Shamukimov Shuxrat Abdushukurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qo‘l tug‘ma sindaktiliyasi murakkab formasi bilan bo‘lgan bolalarni kompleks davolash», 14.00.22-Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari)
Ilmiy rahbar: Nazarova Nigora Zikrillaevna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar:  Xamroev Farxod Sharafovich, tibbiyot fanlari doktori, Urinboev Payzilla Urinboevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:  murakkab turdagi tug‘ma sinadktiliya bilan kasallangan bolalarda differensial yondashuv orqali teri transplantatini ratsional ishlatish va reabilitatsiyasini takomillashtirish orqali davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
respublikamizning hududlarida o‘tkazilgan epidemiologik tadqiqotlar natijasida bolalar orasida qo‘l tug‘ma sindaktiliyasi murakkab formalarining tarqalishi ilk bor aniqlangan hamda ushbu nuqson rivojlanishiga olib keluvchi bir qator xavf omillari isbotlangan; 
ilk bor qo‘lda tug‘ma murakkab sindaktiliya mavjud bo‘lgan o‘g‘il bolalarni jarrohlik bilan davolashda teri olishning yangi usuli — sirkumsiziya autotransplantati qo‘llash usuli ishlab chiqilib, bu usulni kichik yoshdagi bolalarda teri transplantanti al`ternativi sifatida qo‘llanilganda teri transplantatining tez bitishi va kosmetik natijalarning yaxshi bo‘lishi isbotlangan; 
bolaning yoshini hisobga olish va barmoqlarda bajariladigan jarrohlik muolajalar ketma-ketligini belgilashga asoslangan davolash taktikasi qo‘llash hamda jarrohlik aralashuvlarini ishlab chiqilgan tamoyillarga mos ravishda amalga oshirish kelajakdagi uzoq muddatli funksional va estetik natijalarning yaxshilanishiga yordam berishi isbotlangan; 
tug‘ma sindaktiliya murakkab shakliga ega bo‘lgan bolalarda erta muddatlarda qo‘llanilgan reabilitatsiya taktikasi va qo‘l funksiyasini hisobga olgan holda qo‘llanilishi uzoq muddatli natijalarni yaxshilanishiga olib kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:  
Sog‘liqni saqlash vazirligi Ekspert kengashining 2025 yil 25 apreldagi 16-son xulosasiga asosan (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2025 yil 15 apreldagi 1872-son xati yuborilgan): 
birinchi ilmiy yangilik: respublikamizning hududlarida o‘tkazilgan epidemiologik tadqiqotlar natijasida bolalar orasida qo‘l tug‘ma sindaktiliyasi murakkab formalarining tarqalishi ilk bor aniqlangan hamda ushbu nuqson rivojlanishiga olib keluvchi bir qator xavf omillari isbotlanganligi Jizzax, Buxoro va Toshkent viloyatlarida o‘tkazilib, amaliy faoliyatiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: murakkab formadagi sindaktiliya bilan tug‘ilgan bolalar sonini va bu og‘ir nuqson bilan tug‘ilish xavf guruhini aniqlash ushbu bemorlarni erta nazoratga olish va o‘z vaqtida ixtisoslashtirilgan yordam ko‘rsatishga imkoniyat berdi; bolalarning o‘z-o‘ziga xizmat qilish qobiliyatini yo‘qotish sonining kamayishiga olib kelgan ikkillamchi asoratlar foizi sezilarli darajada kamaydi; Iqtisodiy samaradorligi: erta muddatlarda o‘tkazilgan to‘g‘ri operativ davo bemor bolalarni qayta-qayta o‘tkaziladigan operatsiyalardan xalos etdi. Kasallikning kechikkan bosqichlarida o‘tkaziladigan etapli davolash va ortezlash xarajatlari har bir bemor uchun taxminan 2000000 so‘mni tejash imkonini berdi. Xulosa: ishlab chiqilgan algoritm Respublikamiz ayrim hududlari bo‘ylab murakkab turdagi qo‘l tug‘ma sindaktiliyasi uchrash chastotasini aniqlash va prognozlash imkonini berdi. Bu orqali ushbu nuqsoni bo‘lgan bemorlarni ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga o‘z vaqtida yo‘llashga imkoniyat berdi. Bu esa bolalarda ikkillamchi deformatsiyalar sababli o‘tkaziladigan murakkab operatsiyalar sonini kamaytirib, samaradorlik bir bemorga 2000000 so‘m mablag‘ni tejash imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor qo‘lda tug‘ma murakkab sindaktiliya mavjud bo‘lgan o‘g‘il bolalarni jarrohlik bilan davolashda teri olishning yangi usuli — sirkumsiziya autotransplantati qo‘llash usuli ishlab chiqilib, bu usulni kichik yoshdagi bolalarda teri transplantanti al`ternativi sifatida qo‘llanilganda teri transplantatining tez bitishi va kosmetik natijalarning yaxshi bo‘lishi isbotlanganligi Respublika bolalar ortopediya markazi (№8-2, 2023 y.) va Jizzax viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (№4; 2023 y.) amaliy faoliyatiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi:  o‘g‘il bolalarda ishlab chiqilgan bolani sunnat qilish orqali olingan teri bilan barmoqlar orasidagi teri defektini qoplash — teri transplantati tez bitishiga, donorlik sohasida qo‘shimcha chandiqlar bo‘lmasligiga, kosmetik jihatdan teri rangi mosligiga va ko‘chirib o‘tkazilgan sohada tuklar o‘smasligiga, operativ davolangan barmoqlarda chandiqlanish kam bo‘lishi va shu sababli bo‘lishi mumkin bo‘lgan asoratlar xavfi 30% ga kamayishiga olib keldi; bir vaqtda mentalitetimiz uchun xos bo‘lgan sunnatlashni amalga oshirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: yangi usulda olingan terini qo‘llash orqali kelajakda barmoqlarda chandiqlanish sababli barmoqlarda ikkillamchi deformatsiyalar va donorlik sohasida kuzatilishi mumkin bo‘lgan yomon oqibatlar xavfi kamaytiradi yoki bartaraf etiladi, bundan tashqari, taxminan 3000000 so‘m mablag‘ tejaladi. Xulosa: murakkab turdagi tug‘ma sindaktiliya bilan bo‘lgan o‘g‘il bolalarda ishlab chiqilgan yangi davolash usulini qo‘llab operativ davolash sog‘liqni saqlash tizimida ham ijtimoiy, ham iqtisodiy jihatdan katta muammolarni oldini oladi. Shuningdek, operativ davodan keyin kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish va qayta jarrohlik aralashuvlari uchun sarflanadigan pul mablag‘larini tejash imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: bolaning yoshini hisobga olish va barmoqlarda bajariladigan jarrohlik muolajalar ketma-ketligini belgilashga asoslangan davolash taktikasi qo‘llash hamda jarrohlik aralashuvlarini ishlab chiqilgan tamoyillarga mos ravishda amalga oshirish kelajakdagi uzoq muddatli funksional va estetik natijalarning yaxshilanishiga yordam berishi isbotlanganligi Respublika bolalar ortopediya markazi (№8-2, 2023 y.), Jizzax viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinik shifoxonasi (№4; 2023 y.) amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: qo‘l tug‘ma sindaktiliyasi murakkab formasi bilan bo‘lgan bolalarni ishlab chiqilgan algoritm va tamoyillarga asoslanib erta yoshda davolash bolalarda erta yoshdan o‘ziga xizmat qilish, qo‘l bilan jismlarni ushlashga imkoniyat berib, davolashning yaqin va uzoq natijalarini yaxshilanishiga, operatsiyadan keyingi asoratlarni kamayishiga olib keldi. Iqtisodiy samaradorligi: qo‘l tug‘ma sindaktiliyasi murakkab formasi bilan bo‘lgan bolalarni ishlab chiqilgan algoritm va tamoyillarga asoslanib erta yoshda bartaraf etilishi natijasida bemorning qo‘l funksiyasini erta muddatlarda tiklashga, kelgusidagi rekonstruktiv jarrohlik amaliyotini engil va asoratsiz kechishini ta’minlanishiga imkoni berdi. Shuningdek, operatsiya texnikasidagi xatoliklar bilan bog‘liq bo‘lgan residivlarni kamayishiga va bu esa bolani o‘sish davrigacha qayta o‘tkaziladigan jarrohlik muolajalarini sonini 35–40% gacha kamayishiga olib keldi. Misol uchun, bolalarda qo‘l tug‘ma sindaktiliyasi murakkab formasi bilan jarrohlik muolajasi shifoxonada yotish kunlari bilan hozirda o‘rtacha 5000000 so‘mni tashkil qiladi. Operatsiya texnikasidagi tamoyillar buzilishi natijasiga yuzaga keladigan asoratlar bolaning o‘sishi yakunlanishiga qadar barmoqlar to‘g‘ri o‘sishini saqlab turish maqsadida o‘rtacha 2 marta (10000000 so‘m) deformatsiyalarni bartaraf etish muolajalari o‘tkazilgan va bundan tashqari ikkilamchi deformatsiyalar yuzaga kelishi natijasida ularni bartaraf etish maqsadida yana o‘rtacha 2 ta (6500000 so‘m) qo‘shimcha jarrohlik aralashuvlari o‘tkazilgan. Biz davolashni bolani 6 oyligidan boshlashni va bir vaqtning o‘zida ham qo‘shilish, ham deformatsiyalarni bartaraf etishni taklif qildik, bunning natijasida ikkilamchi deformatsiyalarni bartaraf etish bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha jarrohlik aralashuvlarga ehtiyoj qolmadi va qo‘l murakkab sindaktiliyasini bartaraf etish bilan bog‘liq bo‘lgan jarrohlik aralashuvlar sonini 3 tagacha (15000000 so‘m) kamayishiga erishildi. Xulosa: Qo‘l tug‘ma sindaktiliyasi murakkab formasi bilan bo‘lgan bolalarni ishlab chiqilgan algoritm va tamoyillarga asoslanib erta yoshda davolash natijasida qo‘l funksiyasi tez tiklanishiga va ikkilamchi deformatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan residivlarning soni kamayishiga olib keldi va bunning natijasida ushbu patologiyani davolashda o‘rtacha hisobda 15000000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tug‘ma sindaktiliya murakkab shakliga ega bo‘lgan bolalarda erta muddatlarda qo‘llanilgan reabilitatsiya taktikasi va qo‘l funksiyasini hisobga olgan holda qo‘llanilishi uzoq muddatli natijalarni yaxshilanishiga olib kelishi isbotlanganligi Respublika bolalar ortopediya markazi (№8-2, 2023 y.) hamda Jizzax viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (№4; 2023 y.) amaliy faoliyatiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: takomillashtirilga reabilitatsiya o‘tib davolashda olingan natijalar bemorlarning qoniqish ko‘rsatkichlarini oshirdi, bu davolanishning birinchi kursidan keyin sezilarli darajada (82%) bo‘ldi; taklif etilayotgan takomillashtirilgan reabilitatsiya bilan davolashda olingan funksional natijalar ulushini an’anaviy reabilitatsiya usuli natijalari bilan solishtirganda qisqa vaqtda samarali natijaga erishishga olib keldi. Iqtisodiy samaradorligi: avval qo‘l tug‘ma sinaktiliyasi murakkab formasi bilan bo‘lgan operativ davodan keyin reabilitatsion davolashda bemorda qo‘l barmoq funksional qobiliyatini tiklash uchun bir necha bosqichda uzoq muddatli reabilitatsion davolash o‘tkazilgan. Har bir bosqich o‘rtacha 15 kun statsionar davolanishni talab etgan va bu 12000000 so‘mni tashkil qilgan (har bosqichi 4000000 so‘m). Hozirda taklif etilgan takomillashtirilgan reabilitatsiya usuli yordamida kerakli natijalarga ambulator shart-sharoitda erishiladi, shunda davolashga sarf etiladigan xarajatlar 12000000 so‘mga qisqartiriladi. Xulosa: an’anaviy va taklif qilinayotgan takomillashtirilgan reabilitatsiya usullari bilan davolangan bemorlarda qisqa muddatlarda qoniqarli natijalar 71% dan 82% ga yuqori ekanligi isbotlangan. Har bir bemorga kechki asoratlarni davolashda ortopedik moslamalar va muolajalardan iqtisod qilish hisobiga to‘lov miqdori 1500000 so‘mga kamaytiraldi, qo‘l funksional qobiliyati yaxshilash va ikkilamchi deformatsiyalar xavfini kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish