Ravshanova Nargiza Baxtiyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Eryong‘oq ekish uchun tuproqni tayyorlaydigan mashina chuquryumshatgichining parametrlarini asoslash», 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5724
Ilmiy rahbar: Mamatov Farmon Murtozevich, texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat texnika universiteti, PhD.03/30.06.2020.T.111.02.
Rasmiy opponentlar: Ravshanov Hamroqul Amirqulovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Jo‘raev Akram Azamat o‘g‘li, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi g‘alladan bo‘shagan dalalarda eryong‘oq ekish uchun tuproqni pushtali ekishga tayyorlashda mehnat unumdorligini oshirish va energiya-resurstejamkorlikni taʼminlaydigan yumshatgichlar bilan jihozlangan mashinani ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kuzgi bo‘g‘doydan bo‘shagan dalalarda bir yo‘la pushtalarni tekislash bilan birga shakllantiriladigan pushtalar ostini yumshatish va mavjud pushtalar o‘rniga yangi pushtalar shakllantirish texnologiyasi talablar darajasida tuproqni pushtali eryong‘oq ekishga tayyorlash va pushtalar ostini yumshatilishini hisobga olinib ishlab chiqilgan;
pushta tekislagich, o‘ng va chap takomillashgan chuquryumshatgichlar va pushta shakllantirgichlardan tashkil topgan kombinatsiyalashgan mashinaning konstruksiyasi mavjud pushtalar o‘rniga yangi pushtalar shakllantiririb, somon qoldiqlarini talablar darajasida sifatli ko‘mish va pushtalar osti tuprog‘ini yumshatilishini ta’minlashini hisobga olinib ishlab chiqilgan;
kengaytirgichli iskanasimon panja bilan jihozlangan takomillashgan chuquryumshatgich konstruksiyasi mavjud pushtalar pastgi qatlami va shakllanadigan pushtalar osti tuprog‘ini chuqur, sifatli yumshatilishini ta’minlashini hisobga olinib ishlab chiqilgan;
kengaytirgichli iskanasimon panja va qiya ustunli chuquryumshatgich orasidagi bo‘ylama masofa ularni tuproq bilan taʼsirlashish zonalari va palaxsalarni sifatli yumshatilishini hisobga olgan holda asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Eryong‘oq ekish uchun tuproqni tayyorlaydigan mashina chuquryumshatgichining parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
takroriy ekinlarni pushtaga ekishga tuproqni tayyorlash usuliga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasining ixtiroga patentlari olingan (“Kombinatsiyalashgan tuproqqa ishlov berish quroli” № IAP 8113, 2025 y. va “Chopiq qilinadigan ekinlarni pushtaga ekishga tuproqni tayyorlash usuli”, № IAP 8114, 2025 y.). Natijada kuzgi bo‘g‘doydan bo‘shagan dalalarni eryong‘oq ekishga tayyorlaydigan kombinatsiyalashgan mashinani ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
kuzgi bo‘g‘doydan bo‘shagan dalalarni bir o‘tishda eryang‘oq ekishga tayyorlash uchun ishlab chiqilgan kombinatsiyalashgan mashina Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” ning 2025-yil 3-iyuldagi 05/04-04-345-sonli maʼlumotnomasi). Natijada kuzgi bo‘g‘doydan bo‘shagan dalalarda tuproqni pushtali eryong‘oq ekish uchun tayyorlashda yonilg‘i sarfi 25,71 foizga, mehnat sarfi 43,59 foizga va foydalanishdagi xarajatlar 21,06 foizga kamaygan;
kuzgi bug‘doydan bo‘shagan dalalarni bir o‘tishda eryong‘oq ekishga tayyorlaydigan kombinatsiyalashgan mashinaning sanoat nusxalarini ishlab chiqishni o‘zlashtirish uchun dastlabki talablar, texnik topshiriq va loyiha-konstruktorlik hujjatlari (texnikaviy shartlar va chizmalar) “BMKB-Agromash” AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” ning 2025-yil 3-iyuldagi 05/04-04-345-sonli maʼlumotnomasi). Natijada kuzgi bug‘doydan bo‘shagan dalalarni bir o‘tishda eryong‘oq ekishga tayyorlaydigan mashinaning sanoat nusxalarini ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.