Madaminov Ahmad Yuldashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Og‘iz-halqum yassi hujayrali karsinomasida molekulyar-biologik markerlarning prognostik roli”, 14.00.14 – Onkologiya va 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2023.2.PhD/Tib2482.
Ilmiy rahbarlar: Polatova Djamila Shagayratovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shomurodov Qahramon Erkinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/07.06.2024 Tib 177.01.
Rasmiy opponentlar: Abdukadirov Abdusalam Abdugadirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Raximov Nodir Maxammatkulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyati filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: p16INK4a/PD-L1/p53 oqsillari ekspressiyasini immunogistokimyoviy baholash orqali og‘iz-halqum yassi hujayrali karsinomasidaning molekulyar-biologik xususiyatlarini o‘rganish va odam papilloma virusi holatiga muvofiq ularning prognostik rolini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor og‘iz-halqum yassi hujayrali karsinomasining molekulyar-biologik xususiyatlari odam papilloma virusining bilvosita markeri p16INK4a, immunitet nazorat nuqtalari regulyatori PD-L1 va onkosupressor p53 oqsillarining ekspressiyasi immunogistokimyoviy aniqlangan;
og‘iz-halqum yassi hujayrali karsinomasi bilan bemorlarda personallashgan davo yondashuvlarini belgilashda katta amaliy ahamiyatga ega r16INK4a/PD-L1/p53W/p53M oqsillaridan tashkil topgan molekulyar-biologik markerlar paneli ishlab chiqilgan;
ilk bor og‘iz-halqum yassi hujayrali karsinomasi bilan bemorlarda xavflarni stratifikatsiyalanishiga asoslangan prognostik modeli asoslangan;
odam papilloma virusi holati musbat og‘iz-halqum yassi hujayrali karsinomasi bilan bemorlarda prognostik modeldan maqsadga muvofiq foydalanish davo yuklamasini qisqartirishda muhim va samarador klinik vosita ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 26 avgustdagi 5-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan 05/27-reester raqami bilan tasdiqlangan ilmiy ish natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha xulosasiga ko‘ra Og‘iz-halqum yassi hujayrali karsinomasi bilan bemorlarda odam papilloma virusi holatiga muvofiq xavflarni stratifikatsiyalash va samarador personallashgan davo yondashuvini begilash uchun yaratilgan prognostik model` va molekulyar-biologik markerlar panelining ishonchlilik darajasini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor og‘iz-halqum yassi hujayrali karsinomasi bilan bemorlarda odam papilloma virusi persistesiyasini va o‘ziga xos molekulyar-biologik xususiyatlarini aniqlashda p16INK4a/PD-L1/p53W/p53M oqsillaridan tashkil topgan markerlar paneli ishlab chiqilgan. Mazkur molekulyar-biologik markerlar paneli sog‘liqni saqlash sohasida amaliyotga joriy etildi, xususan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand viloyati filiali bo‘yicha 18.03.2023 yildagi 14i-sonli hamda Qoraqolpog‘iston respublikasi filiali bo‘yicha 19.06.2024 yildagi 72On.B-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: og‘iz-halqum yassi hujayrali karsinomasi bilan bemorlarda odam papilloma virusi holati baholangan va molekulyar-biologik xususiyatlariga muvofiq davolash samaradorligi oshirilgan. Bu esa o‘z navbatida davodan keyingi erta va kechki asoratlarni oldini olish orqali bemorlarda hayot sifatini yaxshilanishini ta’minlagan. Iqtisodiy samaradorligi: ijobiy molekulyar signaturiga ega odam papilloma virusi holati musbat bemorlarning statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan 345 ming so‘m va nur terapiyasi uchun 1 mln so‘m byudjet mablag‘lari salbiy molekulyar signaturaga ega odam papilloma virusi holati manfiy bemorlarga nisbatan kasalxonada qolish muddatining kamayishi va davoni deeskalatsiya dasturi bo‘yicha o‘tkazilishi hisobiga iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: og‘iz-halqum yassi hujayrali karsinomasi bilan bemorlarda immunogistokimyoviy tahlil yordamida p16INK4a/PD-L1/p53W/p53M oqsillarining ekspressiyasi darajasini baholanishi, odam papilloma virusi holatini aniqlanishi va qo‘shimcha tarzda kliniko-demografik ko‘rsatkichlarni o‘rganilishi xavf omillarini stratifikatsiyalashda, eng samarador davo usulini belgilashda va kasallikni klinik natijalarini bashoratlashda muhim amaliy ahamiyatga egaligi isbotlangan. Og‘iz-halqum yassi hujayrali karsinomasi bilan bemorlarda xavf stratifikatsiyasiga asoslangan yangi differensiallashgan yondashuv sog‘liqni saqlash sohasida amaliyotga joriy etildi, xususan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand viloyati filiali bo‘yicha 18.03.2023 yildagi 14i-sonli hamda Qoraqolpog‘iston respublikasi filiali bo‘yicha 19.06.2024 yildagi 72On.B-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: og‘iz-halqum yassi hujayrali karsinomasi bilan bemorlarda odam papilloma virusi holatini ishonchli aniqlash va xavf omillarini stratifikatsiyalash orqali ortiqcha davo yuklamasidan voz kechilgan. Kimyo- va nur terapiyadan keyingi toksik ta’sirlarni kamayishi orqali bemorlarda disfagiya, disfoniya va kserostomiya singari keng tarqalgan ikkilamchi patologik holatlar oldi olingan. Iqtisodiy samaradorligi: molekulyar-biologik markerlar ekspressiyasining ijobiy variatsiyasi (p16INK4a 70-100%/PD-L1 0-30% TPS/p53W-musbat/p53M-manfiy) bilan tavsiflanuvchi musbat odam papilloma virusi holatiga ega bemorlarning statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan 330 ming so‘m va nur terapiyasi uchun 1,1 mln so‘m byudjet mablag‘lari molekulyar-biologik markerlar ekspressiyasining salbiy variatsiyasi (p16INK4a 0-70%/PD-L1 30-100% TPS/p53W-manfiy/p53M-musbat) bilan tavsiflanuvchi manfiy odam papilloma virusi holatiga ega bemorlarga nisbatan kasalxonada qolish muddatining kamayishi va davo yuklamasini kamaytirish hisobiga iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: og‘iz-halqum yassi hujayrali karsinomasi bilan bemorlarda xavfni stratifikatsiyalash maqsadida ishlab chiqilgan prognostik model molekulyar-biologik markerlarni ekspressiyaviy faolligi, odam papilloma virusi holati va muayyan klinik-demografik ko‘rsatkichlarga asoslangan. Ishlab chiqilgan prognostik model sog‘liqni saqlash sohasida amaliyotga joriy etildi, xususan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand viloyati filiali bo‘yicha 18.03.2023 yildagi 14i-sonli hamda Qoraqolpog‘iston respublikasi filiali bo‘yicha 19.06.2024 yildagi 72On.B-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: odam papilloma virusi holatining musbat yoki manfiyligiga qarab og‘iz-halqum yassi hujayrali karsinomasi bilan bemorlarda samarador personallashgan davo yodashuvini belgilashda prognostik modeldan foydalanilgan. O‘smaning molekulyar-biologik xususiyatiga asoslangan mazkur yondashuv davoni samaradorligini oshirgan va ijtimoiy ahamiyatga molik davodan keyingi asoratlarni uchrash chastotasini kamaytirgan. Iqtisodiy samaradorligi: og‘iz-halqum yassi hujayrali karsinomasi bilan bemorlarda o‘smani o‘ziga xos molekulyar-biologik xususiyatlarini o‘rganish orqali personallashgan davo yondashuvlarini qo‘llanilishi bemorlarning statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan 405 ming so‘m va nur terapiyasi uchun 1,4 mln so‘m byudjet mablag‘lari molekulyar-biologik xususiyatlari o‘rganilmagan umumiy shablon bo‘yicha davolangan bemorlarga nisbatan kasalxonada qolish muddatining kamayishi va ortiqcha kimyoterapiya yoki radioterapiya kurslarini kamaytirish hisobiga iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: og‘iz-halqum yassi hujayrali karsinomasida odam papilloma virusining ijobiy holatini ishonchli tasdiqlanishi bemorlarda sifatga moslashtirilgan qo‘shimcha 2,75 QALY hayot yillarini (saqlanib qolgan hayot yillari soni, quality-adjusted life year) taqdim qilishi belgilangan. Odam papilloma virusi holatiga muvofiq og‘iz-halqum yassi hujayrali karsinomasi bilan bemorlarni davolashdagi personallashgan yondashuvlar sog‘liqni saqlash sohasida amaliyotga joriy etildi, xususan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand viloyati filiali bo‘yicha 18.03.2023 yildagi 14i-sonli hamda Qoraqolpog‘iston respublikasi filiali bo‘yicha 19.06.2024 yildagi 72On.B-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: og‘iz-halqum yassi hujayrali karsinomasida odam papilloma virusining ijobiy holatini ishonchli tasdiqlanishi bemorlarda sifatga moslashtirilgan qo‘shimcha hayot yillarini saqlab qolgan va hayot sifatini yaxshilanishi ta’minlagan. Iqtisodiy samaradorligi: og‘iz-halqum yassi hujayrali karsinomasida odam papilloma virusining ijobiy holatini ishonchli tasdiqlanishi orqali sifatga moslashtirilgan qo‘shimcha 2,75 QALY hayot yilini berilishi bemorlarning statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan 420 ming so‘m va nur terapiyasi uchun 1,6 mln so‘m byudjet mablag‘lari odam papilloma virusi manfiy holati bilan bemorlarga nisbatan kasalxonada qolish muddatining kamayishi va yuqori agressiv induksion kimyoterapiya kurslaridan voz kechish yoki umumiy summar dozasi 54 Grgacha kamaytirilgan nur terapiyasi hisobiga iqtisod qilinadi.