Zaripova Oysara Olimjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tajribada oziq-ovqat bo‘yoqlari ta’sirida bosh miya yarim sharlaridagi  morfologik  o‘zgarishlar tavsifi» 14.00.02 - Morfologiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tib4822.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Muslima Ahatovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/29.02.2024.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmatova Muqaddas Xoltaevna, tibbiyot fanlari doktori; Qurbonov Said Safarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Akademik E.A.Vagner nomidagi Perm davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: tajribada oziq-ovqat  bo‘yoqlari   ta’sirida oq zotsiz kalamushlar bosh miya yarim sharlari kulrang moddasi peshona va ensa sohalaridagi morfologik va morfometrik  o‘zgarishlarni o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
ilk bor neytron-aktivatsion tahlil usulida ozuqa bo‘yoqlari E171 va E173 tarkibidagi faol moddalar titan va alyuminiy elementlarining gematoensefalik to‘siqdan o‘tishi va bosh miyada to‘planish xususiyati aniqlangan;
ilk bor eksperimental usulda ozuqa bo‘yoqlari E171 va E173 tarkibidagi titan dioksidi va alyuminiy moddalari ta’sirida oq zotsiz kalamushlar bosh miya yarim sharlari po‘stloq qismi peshona va ensa sohalari qavatlari neyronlar sonining nazorat guruhiga nisbatan kamayganligi, yadroning kichrayishi, neyronlar membranasining bujmayishi, kabi morfologik o‘zgarishlar yuzaga kelishi aniqlangan;
ilk bor gistokimyoviy qizil-kongo bo‘yog‘i yordamida titan dioksidi va alyuminiy ta’sirida oq zotsiz kalamushlar miya yarim sharlarida amiloid to‘planmalari hosil bo‘lishi isbotlangan;
eksperimental usulda,  titan dioksidi va alyuminiy moddalari ta’sirida oq zotsiz kalamushlar bosh miya yarim sharlari po‘stloq qismining qavatlarida immunogistokimyoviy GFAP markerining yuqori darajadagi ekspressiyasi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ozuqa bo‘yoqlari E171 va E173 tarkibidagi titan dioksidi va alyuminiy ta’sirida kalamush bosh miya yarim sharlaridagi morfologik, morfometrik, gistokimyoviy, immunogistokimyoviy, neytron-aktivatsion tahlillardan olingan ilmiy natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk marotaba neytron-aktivatsion tahlil usulida ozuqa bo‘yoqlari E171 va E173 tarkibidagi faol moddalar titan va alyuminiy elementlarining gematoensefalik to‘siqdan o‘tishi va bosh miyada to‘planish xususiyati aniqlangan. Ushbu o‘zgarishlar «Tajribada oziq-ovqat bo‘yoqlari ta’sirida bosh miya yarim sharlaridagi morfologik o‘zgarishlarni aniqlash usuli» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma Buxoro tibbiyot instituti ekspert komissiyasining №25m/039 2025 yil 28 fevral hujjati asosida tasdiqlangan. Uslubiy ko‘rsatmalar miya yarim sharlari qavatlaridagi morfologik o‘zgarishlarni aniqlash, ozuqa bo‘yoqlari tarkibidagi faol moddalar titan va alyuminiy elementlarining miyada to‘planishini o‘rganish imkonini yaratgan. Tadqiqot natijalari Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali  (4.03.25. 16-son) buyruq bilan va Buxoro viloyat Patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (5.03.2025. 5-son) buyruq bilan amaliyotga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 7 iyuldagi 21/60-son xulosasi); Ijtimoiy samaradorligi: ozuqa bo‘yoqlari E171 va E173 tarkibidagi faol moddalar titan va alyuminiy elementlarining gematoensefalik to‘siqdan o‘tishi va bosh miyada to‘planish xususiyatini bilish ozuqa bo‘yoqlari ta’sirida bosh miyada yuzaga keluvchi organik va funksional o‘zgarishlarni aniqlash, shuningdek, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, asoratlarni oldini olish tartibini tizimli tashkil etish imkonini berishi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: ozuqa bo‘yoqlari E171 va E173 tarkibidagi faol moddalar titan va alyuminiy elementlarining gematoensefalik to‘siqdan o‘tishi va bosh miyada to‘planish xususiyatini aniqlash orqali davolashda salbiy asorat va oqibatlarni oldini olish imkoniyati yaratiladi. Kasallikka tez va aniq tashxis qo‘yish hamda davolash taktikasini to‘g‘ri tanlash orqali bemorning shifoxonada davo muddatini qisqartirish, ortiqcha dori vositalaridan cheklanish hisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Bu tajribaviy tadqiqotlar va morfologik tekshirishlarni optimallashtirish hisobiga har bir tajribaviy tadqiqot seriyasi uchun sarflangan mablag‘ni 120000 so‘mgacha tejash imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor eksperimental usulda ozuqa bo‘yoqlari E171 va E173 tarkibidagi titan dioksidi va alyuminiy moddalari ta’sirida oq zotsiz kalamushlar bosh miya yarim sharlari po‘stloq qismi peshona va ensa sohalari qavatlari neyronlar sonining nazorat guruhiga nisbatan kamayganligi, yadroning kichrayishi, neyronlar membranasining bujmayishi, kabi morfologik o‘zgarishlar yuzaga kelishi aniqlangan. Ushbu o‘zgarishlar «Tajribada oziq-ovqat bo‘yoqlari ta’sirida bosh miya yarim sharlaridagi morfologik o‘zgarishlarni aniqlash usuli» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma Buxoro tibbiyot instituti ekspert komissiyasining №25m/039 2025 yil 28 fevral hujjati asosida tasdiqlangan. Uslubiy ko‘rsatmalar miya yarim sharlari qavatlarining morfologik va morfometrik ko‘rsatgichlarini aniqlash, o‘zgarishlarni nazorat guruhi bilan taqqoslash hamda nerv sistemasiga ta’sirini o‘rganish imkonini yaratgan. Tadqiqot natijalari Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali (4.03.25. 16-son) buyruq bilan va Buxoro viloyat Patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (5.03.2025. 5-son) buyruq bilan amaliyotga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 7 iyuldagi 21/60-son xulosasi); Ijtimoiy samaradorligi: ozuqa bo‘yoqlari E171 va E173 tarkibidagi titan dioksidi va alyuminiy moddalari ta’sirida oq zotsiz kalamushlar bosh miya yarim sharlari po‘stloq qismi peshona va ensa sohalari qavatlarida yuzaga keluvchi morfologik va morfometrik o‘zgarishlarni o‘rganish miyadagi organik va funksional o‘zgarishlarni aniqlash, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, dastlabki bosqichlarda erta tashhislash va nerv sistemasi bilan bog‘liq asoratlarni oldini olish tartibini tizimli tashkil etish imkonini berishi   bilan   izohlanadi. Iqtisodiy   samaradorligi: E171 va E173 tarkibidagi titan dioksidi va alyuminiy moddalari ta’sirida bosh miya yarim sharlari po‘stloq qismi peshona va ensa sohalari qavatlarida yuzaga keluvchi morfologik va morfometrik o‘zgarishlarni o‘rganish kasallikka tez va aniq tashxis qo‘yish hamda davolash taktikasini to‘g‘ri tanlash orqali bemorning shifoxonada davo muddatini qisqartirish bu esa tajribaviy tadqiqotlar va morfologik tekshirishlarni optimallashtirish hisobiga har bir tajribaviy tadqiqot seriyasi uchun sarflangan mablag‘ni 120000 so‘mgacha tejash imkonini bergan.  
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor gistokimyoviy qizil-kongo bo‘yog‘i yordamida titan dioksidi va alyuminiy ta’sirida oq zotsiz kalamushlar miya yarim sharlarida amiloid to‘planmalari hosil bo‘lishi isbotlangan. Bu boradagi tadqiqot natijalari Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali  (4.03.25. 16-son) buyruq bilan va Buxoro viloyat Patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (5.03.2025. 5-son) buyruq bilan amaliyotga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 7 iyuldagi 21/60-son xulosasi); Ijtimoiy samaradorligi: birinchi marta gistokimyoviy usulda titan dioksidi va alyuminiy ta’sirida oq zotsiz kalamushlar miya yarim sharlarida amiloid to‘planmalari hosil bo‘lishini oldindan bashoratlash natijasida aholining tibbiy savodxonligini oshirish, bosh miyadagi organik va funksional o‘zgarishlarni aniqlash, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, dastlabki bosqichlarda erta tashhislash va nerv sistemasi bilan bog‘liq asoratlarni oldini olish tartibini tizimli tashkil etish imkonini berishi   bilan   izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: miya yarim sharlarida amiloid to‘planmalari hosil bo‘lishini isbotlash kasallikka tez va aniq tashxis qo‘yish hamda davolash taktikasini to‘g‘ri tanlash orqali bemorning shifoxonada davo muddatini qisqartirish bu esa tajribaviy tadqiqotlar va morfologik tekshirishlarni optimallashtirish hisobiga har bir tajribaviy tadqiqot seriyasi uchun sarflangan mablag‘ni 120000 so‘mgacha tejash imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: eksperimental usulda,  titan dioksidi va alyuminiy moddalari ta’sirida oq zotsiz kalamushlar bosh miya yarim sharlari po‘stloq qismining qavatlarida immunogistokimyoviy GFAP markerining yuqori darajadagi ekspressiyasi isbotlangan. Bu holatlarni erta aniqlash va tashhislash borasida Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali  (4.03.25. 16-son) buyruq bilan va Buxoro viloyat Patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (5.03.2025. 5-son) buyruq bilan amaliyotga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 7 iyuldagi 21/60-son xulosasi); Ijtimoiy samaradorligi: eksperimental usulda,  titan dioksidi va alyuminiy moddalari ta’sirida oq zotsiz kalamushlar bosh miya yarim sharlari po‘stloq qismining qavatlari neyrogliotsitlarida immunogistokimyoviy GFAP markerining yuqori darajadagi ekspressiyasini isbotlash miyadagi organik va funksional o‘zgarishlarni aniqlash, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, dastlabki bosqichlarda erta tashhislash va nerv sistemasi bilan bog‘liq asoratlarni oldini olish tartibini tizimli tashkil etish imkonini berishi   bilan   izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: eksperimental usulda,  titan dioksidi va alyuminiy moddalari ta’sirida oq zotsiz kalamushlar bosh miya yarim sharlari po‘stloq qismining qavatlari neyrogliotsitlarida immunogistokimyoviy GFAP markerining yuqori darajadagi ekspressiyasini isbotlash kasallikka tez va aniq tashxis qo‘yish hamda davolash taktikasini to‘g‘ri tanlash orqali bemorning shifoxonada davo muddatini qisqartirish bu esa tajribaviy tadqiqotlar va morfologik tekshirishlarni optimallashtirish hisobiga har bir tajribaviy tadqiqot seriyasi uchun sarflangan mablag‘ni 120000 so‘mgacha tejash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish