Dushaeva Soxiba Janikulovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nofilologik ta’lim yo‘nalishi talabalariga kasbga yo‘naltirilgan ingliz tili o‘qitishda klasterli yondashuv (Biologiya ta’lim yo‘nalishi misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ped2722
Ilmiy rahbar: Kushieva Nodira Xabibjonovna, pedagogika fanlari doktori (DSc),dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, PhD.03/07.06.2024.Ped.27.02.
Rasmiy opponentlar: Xoshimova Dildorxon Urinbaevna pedagogika fanlari doktori, professor (Kengash a’zosi); Xoliyorov Bunyod Xusanovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi. oliy ta’lim tizimining biologiya ta’lim yo’nalishida kasbga yo’naltirilgan ingliz tilini o’qitishning klasterli yondashuvga asoslangan metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor nofilologik ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun kasbga yo‘naltirilgan ingliz tilini o‘qitishda ta'lim, fan va ishlab chiqarish integrasiyasini ta’minlovchi klasterli yondashuv biologiya ta’lim yo‘nalishi misolida innovatsion-pedagogik, tizimli tahlil, modul-komponentli va bosqichma-bosqich tatbiq etishni qamrab olgan tuzilmaviy-amaliy, kognitiv modellashtirish hamda pedagogik texnologiyalar transformatsiyasi asosida takomillashtirilgan;
Oliy ta’lim tizimida biologiya ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun ingliz tilini o‘qitishda 6 bosqichli (English for General Purposes – Umumiy maqsadlar uchun ingliz tili, English for Academic Purposes – Akademik maqsadlar uchun ingliz tili, Stride to Specialty – Mutaxassislikka qadam, Communicating in Specialty – Mutaxassislik sohasida kommunikatsiya, Establishment of Cooperation – Hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, Incorporation of Education and Production – Ta’lim va ishlab chiqarishni integrasiyalash) kasbiy ehtiyojlarga moslashtirilgan holda talabalarni ingliz tilida samarali muloqot qilish, kasbiy jarayonlarda samarali ishtirok etish va biologiya sohasida amaliy faoliyat yuritishga tayyorlaydigan innovatsion modulli tizim milliy va xalqaro ta’lim standartlari, CEFR talablari hamda kompetensiyaga yo‘naltirilgan yondashuv asosida takomillashtirildi;
ilk bor biologiya ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun ingliz tilini o‘qitishda ESP va klasterli yondashuvlarning o‘xshashliklari (ilmiy-nazariy asoslar), qisman o‘xshashliklari (umumiy til kompetensiyalarini shakllantirish jihati) hamda tubdan farqlanuvchi jihatlarini kompleks komparativ-tahlil, konseptuallashtirish va metodologik modellashtirish usullari asosida aniqlash orqali xorijiy tillarni o‘qitish metodikasida “Field of Needs” konsepsiyasi metodik paradigma sifatida tavsiya etilgan;
kasbga yo‘naltirilgan ingliz tilini o‘qitishda talabalarning auditoriyadan tashqari mustaqil ta’lim jarayonini takomillashtirishda “Empower English” tizimli platformasining tuzilmaviy-mazmun xususiyatlari va metodik imkoniyatlarini aniqlash orqali uning modullari, ta’lim bosqichlari, interaktiv usullar hamda auditor va mustaqil ta’lim jarayonlarining o‘zaro bog‘liqlik tizimi zamonaviy til o‘qitish nazariyalari va kompetensiyaviy yondashuv asosida sistemalashtirilgan hamda kasbiy kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishda qo‘llash imkoniyatlari pedagogik-metodologik jihatdan dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Biologiya ta’lim yo‘nalishi talabalariga kasbga yo‘naltirilgan ingliz tili o‘qitishda klasterli yondashuvlar bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida olingan natijalar:
nofilologik ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun kasbga yo‘naltirilgan ingliz tilini o‘qitishda ta'lim, fan va ishlab chiqarish integrasiyasini ta’minlovchi klasterli yondashuv biologiya ta’lim yo‘nalishi misolida innovatsion-pedagogik, tizimli tahlil, modul-komponentli va bosqichma-bosqich tatbiq etishni qamrab olgan tuzilmaviy-amaliy, kognitiv modellashtirish hamda pedagogik texnologiyalar transformatsiyasi asosida takomillashtirilga oid xulosalardan Jahon Bankining Akademik innovatsiyalar fondi granti asosida amalga oshirilgan AIF-1/2 “Cluster approach in developing integration of higher education and production: organizing “Educational-scientific complex” in the integrated system of Production and Gulistan State University” (“Klasterniy podxod v razvitii integratsii visshego obrazovaniya i proizvodstva: Sozdanie “Uchebno-nauchnogo kompleksa” v sisteme integratsii Gulistanskogo gosudarstvennogo universiteta i proizvodstva”) mavzuda amalga oshirilgan loyihada ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi tizimida klasterli yondashuvlarga asoslanilgan innovatsion “o‘quv-ilmiy kompleks” tarkibida texnologik ishlanma yaratilishida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va Innovatsiyalar Vazirligi Guliston davlat universitetining 2023 yil 9 oktyabrdagi 01-06-13/139- raqamli ma’lumotnomasi). Natijada nofilologik ta’lim yo‘nalishlarida mutaxassislikka mos holda ingliz tilini klasterli yondashuvlar asosida modulli o‘qitish bo‘yicha ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasida innovatsion hamkorlik tizimi yaratilishiga imkoniyat yaratildi.
Oliy ta’lim tizimida biologiya ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun ingliz tilini o‘qitishda 6 bosqichli (English for General Purposes – Umumiy maqsadlar uchun ingliz tili, English for Academic Purposes – Akademik maqsadlar uchun ingliz tili, Stride to Specialty – Mutaxassislikka qadam, Communicating in Specialty – Mutaxassislik sohasida kommunikasiya, Establishment of Cooperation – Hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, Incorporation of Education and Production – Ta’lim va ishlab chiqarishni integrasiyalash) kasbiy ehtiyojlarga moslashtirilgan holda talabalarni ingliz tilida samarali muloqot qilish, xalqaro hamkorlikda ishtirok etish va biologiya sohasida amaliy faoliyat yuritishga tayyorlaydigan innovatsion modulli tizimga oid xulosalardan SUZ-800-21-GR-3181 “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” nomli xalqaro loyihasida foydalanilgan. Natijada klasterli yondashuvga asoslangan ta’lim va ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan innovatsion bosqichli modullar tizimi shakllantirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va Innovatsiyalar Vazirligi Qarshi davlat universitetining 2023 yil 9 oktyabrdagi 04/3844- raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur innovatsion modulli tizim nafaqat ingliz tilini o‘qitishda kasbiy ehtiyojlarga moslashgan yondashuvni ta’minladi, balki talabalarning professional-kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish, amaliy faoliyatda ingliz tilidan samarali foydalanish hamda o‘z mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro standartlarga moslashuvchanlikni oshirishga xizmat qildi. Shuningdek, tizimning bosqichma-bosqich tatbiqi talabalarda mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini shakllantirish, tanqidiy va analitik fikrlashni rivojlantirish, hamkorlikda ishlash va kasbiy vaziyatlarda samarali qaror qabul qilish qobiliyatlarini kuchaytirdi. Bu esa ta’lim jarayonining sifatini oshirib, biologiya yo‘nalishi talabalari uchun ingliz tilini o‘qitishda milliy va xalqaro ta’lim standartlariga muvofiq yangi metodologik asos yaratdi.
biologiya ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun ingliz tilini o‘qitishda ESP va klasterli yondashuvlarning o‘xshashliklari (ilmiy-nazariy asoslar), qisman o‘xshashliklari (umumiy til kompetensiyalarini shakllantirish jihati) hamda tubdan farqlanuvchi jihatlarini kompleks komparativ-tahlil, konseptuallashtirish va metodologik modellashtirish usullari asosida aniqlash orqali xorijiy tillarni o‘qitish metodikasida “Field of Needs” konsepsiyasi metodik paradigma sifatida tavsiya etilgan xulosalardan GulDUda bajarilgan Guliston davlat universiteti va Arkansas Spring International Language Center bilan “English language capacity building project” mavzusdagi grant loyihasida foydalanilgan. Natijada talabalarning kasbiy kommunikativ layoqatini rivojlantirishning samaradorlik darajasini aniqlashga imkoniyat kengaygan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va Innovatsiyalar Vazirligi Guliston davlat universitetning 2023 yil 9 oktyabrdagi 01-06-13/138- raqamli ma’lumotnomasi).
kasbga yo‘naltirilgan ingliz tilini o‘qitishda talabalarning auditoriyadan tashqari mustaqil ta’lim jarayonini takomillashtirishda “Empower English” tizimli platformasining tuzilmaviy-mazmun xususiyatlari va metodik imkoniyatlarini aniqlash orqali uning modullari, ta’lim bosqichlari, interaktiv usullar hamda auditor va mustaqil ta’lim jarayonlarining o‘zaro bog‘liqlik tizimi zamonaviy til o‘qitish nazariyalari va kompetensiyaviy yondashuv asosida sistemalashtirilgan hamda kasbiy kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishda qo‘llash imkoniyatlari ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida “Empower English” innovatsion platformasi asosida takomillashtirilgan. Natijada talabalarni mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalari shakllantirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligining № DGU 20348- raqamli guvohnomasi). Shuningdek, ushbu innovatsion platforma orqali ingliz tili o‘qitish jarayonida talabalarning mustaqil va tanqidiy fikrlash salohiyati rivojlanib, ular auditoriyadan tashqari o‘quv faoliyatini samarali tashkil etish, kasbiy kontekstlarda ingliz tilida muloqot qilish, axborotlarni tahlil qilish va ularni amaliyotga tatbiq etish qobiliyatiga ega bo‘ldilar. Shuningdek, Empower English platformasi asosida ishlab chiqilgan tizim talabalarda o‘z-o‘zini nazorat qilish, o‘quv jarayonini rejalashtirish va reflektiv yondashuvni shakllantirish orqali ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qildi.
kasbga yo‘naltirilgan ingliz tilini o‘qitishda talabalarning auditoriyadan tashqari mustaqil ta’lim jarayonini takomillashtirishda “Empower English” tizimli platformasining tuzilmaviy-mazmun xususiyatlari va metodik imkoniyatlarini aniqlash orqali uning modullari, ta’lim bosqichlari, interaktiv usullar hamda auditor va mustaqil ta’lim jarayonlarining o‘zaro bog‘liqlik tizimi zamonaviy til o‘qitish nazariyalari va kompetensiyaviy yondashuv asosida sistemalashtirilgan hamda kasbiy kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishda qo‘llash imkoniyatlari pedagogik-metodologik asoslari borasidagi xulosalardan Sirdaryo viloyati teleradiokompaniyasida “Yoshlar ovozi” eshittirishining navbatdagi sonining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan. (Sirdaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2024 yil 1 noyabrdagi 458-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada nofilologik ta’lim yo‘nalishi (Biologiya ta’lim yo‘nalishi) talabalariga kasbga yo‘naltirilgan ingliz tilini klasterli yondashuv asosida o‘qitishda auditoriyadan tashqari mustaqil ta’lim olish metodikasi va uni amalga oshirish “Empower English” nomli ta’lim platformasi yordamida xorijiy tillar (ingliz tili)ni o‘rganish borasidagi nazariy jihatlarning takomillashuviga erishilgan.