Abduraimov Sherzod Muratkulovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): “Samarqandning Evropa qismi arxitekturasi va uning regeneratsiyasi (XIX asrning 2-yarmi va XX asr boshlari)”, 18.00.01–Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/A31. 
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Mamatmusaev Toxir Shaydulovich, arxitektura fanlari doktori (DSc), professor. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.07.2024.A.20.11 raqamli ilmiy kengash asosidagi Bir martalik ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Durdieva Gavhar Salaevna, arxitektura fanlari doktori, professor; Mamadjanova Saliya, arxitektura fanlari doktori, professor (Tojikiston); Koshanov Baxitbay Abdikerimovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Samarqandning Evropa qismi arxitekturasini ochib berish va ushbu muhitning turli davrlarga tegishli uchta asosiy qismi asosida, ayniqsa XIX asrning 2-yarmi va XX asrlar boshiga tegishli shaharning Evropa qismiga urg‘u bergan holda, uning “Regeneratsiya modeli”ni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Movarounnahrda shaharsozlik qadimdan rivojlanib kelganligi, aholi sonining o‘sishi natijasida ularda strukturaviy o‘zgarishlar (uch qismli – o‘rta asrlar davri, ikki tuzilmali – Chor Rossiyasi davri) amalga oshirilganligi dalillangan;
Chor Rossiyasi davrida qadimiy shaharlar yonlarida uch nurli yangi shaharlar qurilganligi natijasida tarixiy shaharni o‘rab turgan mudofaa devorlari buzilib, shahar tizimining tabiiy taraqqiyoti cheklanganligi asoslangan;  
XIX asrning 2-yarmi – XX asr boshlarida Samarqandning Evropa qismidagi binolarning muhim xususiyati - ularning mintaqaviy omillar ta’sirida rivojlanganligi, bu ko‘p asrlik rus arxitekturasi madaniyati va o‘zbek xalq me’morligi integratsiyasi natijasida shakllanganligi asoslangan;
shaharlarni rejalashtirishda tabiiy havo almashinuvi (shamollatish)ning ta’minlanishi (Samarqandning Evropa qismidagi bulvar) majburiy element  ekanligi, galereyalarning ichki hovli tomon yo‘naltirilishi hamda binolarning hovli tomon ochilganligi ijobiy mikroiqlimni ta’minlaganligi isbotlangan; 
Samarqand shahrining XIX–XX asr boshlariga oid tarixiy muhitini V bosqichdan (tahliliy, ilmiy-tahlil va konseptual, loyihalash va modellashtirish, amaliy tadbiq va normativ-huquqiy asos, nazorat va monitoring) tashkil topgan qayta tiklash va barqaror rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Samarqandning Evropa qismi arxitekturasi va uning regeneratsiyasi (XIX asrning 2-yarmi va XX asr boshlari) mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Movarounnahrda shaharsozlik qadimdan rivojlanib kelganligi, aholi sonining o‘sishi natijasida ularda strukturaviy o‘zgarishlarning (uch qismli – o‘rta asrlar davri, ikki tuzilmali – Chor Rossiyasi davri) amalga oshirilganligi haqidagi ilmiy natijalardan Madaniy meros agentligi faoliyatida foydalanilgan (Madaniy meros agentligining 2025 yil 30 iyundagi 04-07/2640-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi qadimgi manbalarda shaharsozlik xususidagi tushunchalarning o‘ziga xos jihatlarini ochib berish imkonini bergan; 
Chor Rossiyasi davrida qadimiy shaharlar yonlarida uch nurli yangi shaharlar qurilganligi natijasida tarixiy shaharni o‘rab turgan mudofaa devorlari buzilib, shahar tizimining tabiiy taraqqiyotiga chek qo‘yilganligi bo‘yicha olingan natijalar Madaniy meros agentligi faoliyatida foydalanilgan (Madaniy meros agentligining 2025 yil 30 iyundagi 04-07/2640-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi Chor Rossiyasi davrida shaharsozlikdagi o‘zgarishlar xususida aniq xulosalar chiqarish imkonini bergan;
XIX asrning 2-yarmi – XX asr boshlarida Samarqandning Evropa qismidagi binolarning muhim xususiyati - ularning mintaqaviy omillar ta’sirida rivojlanganligi, bu ko‘p asrlik rus me’morlik madaniyati va o‘zbek xalq me’morligi integratsiyasi natijasida shakllanganligi hamda shaharlarni rejalashtirishda tabiiy havo almashinuvi (shamollatish)ning ta’minlanishi (Samarqandning Evropa qismidagi bulvar) majburiy element  ekanligi, galereyalarning ichki hovli tomon yo‘naltirilishi hamda binolarning hovli tomon ochilganligi ijobiy mikroiqlimni ta’minlaganligi isbotlanganligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan Madaniy meros agentligi faoliyatida foydalanilgan (Madaniy meros agentligining 2025 yil 1 iyuldagi 04-07/2651-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar binolarni qurishdagi mintaqaviy omillarni ochib berish imkonini bergan;
Samarqand shahrining XIX–XX asr boshlariga oid tarixiy muhitini V bosqichdan (tahliliy, ilmiy-tahlil va konseptual, loyihalash va modellashtirish, amaliy tadbiq va normativ-huquqiy asos, nazorat va monitoring) tashkil topgan qayta tiklash va barqaror rivojlantirish strategiyasining ishlab chiqilganligiga doir ilmiy natijalar “O‘ZShAHARSOZLIK LITI” bosh loyiha instituti davlat muassasasi faoliyatida foydalanilgan (“O‘ZShAHARSOZLIK LITI” bosh loyiha instituti davlat muassasasining 2025 yil 11 sentyabrdagi 1-02/1224-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi tarixiy hududlarni qayta tiklash va barqaror rivojlantirish imkonini bergan.   

Yangiliklarga obuna bo‘lish