Artikxodjaeva Guzal Shamsiddinovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Onkologik kasalliklar hamrox terapiyasida mul`tidissiplinar yondashuv», 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Tib1051.
Ilmiy maslahatchi: Polatova Djamilya Shogayratovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:  Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va klinik immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc 04/07.06.2024 Tib 177.01.
Rasmiy opponentlar: Gil`dieva Margarita Sabirovna, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Xodjaeva Nozima Xayrullaevna, tibbiyot fanlari doktori, Magzumova Nargiza Maxkamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali Ibn Sino nomli Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: komorbid ginekologik va somatik kasalliklarni korreksiyalashga qaratilgan kompleks onkologik xamrox terapiyasida mul`tidissiplinar integratsiyalash orqali onkoginekologik kasalliklarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
opportunistik bakteriyalarning ko‘payishi va laktobakteriyalarning kamayishi o‘simta hujayralarining immun reaksiyasining pasayishi tufayli vachadon bo‘yni saratonini progressiyaga uchrashishi asoslangan;
bachadon bo‘yni saratonda HPV-16 va HPV-18 ning titrlari oshishi yuqori mutatsiyali yuk va apoptoz mexanizmlarining buzilishi tufayli kasallikning progressiya prediktorlar ekanligi aniqlangan;
onkoginekologik kasalliklarida maxsus davodan oldin va keyin saqlanayotgan disbioz davolanishning bardoshliligiga mahalliy immunitetning zaiflanish tufayli salbiy ta’sir ko‘rsatishi omil ekanligi asoslangan;
davodan keyin 2-OH/16a-OH nisbatini 35,4% ga kamayishi estrogen almashinuvini normallashtirish va immunitet reaksiyasini modulyasiya hisobiga o‘simta faolligini pasayishi va ayollarning hayot sifatini yaxshilashga yordam beruvchi omillar ekanligi isbotlangan;
onkoginekologik patologiyalarda mahalliy va umumiy immunitet holatini yaxshilash uchun davo-sxemasiga probiyotiklarni qo‘llash tufayli normal vaginal mikroflorani tiklanishi samaradorligi isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 10 martdagi 13/07-son xulosasiga muvofiq:
birinchi ilmiy yangilik: opportunistik bakteriyalarning ko‘payishi va laktobakteriyalarning kamayishi o‘simta hujayralarining immun reaksiyasining pasayishi tufayli vachadon bo‘yni saratonini progressiyaga uchrashishi isbotlangan.  Mazkur ilmiy yangilik 2025-yil 14-yanvardagi 3/1-sonli buyruq asosida Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy onkologiya va radiologiya tibbiyot markazining Jizzax filialidagi onkomammologiya bo‘limida, shuningdek, 2025-yil 15-yanvardagi 9-T- va 10-T-sonli buyruqlar asosida Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy onkologiya va radiologiya tibbiyot markazining Qashqadaryo filialidagi onkomammologiya bo‘limida amaliyotga tatbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan mikrobiotani, gormonal fonni va yondosh kasalliklarni davolashni o‘z ichiga olgan qo‘shimcha terapiyaga kompleks yondashuv ginekologik saraton kasalliklarini davolash natijalarini sezilarli darajada yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: komorbid holatlarda onkoginekologik patologiyani davolashda qo‘shimcha terapiyaning integratsiyalashgan yondashuvlarni joriy etish, infeksiyalarning oldini olish va tiklanishni tezlashtirish orqali asoratlarni davolash va kasalxonaga yotqizish xarajatlarini kamaytirib sezilarli iqtisodiy samaradorlikni ko‘rsatadi
ikkinchi ilmiy yangilik: bachadon bo‘yni saratonda HPV-16 va HPV-18 ning titrlari oshishi yuqori mutatsiyali yuk va apoptoz mexanizmlarining buzilishi tufayli kasallikning progressiya prediktorlar ekanligi isbotlangan; mazkur ilmiy yangilik 2025-yil 14-yanvardagi 3/1-sonli buyruq asosida Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy onkologiya va radiologiya tibbiyot markazining Jizzax filialidagi onkomammologiya bo‘limida, shuningdek, 2025-yil 15-yanvardagi 9-T- va 10-T-sonli buyruqlar asosida Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy onkologiya va radiologiya tibbiyot markazining Qashqadaryo filialidagi onkomammologiya bo‘limida amaliyotga tatbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan Mikrobioenoz buzilishlarini bartaraf etish saratonga qarshi davolash samaradorligini oshiradi, infeksion asoratlarning soni va og‘irligini kamaytiradi, bemorlarning tezroq tiklanishiga yordam beradi, remissiya xavfini pasaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: Integral yondashuvlar qo‘shimcha 50 million so‘m sarflanganda asoratlar sonining 50 foizga kamayishi yiliga 100 nafar bemorga 300 million so‘m mablag‘ni tejash imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: onkoginekologik kasalliklarida maxsus davodan oldin va keyin saqlanayotgan disbiyoz davolanishning bardoshliligiga mahalliy immunitetning zaiflanish tufayli salbiy ta’sir ko‘rsatishi omil ekanligi isbotlangan; mazkur ilmiy yangilik 2025-yil 14-yanvardagi 3/1-sonli buyruq asosida Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy onkologiya va radiologiya tibbiyot markazining Jizzax filialidagi onkomammologiya bo‘limida, shuningdek, 2025-yil 15-yanvardagi 9-T- va 10-T-sonli buyruqlar asosida Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy onkologiya va radiologiya tibbiyot markazining Qashqadaryo filialidagi onkomammologiya bo‘limida amaliyotga tatbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: Ishlab chiqilgan algoritmlar klinik amaliyotda oson qo‘llanilishi mumkin, bu nazorat guruhiga nisbatan davolash samaradorligi va hayot sifatining statistik jihatdan sezilarli yaxshilanishi bilan tasdiqlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: komorbid holatlarda onkoginekologik patologiyani davolashda qo‘shimcha terapiyaning integratsiyalashgan yondashuvlarni joriy etish, infeksiyalarning oldini olish va tiklanishni tezlashtirish orqali asoratlarni davolash va kasalxonaga yotqizish xarajatlarini kamaytirib sezilarli iqtisodiy samaradorlikni ko‘rsatadi. Integral yondashuvlar qo‘shimcha 50 million so‘m sarflanganda asoratlar sonining 50 foizga kamayishi yiliga 100 nafar bemorga 300 million so‘m mablag‘ni tejash imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: davodan keyin 2-OH/16a-OH nisbatini 35,4% ga kamayishi estrogen almashinuvini normallashtirish va immunitet reaksiyasini modulyasiya hisobiga o‘simta faolligini pasayishi va ayollarning hayot sifatini yaxshilashga yordam beruvchi omillar ekanligi isbotlangan; mazkur ilmiy yangilik 2025-yil 14-yanvardagi 3/1-sonli buyruq asosida Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy onkologiya va radiologiya tibbiyot markazining Jizzax filialidagi onkomammologiya bo‘limida, shuningdek, 2025-yil 15-yanvardagi 9-T- va 10-T-sonli buyruqlar asosida Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy onkologiya va radiologiya tibbiyot markazining Qashqadaryo filialidagi onkomammologiya bo‘limida amaliyotga tatbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: ayollarning  umumiy salomatligi yaxshilanadi, shu bilan birga xayot sifati va umrining davomiyligi osadi. Iqtisodiy samaradorligi: davolashda qo‘shimcha terapiyaning integratsiyalashgan yondashuvlarni joriy etish, infeksiyalarning oldini olish va tiklanishni tezlashtirish orqali asoratlarni davolash va kasalxonaga yotqizish xarajatlarini kamaytirib sezilarli iqtisodiy samaradorlikni ko‘rsatadi.
beshinchi ilmiy yangilik: onkoginekologik patologiyalarda mahalliy va umumiy immunitet holatini yaxshilash uchun davo-sxemasiga probiyotiklarni qo‘llash tufayli normal vaginal mikroflorani tiklanishi samaradorligi isbotlangan; mazkur ilmiy yangilik 2025- yil 14-yanvardagi 3/1-sonli buyruq asosida Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy onkologiya va radiologiya tibbiyot markazining Jizzax filialidagi onkomammologiya bo‘limida, shuningdek, 2025-yil 15-yanvardagi 9-T- va 10-T-sonli buyruqlar asosida Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy onkologiya va radiologiya tibbiyot markazining Qashqadaryo filialidagi onkomammologiya bo‘limida amaliyotga tatbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: Mikrobiotsenoz buzilishlarini bartaraf etish saratonga qarshi davolash samaradorligini oshiradi, infeksion asoratlarning soni va og‘irligini kamaytiradi, bemorlarning tezroq tiklanishiga yordam beradi, remissiya xavfini pasaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: onkoginekologik patologiyani davolashda qo‘shimcha terapiyaning integratsiyalashgan yondashuvlarni joriy etish, infeksiyalarning oldini olish va tiklanishni tezlashtirish orqali asoratlarni davolash va kasalxonaga yotqizish xarajatlarini kamaytirib sezilarli iqtisodiy samaradorlikni ko‘rsatadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish