Sodiqova Baxtigul Ibodullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Jon Faulzning ijodida postmodernizmning falsafiy va estetik dominantlari” 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya halqlari tili va adabiyoti ixtisosligi (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil.2495.
Ilmiy rahbar: Maxmudova Nargiza Alimovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa  doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01. 
Rasmiy opponentlar:  Faleeva Anastasiya Vadimovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD); Siddikova Iroda Abduzuxurovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Jon Faulz ijodida postmodernizm adabiy oqimining falsafiy va estetik xususiyatlarini universal va hamda individual tamoyillari asosida tahlil qilishdan iborat.
  IV. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ingliz postmodern adabiyotining shakllanish jarayoniga oid asosiy tarixiy-nazariy omillar tahlili asosida uning universal badiiy-estetik xususiyatlari – fragmentar rivoya usuli, intertekstualik, istehzo va metanasr, shuningdek, dekonstruksiya, madaniy plyuralizm va mutlaq haqiqatga nisbatan skeptisizmni o‘z ichiga olgan g‘oyaviy-falsafiy tamoyillari aniqlangan;
Faulz romanlarining falsafiy va estetik dominantlarini tadqiq etish asosida postmodernizm va ekzistensializm paradigmalari o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik aniqlanib, bu bog‘liqlik erkinlik va axloqiy mas’uliyat mavzularining sintezida, shuningdek, ma’no izlashning subektiv jarayoni va ijtimoiy cheklovlar o‘rtasidagi dialektik munosabatda namoyon bo‘lishi ilmiy asoslangan;
Jon Faulzning “Kolleksiyachi”, “Afsungar” va “Qurtquloq” romanlaridagi individual g‘oyaviy-falsafiy dominantlar, ya’ni shaxsiy erkinlik, ekzistensial izlanishlar, ma’naviy javobgarlik, refleksiya, irratsionallik, tarixiylik va mistisizmning badiiy-estetik tahlili asosida ularning postmodern estetikaga xos vositalar bo‘lgan o‘zgaruvchan kompozisiya va rivoyachi, intertekstualik, ko‘p finalilik, istehzo hamda mualliflik refleksiyasi orqali ifodalangani dalillangan;
“Fransuz leytenantining ayoli” va “Daniel Martin” romanlari tahlili asosida ularda o‘zgaruvchan ijtimoiy-madaniy sharoitda shaxs kamoloti, tarixiy haqiqat va reallikning nisbiy talqini, shuningdek, gender masalalari kontekstida individual ong hamda “men”ni anglash jarayoni murakkab kompozisiya, polifonik rivoya, intertekstuallik, psixologik portret va ichki monolog hamda zamon va makonning o‘zgarishi kabi badiiy shakl vositalari orqali yoritilgani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jon Faulz ijodida postmodernizmning falsafiy va estetik dominantlari mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
Ingliz postmodern adabiyotining shakllanish jarayoniga oid asosiy tarixiy-nazariy omillar tahlili asosida aniqlangan uning universal badiiy-estetik xususiyatlari – fragmentar rivoya usuli, intertekstualik, istehzo va metanasr, shuningdek, dekonstruksiya, madaniy plyuralizm va mutlaq haqiqatga nisbatan skeptisizmni o‘z ichiga olgan g‘oyaviy-falsafiy tamoyillariga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Lingvistika va ingliz adabiyoti” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori N.Maxmudova rahbarligida 2020-2022-yillarda “Lingvistika va ingliz adabiyoti” kafedrasida Britaniya Kengashi (British Council) ko‘magida amalga oshirilgan “English as a school subject” (1683580) nomli xalqaro ilmiy tadqiqot loyihasida samarali foydalanilgan (O‘zDJTMU ma’lumotnoma №26/785, 2024-yil 11-dekabr). Natijada, olingan ma’lumotlar loyiha doirasida yaratilgan o‘quv-uslubiy materiallar mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
Faulz romanlarining falsafiy va estetik dominantlarini tadqiq etish asosida postmodernizm va ekzistensializm paradigmalari o‘rtasidagi aniqlangan uzviy bog‘liqlik, bu bog‘liqlik erkinlik va axloqiy mas’uliyatning asosiy mavzulari sintezida, shuningdek, ma’no izlashning subektiv jarayoni va ijtimoiy cheklovlar o‘rtasidagi dialektik munosabatda namoyon bo‘lishiga doir natijalaridan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Lingvistika va ingliz adabiyoti” kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori M.Galieva rahbarligida 2022-2023-yillarda “Lingvistika va ingliz adabiyoti” kafedrasida bajarilgan Erasmus+ dasturining ICM, KA-107-International Credit Mobility between European Union and Uzbekistan HEIs, 2020-1-UK01-KA107-078419 nomli xalqaro amaliy ilmiy tadqiqot loyihasida samarali foydalanilgan (O‘zDJTMU ma’lumotnoma №26/783, 2024-yil 11-dekabr). Natijada, ushbu ma’lumotlar loyiha mazmunini boyitdi va ishtirokchilarning ingliz postmodern romani sotsiomadaniy tabiati haqidagi tasavvurlarini kengaytirgan;
Jon Faulzning “Kolleksiyachi”, “Afsungar” va “Qurtquloq” romanlaridagi individual g‘oyaviy-falsafiy dominantlar, ya’ni shaxsiy erkinlik, ekzistensial izlanishlar, ma’naviy javobgarlik, refleksiya, irratsionallik, tarixiylik va mistisizmning badiiy-estetik tahlili asosida ularning postmodern estetikaga xos vositalar bo‘lgan o‘zgaruvchan kompozisiya va rivoyachi, intertekstualik, ko‘p finalilik, istehzo hamda mualliflik refleksiyasiga doir ilmiy xulosalarga  O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti “Lingvistika va ingliz adabiyoti” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori N.Maxmudovaning 2024-yilda chop etilgan History of Literary Criticism nomli darsligida (ro‘yxatga olish raqami 275-10)  yaratilgan adabiyotshunoslikka oid nazariy materiallar hamda o‘quv-uslubiy majmua yozilishida murojaat qilindi  (Ma’lumotnoma №26/784, buyruq №275-10, 2024-yil 11-dekabr). Natijada, postmodernizm hamda uning XX asr ikkinchi yarmidagi ingliz romaniga ta’siri masalasiga oid mavzular dolzarblashtirildi va metodologik jihatdan takomillashtirildi; 
“Fransuz leytenantining ayoli” va “Daniel Martin” romanlari tahlili asosida ularda o‘zgaruvchan ijtimoiy-madaniy sharoitda shaxs kamoloti, tarixiy haqiqat va reallikning nisbiy talqini, shuningdek, gender masalalari kontekstida individual ong hamda “men”ni anglash jarayoni murakkab kompozisiya, polifonik rivoya, intertekstuallik, psixologik portret va ichki monolog, hamda zamon va makonning o‘zgarishi kabi badiiy shakl vositalar bilan bog‘liq ilmiy xulosalar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasi “Munavvar tong” teleko‘rsatuvi materiallari mazmunini boyitdi (Ma’lumotnoma №01-16/701, 2023-yil 26-iyul). Natijada, keng auditoriyaning postmodern adabiyot haqidagi tasavvurlari kengaydi va XX asr ikkinchi yarmidagi ingliz romanining ijodiy o‘ziga xosligi chuqurroq anglashildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish