Mirzaeva Nigoraxon Ibrohimjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Umumta’lim maktablari biologiya darslarida o‘quvchilarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8243.
Ilmiy rahbar: Kadirov Xayot Sharipovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.B.20.04 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Norbo‘taev Xo‘shboq Bobonazarovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Maxmudova Dilfuza Melievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: umumiy o‘rta ta’lim muassasalari biologiya darslarida o‘quvchilarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha metodik taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
biologiya darslarida turli o‘qitish shakllarini loyihalashtirish jarayonida ilg‘or xorijiy tajribalarning metodologik tendensiyalari asosida o‘quvchilarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish bilan bog‘liq innovatsion muhitni yaratish, biologiya ta’limi mazmunini intensiv tarzda kengaytirish, tayanch va fanga doir kompetensiyalar bilan integrativ, refleksiv aloqalarini ta’minlash, izchil tuzilishdagi loyihalar hamda interfaol ta’lim texnologiyalaridan adaptiv holda foydalanish barqarorligini diagnostikalash asosida aniqlashtirilgan;
biologiya darslari jaryonida kompetensiyaviy yondashuvlarga asoslangan holda o‘quvchilarning ishbilarmonlik, mustaqillik fazilatlari, innovatsion, kreativ fikrlashlariga imkon beradigan biznes loyihalar, fanlararo o‘zaro aloqadorlikni amaliy-funksional, refleksiv, korreksion integratsiyalash, oddiydan murakkablikka qarab tadbirkorlikka maqsadli yoʻnaltirish va samarali rivojlantirish algoritmiga adaptiv omillarining o‘zaro bog‘liqligi asosida ishlab chiqilgan;
biologiya fanning turli tarmoqlari: o‘simliklar olami, hayvonot dunyosi, genetika, seleksiyaga oid mazularni o‘qitishda o‘quvchilarining o‘quv-bilish va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish imkoniyatlari hamda bilish motivatsiyasini ketma-ketligini ta’minlash, tadbirkorlika oid kreativ fikrlash elementlarini innovatsion faoliyatga adaptiv va amaliy yo‘nalganlik didaktika tamoyili sifatida kiritish, kasbiy va shaxsiy kompetensiyalaridan noodatiy (kutilmagan) vaziyatlarda qo‘llay olishga qaratilgan innovatsion texnologiyalar va maxsus ishlab chiqilgan model asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishda biologiya fanidan o‘zlashtirish darajalari, baholash mezonlari, mazmuni, o‘zaro bog‘liq jihatlarini belgilovchi ko‘rsatkichlari motivatsion, tashkiliy va o‘quv metodik ta’minot hamda mashg‘ulotlarni uyg‘unlashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Biologiya o‘qitishda o‘quvchilarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish tizimi bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
biologiya darslarini turli o‘qitish shakllarini tashkil etishning pedagogik imkoniyatlari va metodik xususiyatlari o‘quvchilarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish bilan bog‘liq ilg‘or tajribalar asosida biologiya ta’limi mazmunini nazariy va amaliy jihatdan kengaytirish, fanga va tadbirkorlikka yo‘naltirishga oid xusisuy ko‘nikmalar tayanch kompetensiyalar bilan integrativ qayta aloqasini ta’minlash, tabiiy-ilmiy savodxonlikka va tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojantirishga qo‘yilgan talablarga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Biologiya o‘qitish metodikasidan laboratoriya mashgʻulotlari” (2023-yil) nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti kengashining 2023-yil 28-sentyabrdagi 2/3.2-sonli qarori asosida berilgan 2023/298U-81 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash imkoni yaratilgan;
biologiya darslari jaryonida kompetensiyaviy, innovatsion, kreativ fikrlashga imkon beradigan hamda ierarxik, izchillik, refleksiv, korreksion integratsiyalash, oddiydan murakkablikka o‘tish prinsiplari asosida topshiriqlar tizimini ishlab chiqishga oid tavsiyalar “Biologiya o‘qitish metodikasidan amaliy mashg‘ulotlar” (2024-yil) nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2024-yil 30-noyabrdagi 4/3.1-sonli qarori asosida berilgan 2024-581U-500 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, biologiya o‘quv mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi topshiriqlar tizimini ishlab chiqishga erishilgan;
biologiya fanning turli tarmoqlari: o‘simliklar olami, hayvonot dunyosi, genetika, seleksiyaga oid mazularni o‘qitishda o‘quvchilarining o‘quv-bilish va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish imkoniyatlari hamda bilish motivatsiyasini ketma-ketligini ta’minlash imkoniyatini beradigan innovatsion texnologiyalar asosida takomillashtirishga oid xulosalar “Biologiyadan masala va mashqlar yechish (Sitologiya va genetika asoslari)” nomli uslubiy qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti o‘quv-uslubiy Kengashining 2017-yil 16-marttdagi 8-son qarori bilan nashrga tavsiya etilgan). Natijada, o‘quvchilarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik tizimini takomillashtirish samaradorligi oshgan;
biologiya fanining turli tarmoqlariga oid mazularni o‘qitishda o‘quvchilarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish va tashxislash mazmuni ta’lim berish sifati, mustaqil fikrlash, modellashtirish mezonlarining o‘zaro bog‘liqligi asosida ishlab chiqilgan “Umumta’lim maktabalari o‘quvchilarida tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli” ga oid takliflardan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti PZ-20170923121-raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi amaliy tadqiqot granti doirasida yaratilgan didaktik materiallar mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 21-sentyabrdagi 11-05-5282/04-sonli dalolatnoma). Natijada, umumta’lim maktablari biologiya darslarida o‘quvchilarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoni yaratilgan.