Raximdjanova Dilnavoz Sunnat qizining
falsafa fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Klassik yunon falsafasi va sharq peripatetizmida erkinlik fenomeni komparativistikasi” mavzusidagi 09.00.03 – Falsafa tarixi ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Fal1411
Ilmiy maslahatchi: Ramatov Jumaniyoz Sultonovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: To‘raev Baxtiyor Omonovich, falsafa fanlari doktori, professor; Navro‘zova Gulchehra Nigmatovna, falsafa fanlari doktori, professor; Amriddinova Dilrabo Tursunovna, falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi intuitiv bilishning ilmiy-falsafiy, metodologik- sinergetik jihatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
erkinlik fenomeni hamda fuqarolar hayotidagi erkinlik axloqining «qonun», «jamiyat», «fuqaro», «axloq», «mulk» bilan bog‘liq mohiyati Sokrat, Platon, Aristotel kabi klassik yunon falsafasi hamda Farobiy, Ibn Rushd, Ibn Xaldun kabi sharq peripatetizmi vakillarining mas’uliyat, ideal davlat, o‘zboshimchalik, javobgarlik, taqdir, erkin tanlov, boshqaruv, asabiyya, mulk kabi falsafiy qarashlari asosida ochib berilgan;
Platonning «Davlat» hamda Farobiyning «Fozil odamlar shahri» asaridagi meyordan ortiq erkinlikni davlatni boshqaruvchi yakka insonlar qo‘liga tutqazish tiraniya tuzumiga olib kelishi va jamiyatni tobelashtirishi kabi nuqtai nazar bilan hozirgi kunda hokimiyatdagi vakolatli shaxslarga qonun chegarasidan chetga chiquvchi erkinlikni berish zamonaviy sotsiumda fuqarolarning huquq va erkinliklarining buzilishiga sabab bo‘lishi va uning fuqarolik jamiyati tamoyillariga zidligi borasidagi yondashuvning uyg‘unligi falsafiy asoslangan;
davlat siyosiy boshqaruvida shaxs, jamiyat manfaatlarini ta’minlashdagi ijtimoiy-falsafiy qarashlar vositasida xalq bilan muloqot, adolat, tenghuquqiylik va gumanistik tamoyillarni qaror toptirish zaruriyati jamiyat bir butunligini ta’minlashda namoyon bo‘lishi erkinlik prizmasi orqali argumentlangan;
klassik yunon falsafasi mutafakkirlarining qarashlarida erkinlik fenomenining evolyusion transformatsiyasi dialektik jihatdan ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy, axloqiy, falsafiy, ruhiy erkinlikdagi plyuralistik g‘oyalarning zamonaviy mohiyatiga adekvat ekanligi dalillangan;
antik davr klassik yunon falsafasi bilan sharq peripatetizm yo‘nalishi vakillarining qarashlarida erkinlik fenomeniga munosabatning komparativistikasi orqali g‘oyalar divergensiyasi sodir bo‘lgani oqibatida erkinlikning zamonaviy masalalariga deterministik jihatdan ta’sir etganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Klassik yunon falsafasi va sharq peripatetizmida erkinlik fenomeni komparativistikasi bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
erkinlik fenomeni hamda fuqarolar hayotidagi erkinlik axloqining «qonun», «jamiyat», «fuqaro», «axloq», «mulk» bilan bog‘liq mohiyati Sokrat, Platon, Aristotel kabi klassik yunon falsafasi hamda Farobiy, Ibn Rushd, Ibn Xaldun kabi sharq peripatetizmi vakillarining mas’uliyat, ideal davlat, o‘zboshimchalik, javobgarlik, taqdir, erkin tanlov, boshqaruv, asabiyya, mulk kabi falsafiy qarashlari asosida ochib berilishiga oid xulosalardan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi hamda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining yoshlar hayoti, erkinliklarini, intilishlarini aniqlashga yo‘naltirilgan ijtimoiy-ma’naviy, huquqiy, sohalarga oid turkum tadbirlarni o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashining 2025 yil 16 yanvardagi 04-13/54-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025 yil 28 yanvardagi 4-10-21-436-son ma’lumotnomalari). Natijalar yoshlar ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, ularda kuchli fuqarolik pozisiyasini shakllantirish, yoshlar tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o‘rnini yanada mustahkamlash, ularning ilmiy va innovatsion salohiyatini boyitish kabi vazifalarni amalga oshirish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qilgan;
Platonning «Davlat» hamda Farobiyning «Fozil odamlar shahri» asaridagi meyordan ortiq erkinlikni davlatni boshqaruvchi yakka insonlar qo‘liga tutqazish tiraniya tuzumiga olib kelishi va jamiyatni tobelashtirishi kabi nuqtai nazar bilan hozirgi kunda hokimiyatdagi vakolatli shaxslarga qonun chegarasidan chetga chiquvchi erkinlikni berish zamonaviy sotsiumda fuqarolarning huquq va erkinliklarining buzilishiga sabab bo‘lishi va uning fuqarolik jamiyati tamoyillariga zidligi borasidagi yondashuvning uyg‘unligi falsafiy asoslanishiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazining o‘quv-uslubiy ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi 2025 yil 27 yanvardagi 02/42-son dalolatnomasi). Natijalar yoshlarning ijodiy va kasbiy faoliyatini ta’minlashga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilishga, buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishga, ruhiy va ma’naviy olami boyishiga xizmat qilgan;
davlat siyosiy boshqaruvida shaxs, jamiyat manfaatlarini ta’minlashdagi ijtimoiy-falsafiy qarashlar vositasida xalq bilan muloqot, adolat, tenghuquqiylik va gumanistik tamoyillarni qaror toptirish zaruriyati jamiyat bir butunligini ta’minlashda namoyon bo‘lishi erkinlik prizmasi orqali argumentlanganligiga oid xulosalardan «Alfaraganus University» nodavlat oliy ta’lim tashkiloti talabalari uchun «Sharq va G‘arb falsafasi tarixi» va «Sharq va G‘arb falsafasidagi antropologik muammolar» nomli hamda Tashkent International university of Education talabalari uchun «Bilish nazariyalari» nomli darsliklarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 25 avgustdagi 391-sonli buyrug‘i asosida № 316373, 2024 yil 4 martdagi 55-sonli buyrug‘i asosida № 358733 va 2024 yil 29 maydagi 194-sonli buyrug‘i asosida № 194-066 sonli guvohnomalari). Natijalar davlat boshqaruvidagi erkinlik ahamiyati shaxsning falsafiy-siyosiy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilgan;
klassik yunon falsafasi mutafakkirlarining qarashlarida erkinlik fenomenining evolyusion transformatsiyasi dialektik jihatdan ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy, axloqiy, falsafiy, ruhiy erkinlikdagi plyuralistik g‘oyalarning zamonaviy mohiyatiga adekvat ekanligi dalillanganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ««Ma’rifat» ijodiy birlashmasi» davlat muassasasi tarkibidagi «O‘zbekiston tarixi» telekanalining «Taqdimot» ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ««Ma’rifat» ijodiy birlashmasi» davlat muassasasi tarkibidagi «O‘zbekiston tarixi» telekanalining 2025 yil 4 fevraldagi 01-33/42-son ma’lumotnomasi). Natijalar yoshlar ongida erkin tafakkuri rivojiga, o‘z ichki ruhiy-ma’naviy olamini anglashga xizmat qilgan.
antik davr klassik yunon falsafasi bilan sharq peripatetizm yo‘nalishi vakillarining qarashlarida erkinlik fenomeniga munosabatning komparativistikasi orqali g‘oyalar divergensiyasi sodir bo‘lgani oqibatida erkinlikning zamonaviy masalalariga deterministik jihatdan ta’sir etganligi isbotlanganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining ijtimoiy-ma’naviy, huquqiy, o‘quv-uslubiy va ilmiy sohalarga oid ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2025 yil 11 fevraldagi 01-07/20-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarning ongida erkin tafakkuri rivojiga, o‘z ichki ruhiy-ma’naviy olamini anglashga, ijodiy va kasbiy faoliyatini ta’minlashga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilishga, buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishga xizmat qilgan.