Zarmasov Shahboz Shahriddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek tili so‘z turkumlarini modellashtirish tamoyillari” (Ot so‘z turkumi misolida), 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3703.
Ilmiy rahbar: Sobirov Abdulhay Shukurovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2021.Fil.132.01.
Rasmiy opponentlar: Abdurahmonova Nilufar Zaynobiddin qizi, filologiya fanlari doktori (DSc), professor, Gazieva Maftuna Muhammadovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi borliq elementlarining dialektik munosabati hamda o‘zbek tili so‘z turkumlarini milliy modellashtirish tamoyillarini ot so‘z turkumi milliy modellari asosida aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
borliq elementlarining dialektik munosabati masalalari, turli tizimli tillarda milliy modellarning mavjudligi va ularning ifoda imkoniyatlari, o‘zbek tilining milliy korpusi uchun milliy shakllarni saqlagan lingvistik modellar tamoyillari, xususan, otga xos leksik birliklarning lingvistik-semantik, morfologik va sintaktik paradigmalari milliy modellashtirish asosida aniqlangan;
otning ma’no guruhlarini keng ko‘lamli milliy modellashtirish va lingvostatistik tahlil qilish natijasida 37 ta, xususan, sanalish-sanalmaslik xususiyatiga ko‘ra 8 turdagi struktural milliy modellar yaratilgan. Otga mansub so‘zlarning dialektik munosabati mikrosistem model, yadro model, makrosistem model, transpozision model va struktur modellar orqali asoslangan;
otning semantik maydonidagi paradigmalarning yosh, jins va tur xususiyatlari, ekstensional-intensionallik, butun-qism, vazifadoshlik, sinonimiya va darajalanish munosabati lingvistik ta’minot sifatida milliy modellashtirilgan, atoqli otlar alohida tizim sifatida lingvomadaniy tamoyil asosida o‘zbek tilining milliy korpusi uchun lingvistik jihatdan modellashtirilgan. Atoqli otlarning etnografik va milliy-madaniy xususiyatlari [ 〖Ot〗_(Muhammad+)^(A-antro) ], [ 〖Ot〗_istak^(A-antro) ], [ 〖Ot〗_niyat^(A-antro) ], [ 〖Ot〗_(Abdu+)^(A-antro) ], [ 〖Ot〗_(+bek)^(A-antro) ], [ 〖Ot〗_(gul+)^(A-antro) ], [ 〖Ot〗_(+niso)^(A-antro) ]; olamning lisoniy manzarasida atoqli otlar munosabati [ 〖Ot〗_(topo»)^(A-nekro) ], [ 〖Ot〗_(antro»)^(A-nekro) ], [ 〖Ot〗_(kosmo»)^(A-fito) ], [ 〖Ot〗_(zoo»)^(A-kosmo) ], [ 〖Ot〗_(antro»)^(A-kosmo) ], [ 〖Ot〗_(mifo»antro»)^(A-ergo) ] kabi transonimizatsion modellar orqali dalillangan;
ot so‘z turkumiga oid birliklarning gap va so‘z birikmasidagi pozisiyasi tahlil qilinib, so‘z birikmasi turlari, izohlovchi-izohlanmish munosabati hamda tur-jins tuzilmasidagi birikmalarning milliy modellari yaratilgan, otning gapdagi vazifasini ko‘rsatuvchi kompozision tuzilishi egalik, kelishik va son kategoriyalarining o‘zaro moslashuvi asosida yuzaga chiqishi hamda otning leksik-semantik, morfologik va sintaktik sathdagi funksional jihatlari otga xos birliklar milliy modellari asosida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning nazariy takliflari, amaliy tavsiyalari va xulosalari quyidagilarga tatbiq etilgan:
borliq elementlarining dialektik munosabati masalalari, turli tizimli tillarda milliy modellarning mavjudligi va ularning ifoda imkoniyatlari, o‘zbek tilining milliy korpusi uchun milliy shakllarni saqlagan lingvistik modellar tamoyillari, xususan, otga xos leksik birliklarning lingvistik-semantik, morfologik va sintaktik paradigmalarini milliy modellashtirish masalasiga doir xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida 2022–2023-yillarda “Xizmat ko‘rsatish obektlari interaktiv elektron platformasini yaratish” mavzusidagi II-4721101717-raqamli amaliy loyiha bajarishda foydalanilgan (2024-yil 8-oktyabrdagi 1475-sonli ma’lumotnoma). Natijada savdo, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obektlarini milliy-madaniy, etimologik xususiyatlari va geografik joylashuviga ko‘ra nomlash tamoyillari belgilab olingan;
ot so‘z turkumiga oid birliklarning gap va so‘z birikmasidagi pozisiyasi, so‘z birikmasi turlari, izohlovchi-izohlanmish munosabati hamda tur-jins tuzilmasidagi birikmalarning milliy modellarini yaratish, otning gapdagi vazifasini ko‘rsatuvchi kompozision tuzilishi egalik, kelishik va son kategoriyalarining o‘zaro moslashuvi asosida yuzaga chiqishi hamda otning leksik-semantik, morfologik va sintaktik sathdagi funksional jihatlari haqidagi xulosalardan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida 2021–2023-yillarda “O‘zbek tilining milliy korpusini loyihalash va dasturiy majmua ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (2024-yil 8-noyabrdagi 723/01-01-sonli ma’lumotnoma). Natijada o‘zbek tilining milliy korpusini loyihalash, lingvistik ta’minot yaratish, xususan, lingvistik modellarni ishlab chiqish tamoyillari aniqlangan;
otning gapdagi vazifasini ko‘rsatuvchi kompozision milliy modellari, leksik-semantik, morfologik va sintaktik sathdagi funksiyalari, semantik maydon va olamning lisoniy manzarasida transonimizatsion modellarning ahamiyati, turli so‘z turkumlari, ayniqsa, ot so‘z turkumiga oid birliklar transonimizatsiyasi inson va olam o‘rtasidagi emotsional jarayonlarni, ruhiy va milliy-madaniy munosabatlarni yuzaga chiqaruvchi hodisa sanalishi haqidagi xulosalardan “Toshkent” telekanalida “Siz nima deysiz?” ijtimoiy ko‘rsatuvining 2024-yil 17-yanvar kuni soat 18:00 da namoyish etilgan “To‘g‘ri so‘zlashni o‘rganaylik” mavzusidagi sonini tayyorlashda foydalanilgan va davra suhbati o‘tkazilgan (2024-yil 4-noyabrdagi 01-15-114-sonli ma’lumotnoma). Natijada, mazkur teleko‘rsatuv olam lisoniy manzarasining asosi bo‘lgan milliy nomlarni yaratishda inson va olam o‘rtasidagi emotsional jarayonlarga tayanilishi xususidagi ilmiy dalillar bilan boyitilgan.