Gafur-Axunova Kamola Mirza-Alievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Birlamchi disseminirlangan sut bezi saratoni skelet suyaklari zararlanishi bilan, davolash taktikasi va prognostik omillar tahlili», 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2022.1.PhD/Tib2481.
Ilmiy rahbar: Polatova Djamila Shagayratovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va klinik immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc 04/07.06.2024 Tib 177.01.
Rasmiy opponentlar: Raximov Nodir Muxammadkulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kamishov Sergey Viktorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: skelet suyaklariga metastazlar bilan kechuvchi birlamchi disseminatsiyalangan sut bezi saratonida molekulyar-genetik markerlar va birlamchi o‘choqqa qaratilgan jarrohlik aralashuvlari yordamida tashxis va davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birlamchi disseminatsiyalangan sut bezi saratoni holida ko‘p hollarda ko‘p sonli metastatik suyak shikastlanishi (63,3%) naysimon va yassi suyaklarning ustuvor jalb etilishi bilan namoyon bo‘lishi, umurtqa pog‘onasining alohida shikastlanishi esa 24,2% holatlarda uchrashi hamda suyak metastazlarini aniqlashda eng yuqori sezuvchanlik, spesifiklik va diagnostik aniqlik PET/KT va ssintigrafiyaga xos ekanligi isbotlangan;
lyuminal V tipiga mansub, HER2 va Bcl-2 manfiy, Ki-67 va p53 ekspressiyasi yuqori bo‘lgan immunogistoximik profilga ega o‘smalar birlamchi disseminatsiyalangan sut bezi saratonining prognoz jihatdan noqulay shakllari bilan bog‘liq ekanligi hamda ushbu ko‘rsatkichlar asosida davolashni individuallashtirish imkoni mavjudligi isbotlangan;
birlamchi disseminatsiyalangan sut bezi saratoni bilan kasallangan bemorlarda tizimli davolash fonida o‘sma jarayonining stabilizatsiyasi yoki regressiyasidan so‘ng birlamchi o‘choqda jarrohlik aralashuvini o‘tkazish yaqin va uzoq muddatli natijalarni yaxshilashi, hayot sifatini oshirishi hamda asoratlar xavfini kamaytirishi, bunda 3 va 5 yillik yashovchanlik mos ravishda 64,0% dan 75,4% gacha va 44,0% dan 62,2% gacha oshishi kuzatilishi hamda bu holat jarrohlik bosqichini kompleks davo taktikaga qo‘shish kerakligi isbotlangan;
birlamchi disseminatsiyalangan sut bezi saratonida skelet suyaklari shikastlanishi holatida molekulyar-genetik va klinik-prognostik omillar bahosi asosida tizimli kimyo terapiyasi, gormonoterapiya, nur terapiyasi va bisfosfonatlardan iborat kompleks davolash hamda birlamchi o‘choqda jarrohlik aralashuvini qamrab olgan yondashuv terapiya samaradorligini oshirishi va ishlab chiqilgan shkala yordamida kasallik prognozini stratifikatsiya qilish isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ekspertlar kengashining 2025 yil 22 maydagi 18/61-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: birlamchi disseminatsiyalangan sut bezi saratoni holida ko‘p hollarda ko‘p sonli metastatik suyak shikastlanishi (63,3%) naysimon va yassi suyaklarning ustuvor jalb etilishi bilan namoyon bo‘lishi, umurtqa pog‘onasining alohida shikastlanishi esa 24,2% holatlarda uchrashi hamda suyak metastazlarini aniqlashda eng yuqori sezuvchanlik, spesifiklik va diagnostik aniqlik PET/KT va ssintigrafiyaga xos ekanligi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona viloyat filiali onkomammologiya bo‘limida 2024 yil 3 dekabrdagi 95-sonli buyruq bilan va shu markazning Buxoro viloyati filiali onkomammologiya bo‘limida 2024 yil 10 dekabrdagi 134-sonli buyruq bilan tasdiqlangan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: birlamchi disseminatsiyalangan sut bezi saratonida ko‘p sonli metastatik suyak shikastlanishining ustuvorligi va PET/KT hamda ssintigrafiyaning eng yuqori tashxisiy aniqlikka ega ekanligi isbotlangani natijasida erta tashxis qo‘yish va xavf darajasini stratifikatsiya qilish samaradorligi oshdi va bu esa target davolashni o‘z vaqtida belgilash, asoratlarning oldini olish va individuallashtirilgan yondashuv orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: PET/KT va ssintigrafiyani ustuvor tashxis usuli sifatida joriy etish tashxisda yo‘l qo‘yilgan xatolar va asossiz o‘tkazilgan tekshiruvlar sonini sezilarli darajada kamaytirishga, takroriy gospitalizatsiyalar va samarasiz tashxis-davolash tadbirlari chastotasini pasaytirishga xizmat qilib, natijada tibbiy resurslardan oqilona foydalanish, bemorlarning statsionarda yotish muddatini 2–3 o‘rin/kungacha qisqartirish va byudjet mablag‘larini 8–10% gacha tejash imkoni yaratildi. Xulosa: birlamchi disseminatsiyalangan sut bezi saratonida 63,3% holatda naysimon va yassi suyaklarning ustuvor zararlanishi bilan ko‘p sonli metastatik shikastlanish kuzatiladi, umurtqa pog‘onasining izolyasiyalangan shikastlanishi esa nisbatan kam — 24,2% holatda uchraydi. Suyak metastazlarini aniqlashda eng yuqori tashxisiy qiymat PET/KT va ssintigrafiyada kuzatiladi, bu esa ularni klinik algoritmda ustuvor qo‘llashni asoslaydi, tashxis aniqligini oshirish, davolash taktikasi optimallashtirish, statsionarda yotish muddatini 2–3 o‘rin/kungacha qisqartirish va byudjet xarajatlarini 8–10% gacha tejash hamda bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: lyuminal V tipiga mansub, HER2 va Bcl-2 manfiy, Ki-67 va p53 ekspressiyasi yuqori bo‘lgan immunogistoximik profilga ega o‘smalar birlamchi disseminatsiyalangan sut bezi saratonining prognoz jihatdan noqulay shakllari bilan bog‘liq ekanligi hamda ushbu ko‘rsatkichlar asosida davolashni individuallashtirish imkoni mavjudligi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona viloyat filiali onkomammologiya bo‘limida 2024 yil 3 dekabrdagi 95-sonli buyruq bilan va shu markazning Buxoro viloyati filiali onkomammologiya bo‘limida 2024 yil 10 dekabrdagi 134-sonli buyruq bilan tasdiqlangan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: lyuminal V tipi, HER2 va Bcl-2 ekspressiyasining manfiyligi, Ki-67 va p53 ko‘rsatkichlarining oshganligi bilan tavsiflanadigan o‘sma immunogistoximik profilining yuqori prognostik ahamiyati aniqlanishi, birlamchi disseminatsiyalangan sut bezi saratonida kasallik kechishini aniqroq prognoz qilish imkonini berdi. Bu esa tizimli davolash sxemalarini shaxsan bemorga mos ravishda tanlash imkonini yaratib, klinik samaradorlikni oshirishga, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga, davolashning toksikligi va nojo‘ya ta’sirlarini kamaytirishga xizmat qildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: davo tanlashda asos sifatida immunogistoximik profillashdan foydalanish samarasiz davolashning oldini oldi, takroriy terapiya kurslariga bo‘lgan ehtiyojni qisqartirdi, statsionarda yotish muddatini o‘rtacha 2–3 o‘rin/kungacha kamaytirishga va sog‘liqni saqlash tizimiga bo‘lgan moliyaviy yukni engillashtirishga, byudjet mablag‘larini 10–12% gacha tejashga imkon berdi. Xulosa: lyuminal V tipiga mansub, HER2 va Bcl-2 ekspressiyasi manfiy bo‘lgan, Ki-67 va p53 ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan o‘smaning immunogistoximik profili yuqori prognostik ahamiyatga ega ekani va birlamchi disseminatsiyalangan sut bezi saratonida davoga individual yondashish imkonini berishi isbotlandi. Bu esa davolash samaradorligini oshirishga, bemorlar hayot sifatini yaxshilashga va sog‘liqni saqlash xarajatlarini samarasiz davolash va ortiqcha o‘rin/kunlarni 2–3 sutkagacha kamaytirish hisobiga kamaytirishga xizmat qildi.
uchinchi ilmiy yangilik: birlamchi disseminatsiyalangan sut bezi saratoni bilan kasallangan bemorlarda tizimli davolash fonida o‘sma jarayonining stabilizatsiyasi yoki regressiyasidan so‘ng birlamchi o‘choqda jarrohlik aralashuvini o‘tkazish yaqin va uzoq muddatli natijalarni yaxshilashi, hayot sifatini oshirishi hamda asoratlar xavfini kamaytirishi, bunda 3 va 5 yillik yashovchanlik mos ravishda 64,0% dan 75,4% gacha va 44,0% dan 62,2% gacha oshishi kuzatilishi hamda bu holat jarrohlik bosqichini kompleks davo taktikaga qo‘shish kerakligi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona viloyat filiali onkomammologiya bo‘limida 2024 yil 3 dekabrdagi 95-sonli buyruq bilan va shu markazning Buxoro viloyati filiali onkomammologiya bo‘limida 2024 yil 10 dekabrdagi 134-sonli buyruq bilan tasdiqlangan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: birlamchi disseminatsiyalangan sut bezi saratonida o‘sma jarayoni stabilizatsiyalashgan yoki regressiyaga uchragan hollarda jarrohlik bosqichining klinik ahamiyati isbotlangani, uzoq muddatli natijalarni yaxshilash, 3 va 5 yillik yashovchanlikni mos ravishda 64,0% dan 75,4% va 44,0% dan 62,2% gacha oshirish, hamda parchalanish va qon ketish bilan bog‘liq asoratlar tez-tezligini kamaytirish imkonini berdi. Bu esa bemorlarning hayot sifatini oshirish va davolashda shaxsiy yondashuv imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kasallik stabilizatsiyalashganidan so‘ng jarrohlik amaliyotini kompleks davolashga qo‘shish, kasallikning asoratlangan kechishi bilan bog‘liq shoshilinch gospitalizatsiya va kechiktirib bo‘lmaydigan aralashuvlar sonini kamaytirishga, palliativ yordam ehtiyojini kamaytirishga, statsionarda yotish muddatini o‘rtacha 3–4 o‘rin/kungacha qisqartirishga va byudjet xarajatlarini 10–12% gacha tejashga imkon berdi. Xulosa: birlamchi disseminatsiyalangan sut bezi saratoni bo‘lgan bemorlarda sistemali terapiya fonida o‘sma jarayoni stabilizatsiyalashgan yoki regressiyaga uchragan hollarda birlamchi o‘choqda jarrohlik amaliyoti o‘tkazish uzoq muddatli natijalarni yaxshilashi, asoratlar xavfini kamaytirishi, 3 va 5 yillik yashovchanlikni mos ravishda 64,0% dan 75,4% va 44,0% dan 62,2% gacha oshirishi, statsionarda yotish muddatini 3–4 o‘rin/kungacha qisqartirishi va sog‘liqni saqlash xarajatlarini 10–12% gacha kamaytirishga yordam berishi isbotlandi va bu esa, jarrohlik bosqichini kompleks davolash taktikaga qo‘shish maqsadga muvofiq ekanini tasdiqlaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: birlamchi disseminatsiyalangan sut bezi saratonida skelet suyaklari shikastlanishi holatida molekulyar-genetik va klinik-prognostik omillar bahosi asosida tizimli kimyo terapiyasi, gormonoterapiya, nur terapiyasi va bisfosfonatlardan iborat kompleks davolash hamda birlamchi o‘choqda jarrohlik aralashuvini qamrab olgan yondashuv terapiya samaradorligini oshirishi va ishlab chiqilgan shkala yordamida kasallik prognozini stratifikatsiya qilish isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona viloyat filiali onkomammologiya bo‘limida 2024 yil 3 dekabrdagi 95-sonli buyruq bilan va shu markazning Buxoro viloyati filiali onkomammologiya bo‘limida 2024 yil 10 dekabrdagi 134-sonli buyruq bilan tasdiqlangan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: birinchi marta birlamchi disseminatsiyalangan sut bezi saratonida molekulyar-genetik va klinik-prognostik xususiyatlarni hisobga olgan holda qo‘llanilgan kompleks davolash kasallikning kechishi ustidan nazoratni kuchaytirish, terapiya samaradorligini oshirish, progressiya tez-tezligini kamaytirish, davolash taktikasini individuallashtirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Ishlab chiqilgan prognostik shkala klinik jihatdan asoslangan qarorlar qabul qilishga va amaliyotdagi shifokorlarda onkologik hushyorlikni oshirishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: klinik amaliyotga prognostik shkalani joriy etish davolash taktikasini ratsional tanlashga, samarasiz terapiya va takroriy gospitalizatsiyalar sonini kamaytirishga, statsionarda yotish muddatini o‘rtacha 2–3 o‘rin/kungacha qisqartirishga, shunday qilib tibbiy resurslarni optimal taqsimlash hisobiga 8–10% byudjet xarajatlarini tejashga imkoniyat berdi. Xulosa: birinchi marta aniqlangan disseminatsiyalangan sut bezi saratonida molekulyar-genetik va klinik-prognostik omillarni hisobga olgan holda kimyo terapiyasi, gormonoterapiya, nur terapiyasi va bisfosfonatlarni o‘z ichiga olgan kompleks davolash samaradorligini oshirishi isbotlanishi natijasida, ishlab chiqilgan prognostik shkala orqali davolash taktikasini individuallashtirish, prognoz aniqligini oshirish, statsionarda yotish muddatini 2–3 o‘rin/kungacha qisqartirish va 8–10% byudjet tejamkorligiga erishish, shuningdek, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkoni yaratildi.