Ruziev Oybek Avlaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qandli diabeti mavjud bolalarda tana tarkibining bioimpedans tahlili va moyaklar morfometrik parametrlari bilan bog‘liqligi ” 14.00.02 - Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4426.
Ilmiy rahbar: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/29.02.2024.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Xamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ragimov Razin Mirzekerimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Abuali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: 1-tip QD mavjud maktab yoshidagi o‘g‘il bolalarda tana tarkibining bioimpedans tahlili va moyaklar morfometrik parametrlari bilan bog‘liqligini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
7-17 yoshdagi 1-tip QD mavjud va sog‘lom o‘g‘il bolalarda jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari, tana tarkibi hamda orxidometrik parametrlari kompleks o‘rganilgan, o‘sish va rivojlanish dinamikasining yoshga xos xususiyatlari aniqlangan;
ilk bor maktab yoshidagi 1-tip QD mavjud o‘g‘il bolalarda tana tarkibining bioimpedans tahlili va moyaklar morfometriyasi o‘tkazilgan va sog‘lom bolalarga nisbatan tana tarkibida mushak, suyak massalari hamda tanadagi suv va oqsil miqdorining kamayishi, aksincha yog‘ miqdorining ortiqchaligi, shuningdek moyaklarning hajmi 10-12%ga orqada qolishi isbotlangan;
1-tip QD mavjud bolalarda retrospektiv usulda glikemiya darajasi o‘rganilgan hamda tana tarkibi va orxidometrik parametrlar bilan bog‘liqligi tahlil qilingan, glikemik nazorati etarli bo‘lmagan QD mavjud bolalarda tana tarkibi o‘zgarishlari va moyak hajmlari orasida teskari korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi isbotlangan;
ilk bor o‘rganilgan orxidometrik parametrlar va bioimpedansometrik tahlillar asosida 1-tip QD mavjud bolalarda glikemiya darajasiga bog‘liq holda o‘zgarishlarning korreksiyasiga doir reabilitatsion choralar algoritmi ishlab chiqilgan.
 IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi:
1-tip QD mavjud va sog‘lom o‘g‘il bolalarda jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari, orxidometrik parametrlar hamda tana tarkibi tahlilining qiyosiy tavsifini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: 1-tip QD mavjud maktab yoshidagi o‘g‘il bolalarda jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari sog‘lom bolalarga nisbatan orqada qolishi  isbotlangan. Ushbu o‘zgarishlar “1-tip qandli diabeti mavjud maktab yoshidagi o‘g‘il bolalarda jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari, tana tarkibi va orxidometrik parametrlarni baholash usuli” mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma Buxoro davlat tibbiyot institutining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 30-maydagi 25-m/130-son bilan tasdiqlangan. Uslubiy ko‘rsatmalar bolalarda jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini aniqlash, ularni sog‘lom bolalar ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligini taqqoslash imkonini yaratgan. Tadqiqot natijalari Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (10.06.2025 yildagi № 51/1 son) buyruq bilan va  Akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo filiali (11.06.2025 yildagi № 24-T son) buyruq bilan amaliyotga tatbiq etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 7 iyuldagi 21/49-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: 1-tip QD mavjud maktab yoshidagi o‘g‘il bolalarda  jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini erta davrlarda aniqlash natijasida ushbu kasallik bilan og‘rigan bolalarda asoratlar rivojlanishi ehtimolini prognozlash, shuningdek, bolalarning hayot sifatini yaxshilash, sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘ini mutaxassilari uchun profilaktik va reabilitatsion tadbirlarni tizimli tashkil etish imkoniyatini yaratishi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: 1-tip QD mavjud maktab yoshidagi o‘g‘il bolalarda jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini aniqlash va baholash usulining qo‘llanilishi amaliyotda QD asoratlarining kamayishi, ularga ketadigan sarf xarajatlarni iqtisod qilinishi, tadqiqotlarni optimallashtirish hisobiga har bir bemor bola uchun byudjet mablag‘larini 80500 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: 1-tip QD mavjud maktab yoshidagi o‘g‘il bolalarda tana tarkibining bioimpedans tahlili ko‘rsatkichlari sog‘lom bolalarga nisbatan o‘zgarishi isbotlangan. Ushbu o‘zgarishlar “1-tip qandli diabeti mavjud maktab yoshidagi o‘g‘il bolalarda jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari, tana tarkibi va orxidometrik parametrlarni baholash usuli” mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma Buxoro davlat tibbiyot institutining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 30-maydagi 25-m/130-son bilan tasdiqlangan. Uslubiy ko‘rsatmalar bolalarda tana tarkibi ko‘rsatkichlarini aniqlash, ularni sog‘lom bolalar ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash imkonini yaratgan. Tadqiqot natijalari Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (10.06.2025 yildagi № 51/1 son) buyruq bilan va  Akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo filiali (11.06.2025 yildagi № 24-T son) buyruq bilan amaliyotga tatbiq etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 7 iyuldagi 21/49-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: 1-tip QD mavjud maktab yoshidagi o‘g‘il bolalarda tana tarkibi tahlili ko‘rsatkichlarining o‘zgarishlarini erta davrlarda aniqlash natijasida ushbu kasallik bilan og‘rigan bolalarda asoratlar rivojlanishini oldini olish, shuningdek, bolalarning hayot sifatini yaxshilash, sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘ini mutaxassilari uchun profilaktik va reabilitatsion tadbirlarni tizimli tashkil etish imkoniyatini yaratishi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: 1-tip QD mavjud maktab yoshidagi o‘g‘il bolalarda tana tarkibi o‘zgarishlarini aniqlash va baholash usulining qo‘llanilishi amaliyotda QD asoratlarining kamayishi, ularga ketadigan sarf xarajatlarni iqtisod qilinishi, tadqiqotlarni optimallashtirish hisobiga har bir bemor bola uchun byudjet mablag‘larini 101000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: 1-tip QD mavjud maktab yoshidagi o‘g‘il bolalarda orxidometrik tekshirishlarda moyaklarning hajmi sog‘lom bolalarga nisbatan orqada qolishi isbotlangan. Ushbu o‘zgarishlar “1-tip qandli diabeti mavjud maktab yoshidagi o‘g‘il bolalarda jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari, tana tarkibi va orxidometrik parametrlarni baholash usuli” mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma Buxoro davlat tibbiyot institutining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 30-maydagi 25-m/130-son bilan tasdiqlangan. Uslubiy ko‘rsatmalar bolalarda orxidometrik ko‘rsatkichlarini aniqlash, ularni sog‘lom bolalar ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash imkonini yaratgan. Tadqiqot natijalari Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (10.06.2025 yildagi № 51/1 son) buyruq bilan va  Akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo filiali (11.06.2025 yildagi № 24-T son) buyruq bilan amaliyotga tatbiq etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 7 iyuldagi 21/49-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: 1-tip QD mavjud maktab yoshidagi o‘g‘il bolalarda moyaklar hajmining o‘sishdan orqada qolishini aniqlash natijasida ushbu kasallik bilan og‘rigan bolalarda reproduktiv salomatlik bilan bog‘liq asoratlar rivojlanishini oldini olish, shuningdek, bolalarning hayot sifatini yaxshilash, sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘ini mutaxassilari uchun profilaktik va reabilitatsion tadbirlarni  tizimli tashkil etish imkoniyatini yaratishi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: 1-tip QD mavjud maktab yoshidagi o‘g‘il bolalarda moyaklar hajmini aniqlash va baholash usulining qo‘llanilishi amaliyotda QD bilan bog‘liq reproduktiv tizim asoratlarining kamayishi, ularga ketadigan sarf xarajatlarni iqtisod qilinishi, tadqiqotlarni optimallashtirish hisobiga har bir bemor bola uchun byudjet mablag‘larini 52000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: 1-tip QD mavjud maktab yoshidagi o‘g‘il bolalarda glikemiya darajasining yuqoriligi jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari, tana tarkibi va moyaklar hajmidagi o‘zgarishlarning glikemik nazorati me’yorida bo‘lgan bemor bolalarga nisbatan deyarli 2 baravar yuqori bo‘lishi isbotlangan. Ushbu o‘zgarishlar “1-tip qandli diabeti mavjud maktab yoshidagi o‘g‘il bolalarda jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari, tana tarkibi va orxidometrik parametrlarni baholash usuli” mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma Buxoro davlat tibbiyot institutining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025-yil 30-maydagi 25-m/130-son bilan tasdiqlangan. Uslubiy ko‘rsatmalar bolalarda jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari, tana tarkibi va orxidometrik parametrlarni aniqlash, ularni glikemiya darajasi bilan bog‘liqligini taqqoslash imkonini yaratgan. Tadqiqot natijalari Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (10.06.2025 yildagi № 51/1 son) buyruq bilan va  Akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo filiali (11.06.2025 yildagi № 24-T son) buyruq bilan amaliyotga tatbiq etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 7 iyuldagi 21/49-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: 1-tip QD mavjud maktab yoshidagi o‘g‘il bolalarda glikemiya darajasini doimiy nazorat qilish orqali ushbu kasallik bilan og‘rigan bolalarda barcha asoratlari rivojlanishini oldini olish, shuningdek, bolalarning hayot sifatini yaxshilash, sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘ini mutaxassilari uchun profilaktik va reabilitatsion tadbirlarni tizimli tashkil etish imkoniyatini yaratishi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: 1-tip QD mavjud maktab yoshidagi o‘g‘il bolalarda doimiy glikemik nazoratni aniqlash va baholash usulining qo‘llanilishi amaliyotda QD bilan bog‘liq asoratlarning kamayishi, ularga ketadigan sarf xarajatlarni iqtisod qilinishi, tadqiqotlarni optimallashtirish hisobiga har bir bemor bola uchun byudjet mablag‘larini 76000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan

Yangiliklarga obuna bo‘lish