Rayimberdiev Xolyigit Abduraxmanovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tipik bo‘z tuproqlar sharoitida nitro-kal`siy-fosfat o‘g‘itini (NKFU) g‘o‘zada qo‘llash muddatlarining samaradorligi», 06.01.04–Agrokimyo (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Qx226.

Ilmiy rahbar: Niyazaliev Begali Irisolievich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx/B.43.01.

Rasmiy opponentlar: Xoshimov Farhod Xakimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Karimberdieva Amina Azimovna, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent viloyatining eskidan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida Qizilqum fosforitlari asosida tayyorlangan yangi turdagi nitro-kal`siy-fosfat o‘g‘itini g‘o‘zada qo‘llash muddatlarining samaradorligini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor eskidan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida ammofos va (NKFU) nitro-kal`siy-fosfat o‘g‘iti fosforining vaqt davomida  tuproqqa singish darajasi aniqlangan;

nitro-kal`siy-fosfat (NKFU) o‘g‘itining qo‘llash muddatlariga bog‘liq holda azot va kaliy fonida g‘o‘zaning o‘sishi, rivojlanishi, quruq massa to‘plashi, paxta hosili va sifatiga ta’siri aniqlangan;

NKFU o‘g‘itining qo‘llash muddatlariga bog‘liq holda g‘o‘za a’zolarida umumiy azot, fosfor va kaliyni miqdorlari, NPKni o‘zlashtirish, 1 tonna hosil uchun sarflashi va fosforni foydalanish koeffisienti aniqlangan;

nitro-kal`siy-fosfat (NKFU) o‘g‘itini g‘o‘zada qo‘llashning maqbul muddatlari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

NKFU o‘g‘itini tipik bo‘z tuproqlar sharoitida g‘o‘zada qo‘llashning maqbul muddatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

paxtachilik fermer xo‘jaliklari uchun “Paxtachilikda nitrokal`siy-fosfat-NKFU (Nitrofos) o‘g‘itini qo‘llashi bo‘yicha tavsiyanoma”si ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 21 noyabrdagi 02/023-025-son  ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalar asosida tuproqdagi fosforning   umumiy va harakatchan miqdorini oshishiga va o‘simliklarning o‘g‘itlardan foydalanish koeffisienti (14,2%) yaxshilanishiga erishilgan;

NKFU o‘g‘iti bilan g‘o‘zani oziqlantirishda azot va kaliy o‘g‘itlari bilan  birga qo‘llashga qaratilgan agrotexnologik tadbirlar Sirdaryo viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi, bo‘z-o‘tloqi, o‘tloqi- bo‘z tuproqlar sharoitida  26313 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 21 noyabrdagi 02/023-025-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tuproqda maqbul fosfat rejimi shakllanib, harakatchan fosforning dastlabki miqdorining 1,0–1,2 mg/kg (R2O5)ga oshishi ta’minlangan hamda azot va kaliy o‘g‘itlarini ham o‘simlik tomonidan o‘zlashtirilishi, g‘o‘zani ekstremal sharoitga va kasalliklarga bardoshliligi ortishi imkoni yaratilgan;

NKFU o‘g‘itini maqbul muddatda qo‘llash asosida g‘o‘zadan yuqori va sifatli hosil olish bo‘yicha ishlab chiqilgan agrotexnologiya 2008–2013 yillarda  Sirdaryo viloyatining Boyovut, Guliston, Mirzaobod, Oqoltin, Sayxunobod, Sardoba, Xovos, Sirdaryo tumanlarida 26313 gektar  maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 21 noyabrdagi 02/023-025-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida NKFU o‘g‘itini g‘o‘zada maqbul muddatlarda qo‘llash orqali ko‘saklarning ochilishi 4–5 kunga tezlashgan va gektaridan  3–5 sentner qo‘shimcha paxta hosili olinib,  shartli sof foyda gektaridan 692000–796000 so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish