Agzamov Shaxboz Akmalovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turizm sohasida transport infratuzilmasini rivojlantirish va tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish” (Samarqand viloyati misolida) ixtisoslik shifri: 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2700
Ilmiy rahbar: Sultonov Shodiyor Abduxalilovich iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01
Rasmiy opponentlar: Tuxliev Iskandar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Matyokubov Umidjon Raximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turizm transport infratuzilmasini rivojlantirish va tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iqtisodiyotda turizm transport infratuzilmasini rivojlantirishda transport xizmatlari moddiy-texnika bazasining rivojlanishini va logistik bozor talabini hisobga oladigan “turizm transport infratuzilmasi” va uning tashkiliy-iqtisodiy tushunchalarining takomillashgan ta’riflari ishlab chiqilgan;
Samarqand viloyatida tanlab olingan turistik maskanlarining (Zarafshon milliy bog‘i, Ertaklar olami, Teshiktosh, Ming archa, Oqbo‘yro, Hazrati Dovud) sayyohlar uchun xizmat ko‘rsatuvchi transport xizmatlarining qiymatini takomillashtirilgan “Travel cost” metodi asosida baholash va shu asosida “Sayyoh uchun transport xarajati” narxini hisoblash bo‘yicha takliflar asoslangan ;
turizm transport infratuzilmasiga oid korxonalar va davlat tuzilmalari o‘rtasidagi samarali iqtisodiy munosabatlarini hisobga olgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari va uning klaster modeli bo‘yicha ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan ;
Samarqand viloyatida “Sayyoh transporti 777” raqamli platforma modeli, turizm transport infratuzilmasini 2024-2027 yillarga mo‘ljallangan ilmiy asoslangan prognoz ko‘rsatkichlari va turizmda innovatsion texnologiyalarni joriy qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tavsiyalar taklif qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
turizm infratuzilmasini rivojlantirishda transport xizmatlari ko‘rsatishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar amaliyotda qo‘llanildi, jumladan:
Turizm transport infratuzilmasini rivojlantirishda transport xizmatlari moddiy-texnika bazasining rivojlanishini va logistik bozor talabini hisobga oladigan “turizm transport infratuzilmasi” va “transport xizmatlari bozori” tushunchalarining takomillashgan ta’riflari ishlab chiqildi. (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, Samarqand viloyati turizm va madaniy meros bosh boshqarmasining 2023 yil 8 iyuldagi 02-04/657 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni joriy etilishi turizm transport infratuzilmasini rivojlantirish, tasniflash, tavsiflash, investisiya, innovatsiya, huquqiy-me’yoriy hujjatlarni shakllantirish muammolarini hal etish imkonini berdi;
Respublikada turizm transport infratuzilmasiga oid korxonalar va davlat tuzilmalari o‘rtasidagi samarali iqtisodiy munosabatlarini hisobga olgan tashkiliy, iqtisodiy mexanizmlari va uning klaster modeli bo‘yicha ilmiy va amaliy tavsiyalar taklif etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, Samarqand viloyati turizm va madaniy meros bosh boshqarmasining 2023 yil 8 iyuldagi 02-04/657 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu klaster modeli Samarqand viloyatida turizm transport infratuzilmasini rivojlantirish, axborotlarni tarqatish, turistlarga transport xizmatini ko‘rsatish sifatini oshirish va vaqtdan unumli foydalanish orqali samaradorlikka erishishni ta’minlaydi va bir qator mavjud muammolarni echimi uchun asos bo‘lib hisoblandi;
Turizm transport infratuzilmasining shakllanishi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar va turistik resurslar salohiyatidan foydalanish, hududlarda infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha ilmiy takliflar taklif etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, Samarqand viloyati turizm va madaniy meros bosh boshqarmasining 2023 yil 8 iyuldagi 02-04/657 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi respublikamiz mintaqalarida, turizmni rivojlantirish chora-tadbirdlari rejasini ishlab chiqishda tabiiy-gegrafik joylashuvi va turizmning turlarini rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillarni aniqlab olishga xizmat qilgan;
Samarqand viloyatida turizm transport infratuzilmasini 2024-2027 yillarga mo‘ljallangan ilmiy asoslangan prognoz ko‘rsatkichlari va turizmda innovasion texnologiyalarni joriy qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, Samarqand viloyati turizm va madaniy meros bosh boshqarmasining 2023 yil 8 iyuldagi 02-04/657 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilik mamlakatimizda turizm sohasida transport infratuzilmasini innovasion rivojlantirish va istiqbolli strategiyasini ishlab chiqish imkonini berdi.