Urazalieva Madina G‘ofurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maya Enjelouning “Angladim qafasdagi qush nolasin” romani adabiy tanqidchilik va reseptiv poetika aspektida” 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4601
Ilmiy rahbar: Maxmudova Nargiza Alimovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Xayrullaev Xurshidjon Zaynievich, filologiya fanlari doktori, professor, Nasriddinov Dilshod A’zamkulovichlar, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Maya Enjelouning “Angladim qafasdagi qush nolasin” romanini reseptiv poetika tamoyillari asosida tahlil qilish orqali muallif intensiyasi, kitobxon talqini hamda adabiy-tanqidiy resepsiya o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va o‘ziga xos jihatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
reseptiv poetika tamoyillarining nazariy va tarixiy shakllanishi tizimli tahlili asosida kitobxon turlari tasniflangan, nazariyaning taraqqiyot bosqichlari ajratilgan hamda unga xos tahlil yondashuvi asoslangan;
Maya Enjelouning “Angladim qafasdagi qush nolasin” romanining reseptiv poetika nuqtayi nazaridan tahlili asosida muallif niyati va kitobxon interpretatsiyasi o‘rtasidagi dialektik bog‘liqlik aniqlangan, shuningdek, shaxsiyat, irq va jins kabi davrga xos ijtimoiy-madaniy mavzularning badiiy-estetik talqinda ifodalanganligi ilmiy jihatdan isbotlangan;
kitobxonlarning Maya Enjelouning “Angladim qafasdagi qush nolasin” romaniga nisbatan bildirgan resepsiyalari qiyosiy tahlil qilinishi asosida ularning shaxsiy, madaniy va ijtimoiy tajribalari matnni idrok etish va talqin qilishdagi farqlari hamda ta’sir omillari aniqlangan, shuningdek, madaniy kontekstning kitobxon resepsiyasidagi hal qiluvchi o‘rni ilmiy jihatdan dalillangan;
kitobxon resepsiyasini o‘rganishda empirik metodlar (so‘rovnomalar, intervyular, davra suhbatlari) va zamonaviy onlayn platformalarni o‘z ichiga olgan kompleks yondashuvni qo‘llash asosida, badiiy asarning talqini ham an’anaviy, ham raqamli muhitda amalga oshirilishi mumkinligi ilmiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maya Enjelouning “Angladim qafasdagi qush nolasin” romani adabiy tanqidchilik va reseptiv poetika aspektida tahlil qilinishi bilan bog‘liq ilmiy natijalar asosida:
reseptiv poetika tamoyillarining nazariy va tarixiy shakllanishi, kitobxon turlarining tasnifi, nazariyaning taraqqiyot bosqichlari hamda unga xos tahlil yondashuviga doir nazariy-amaliy xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Lingvistika va ingliz adabiyoti” kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori M.Galieva rahbarligida 2022-2023-yillarda “Lingvistika va ingliz adabiyoti” kafedrasida bajarilgan Erasmus+ dasturining ICM, KA-107-International Credit Mobility between European Union and Uzbekistan HEIs, 2020-1-UK01-KA107-078419 nomli xalqaro amaliy ilmiy tadqiqot loyihasi doirasida samarali foydalanilgan (O‘zDJTUning 2024-yil 22-apreldagi 01-234-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, reseptiv poetika nazariyasining tamoyillari asosida asarlarni tahlil qilishning metodologik tamoyillariga oid ma’lumotlar loyiha doirasida yaratilgan o‘quv-metodik majmualarning mazmun-mohiyatini boyitishga xizmat qilgan;
Maya Enjelouning “Angladim qafasdagi qush nolasin” romanining reseptiv poetika nuqtayi nazaridan tahlili asosida muallif niyati va kitobxon interpretatsiyasi o‘rtasidagi dialektik bog‘liqlik, shuningdek, shaxsiyat, irq va jins kabi davrga xos ijtimoiy-madaniy mavzularning badiiy-estetik talqini xususiyatlariga oid ma’lumotlardan oid ma’lumotlardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Lingvistika va ingliz adabiyoti” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori N.A. Maxmudova rahbarligida 2020-2022-yillarda “Lingvistika va ingliz adabiyoti” kafedrasida Britaniya Kengashi (British Council) ko‘magida amalga oshirilgan “English as a school subject” (1683580) nomli xalqaro ilmiy tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zDJTUning 2024-yil 22-aprel 01-235-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bu mazkur loyiha mazmunining takomillashuviga turtki bo‘lib, Maya Enjelouning “Angladim qafasdagi qush nolasin” romanining badiiy xususiyatlari bilan tanishish imkoniyatini yuzaga keltirgan;
kitobxonlarning Maya Enjelouning “Angladim qafasdagi qush nolasin” romaniga nisbatan bildirgan resepsiyalari qiyosiy tahlili asosida ularning shaxsiy, madaniy va ijtimoiy tajribalari matnni idrok etish va talqin qilishdagi farqlari hamda ta’sir omillari aniqlanib, madaniy kontekstning kitobxon resepsiyasidagi hal qiluvchi o‘rni ilmiy jihatdan dalillangan bo‘lib, ushbu nazariy ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida foydalanilayotgan USB xotira qurilmalaridan ruxsat etilmagan foydalanishni cheklash va monitoring qilishga imkon beradigan mijoz-serverli dasturiy ta’minot ishlab chiqish” nomli amaliy-ilmiy tadqiqot loyihasi doirasida (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2024-yil 26-apreldagi 10/808-sonli ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Natijada, dissertatsiya natijalarining samaradorligi va ular asosida ishlab chiqilgan tavsiyalarning amaliyotga tatbiq etilishi yuzasidan erishilgan ijobiy natijalar fundamental loyiha doirasida dastur, elektron resurslar, nazariy va amaliy materiallar tayyorlashda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
kitobxon resepsiyasini o‘rganishda empirik metodlar (so‘rovnomalar, intervyular, davra suhbatlari) va zamonaviy onlayn platformalarni o‘z ichiga olgan kompleks yondashuvni qo‘llash asosida, badiiy asarning talqini ham an’anaviy, ham raqamli muhitda amalga oshirilishi mumkinligi ilmiy jihatdan asoslangan bo‘lib, ushbu amaliy ma’lumotlardan O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti “Lingvistika va ingliz adabiyoti” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori N.A. Maxmudovaning 2024-yilda chop etilgan History of Literary Criticism nomli darsligida (ro‘yxatga olish raqami 275-10) reseptiv poetika nazariyasining tadrijiy rivojlanishi, nazariyaning o‘ziga xos xususiyatlariga oid nazariy va amaliy ma’lumotlaridan loyiha doirasida yaratilgan adabiyotshunoslikka oid nazariy materiallar hamda o‘quv-uslubiy majmua yozilishida murojaat qilindi (O‘zDJTUning 2024-yil 22-aprel 01-235-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, darslikning reseptiv poetika nazariyasiga oid bo‘limida uning tadrijiy rivojlanishiga hissa qo‘shgan g‘arb olimlarining ilmiy qarashlarini yoritib berishda hamda asosiy terminlarini tahlil etishda mazkur dissertatsiya muhim manba sifatida keltirilgan.