchun yangi tur — Elymus uzbekistanicus Usupbaev & Alieva tavsiflandi, shuningdek, O‘zbekiston florasi E. macrochaetus (Nevski) Tzvelev va E. lachnophyllus (Ovcz. & Sidorenko) Tzvelev turlari bilan to‘ldirildi;
O‘zbekiston florasida uchraydigan Elymus turkumi Anthosachne (Steud.) Tzvelev va Goulardia (Husn.) Tzvelev seksiyalariga mansub 11 turning zamonaviy konspekti tuzildi. Barcha turlar uchun raqamli fotoillyustratsiyalar tayyorlandi;
Turlarni asosiy morfologik belgilar asosida aniqlash uchun dixotomik aniqlagich kalit yaratildi;
Geobog‘langan ma’lumotlar asosida O‘zbekistonning botanik-geografik rayonlari va asosiy tog‘ tizmalari kesimida geografik tahlil olib borildi, bu Elymus turkumiga mansub turlarning mamlakat hududidagi tarqalishi haqidagi zamonaviy tasavvurlarni kengaytirishga xizmat qildi;
O‘zbekiston florasiga mansub Elymus turkumining 11 turi molekulyar jihatdan tahlil qilinganda, xloroplastga asoslangan filogenetik daraxtda O‘zbekiston florasiga mansub Elymus 11 turi, yadroviy IS daraxtiga ko‘ra Anthosachne seksiyasi turlari monofiletik klada hosil qilib ajralganligi turkum ichida filogenetik qardoshlik mavjudligi va umumiy kelib chiqishga ega ekanligini ko‘rsatadi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston florasida tarqalgan Elymus turkumi turlarini tadqiq qilishda olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston florasidagi Elymus turlarining xilma-xilligi va tarqalishi bo‘yicha (https://doi.org/10.15468/y5b8hu) maʼlumotlar toʻplami Global bioxilma-xillik axborot tizimiga (GBIF) joriy etilgan (28.12.2023). Natijada, O‘zbekiston hududidagi Elymus turlarining geografik tarqalishi va filogeniyasi bo‘yicha global axborot bazasidagi maʼlumotlarni muayyan darajada boyitish imkonini bergan;
molekulyar-genetik tahlillar asosida olingan barcha nukleotidlar ketma-ketliklari PQ222997, PQ223000, PQ301177, PQ222996, PQ222999, PQ2230011, PV0223771, PV036609, PQ2230041, PQ223008, PQ227098 (nrDNA (IS)); PQ380098, PQ385828, PQ380099, PQ385829, PQ385830, PQ3858311, PQ4504432, PV0543261, PQ3858322, PV054327, PQ4504452, PQ450446, PQ362383 (cpDNA) raqamlari ostida NCBI GenBank (https://www.ncbi.nlm.nih.gov/) da saqlangan. Integratsiyalashgan yondashuvdan foydalanish O‘zbekiston florasidagi Elymus turkumi turlari taksonomiyasi bo‘yicha yangi ma’lumotlarni olish imkonini bergan, bu nafaqat mahalliy turlar xilma-xilligini sezilarli darajada to‘ldirdi, balki mintaqaviy (Markaziy Osiyo) miqyosda zamonaviy g‘oyalarni kengaytirdi, fan uchun noma’lum bo‘lgan yangi turni aniqlash imkonini bergan;
o‘tkazilgan tadqiqotlar davomida “O‘zbekiston florasi” loyihasi xodimlari bilan hamkorlikda 380 dan ortiq gerbariy namunalari yig‘ildi. Elymus turkumiga oid barcha namunalar tanqidiy qayta ko‘rib chiqildi, to‘liq hujjatlashtirildi va dissertatsiya muallifi tomonidan O‘zbekiston Milliy gerbariy fondiga (TASh) doimiy saqlash uchun topshirildi (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2025-yil 27-fevraldagi 4/1255-499-sonli ma’lumotnomasi asosida). Natijada, O‘zbekiston hududida to‘plangan yangi gerbariy namunalar TAShning Markaziy Osiyo bo‘limi kolleksiyasidagi g‘alladoshlar to‘plamini boyitdi.