Toshmamatov Bobir Mansurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Quyosh energiyasidan foydalanib qattiq maishiy chiqindilarni termik qayta ishlash samaradorligini oshirish” mavzusi, 05.05.06-“Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1742
Ilmiy rahbar: Davlonov Xayrulla Allamurotovich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat texnika universiteti, PhD.03/30.09.2020.T.111.03. raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Imomov Shavkat Jahonovich, texnika fanlari doktori professor; Axadov Jobir Zamirovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya ishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qattiq maishiy chiqindilarni geliotermik qayta ishlash uchun quyosh havo qizdirish kollektori va yassi reflektorli chiqindi reaktorini ishlab chiqish va energiya samaradorligini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaffof qoplamali, yo‘naltiruvchi issiq havo kanaliga ega, yassi refloktori va quyosh havo qizdirish kollektori bilan kambinatsiyalashtirilgan, avtomatik boshqaruv tizimli chiqindilarning morfologik tarkibini o‘zgarishini hisobga olib anaerob usulda qayta ishlash imkonini beradigan qattiq maishiy chiqindilarni termik qayta ishlash qurilmasi ishlab chiqilgan (FAP 01557);
tashqi muhit harorati va quyosh radiatsiyasi intensivligining o‘zgarishini, chiqindi reaktori konstruksiyasi issiqlik-texnik parametrlari hamda turli morfologik tarkibga ega chiqindilarning issiqlik sig‘imini hisobga olgan holda quyosh havo kollektori va yassi reflektorli chiqindi reaktorining issiqlik balansini hisoblash imkonini beradigan hisoblash dasturi ishlab chiqilgan;
turli morfologik tarkibga ega bo‘lgan qattiq maishiy chiqindilarni anaerob qayta ishlash jarayoniga ta’sir qiluvchi, tashqi havo harorati, quyosh nurlanishining intensivligi, chiqindi reaktori qatlamlari harorati va issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffisientlarining o‘zgarishini hisobga olgan holda chiqindi reaktorining qatlamlararo issiqlik almashinuvini aniqlash imkonini beradigan matematik model ishlab chiqilgan;
aktiv quyosh isitish tizimiga ega chiqindi reaktorini issiqlik-gidrodinamik rejimini tajribaviy tadqiqoti natijalarini umumlashtirish asosida chiqindi reaktori havo kanali devori harorati, issiqlik tashuvchining harorati, laminar va turbulent harakat rejimlariga bog‘liq holda gidravlik qarshilik hamda issiqlik berish koeffisientlarini aniqlovchi empirik tenglamalar olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Quyosh energiyasidan foydalanib qattiq maishiy chiqindilarni termik qayta ishlash qurilmasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qattiq maishiy chiqindilarni termik qayta ishlash qurilmasi Qarshi davlat texnika universiteti bazasidagi “Muqobil energiya manbalari” o‘quv-ilmiy poligonida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 23-maydagi №03-03/1-03/3-5041-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 1 tonna turli morfologik tarkibga ega bo‘lgan qattiq maishiy chiqindilar belgilangan harorat rejimida quyosh energiyasi ta’sirida qayta ishlanishi natijasida an’anaviy energiya resurslari sarfini 85% ga qisqarishiga hamda o‘rtacha 280÷300 m3 chiqindi gazi olinganda xarajatlar 2÷2,5 yilda qoplanishiga erishilgan. 1 m3 ishchi hajmga ega chiqindi reaktorida chiqindilarni an’anaviy energiya manbalari yordamida qayta ishlash qurilmalariga nisbatan sarflanadigan energiya xarajatlarini 80 % gacha, 1 tonna qattiq maishiy chiqindiga nisbatan atmosferaga tashlanadigan CO2 gazlarining miqdorini 1,9÷2,0 tonnaga kamaytirilishga erishilgan.