Muhammadieva Yulduz Yusupovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa salohiyatidan samarali foydalanishning ekonometrik modellari (Qashqadaryo viloyati misolida)”, 08.00.06-“Ekonometrika va statistika”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt3449.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Nodirjon Nusriddinovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Otajanov Umid Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Xayitbaeva Nigora Bakmamatovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqa salohiyatidan samarali foydalanishning ekonometrik modellarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif xamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa shahar va tumanlarini “salohiyatidan samarali foydalanishning” nuqtalar va sinflarga ajratgan holda “yuqori (23,12% - 25,74%)”, “o‘rta (21,62% - 22,46%)”, “past (16,36% - 17,18%)” intervallar yordamida baholash taklif etilgan;
mintaqani iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanishda “Klasterli tahlil” bo‘yicha o‘xshashlik darajasini “Evkilid metrikasi” yordamida ((Qarshi sh, Qamashi) kichik biznes, (Kitob, Shaxrisabz sh.) turizm, (Chiroqchi, Dehqonobod, Nishon) chorvachilik, (Mirishkor, Kasbi, Koson Muborak) me’morchilik, dehqonchilik) klasterlariga ajratish taklif qilingan;
mintaqa aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti, asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investisiyalar, ishsizlik darajasi omillarining YaHM hajmiga qisqa muddatli (+1,21%; +2,3%; -1,15%) va uzoq muddatli (+3,9%; +6,9%; -2,6%) ustuvorlik darajasini aniqlashning ARDL Y_t=5,04+〖2.2〗_0*〖X-0.9〗_t+〖1.6〗_1*〖5.2〗_(t-1)+〖1.1〗_2*〖-1.1〗_(t-2)+⋯+〖u-1.4〗_t modeli asosida hisoblash taklif qilingan;
mintaqani barqaror salohiyatidan samarali foydalanish darajasini asosiy ko‘rsatkichlarining 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion taraqqiyot sharoitida mintaqani barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini prognozlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mintaqa shahar va tumanlarini “salohiyatidan samarali foydalanishning” nuqtalar va sinflarga ajratgan holda “yuqori (23,12% - 25,74%)”, “o‘rta (21,62% - 22,46%)”, “past (16,36% - 17,18%)” intervallar yordamida baholash bo‘yicha berilgan taklifi Qashqadaryo viloyat hokimining 2024-yil 26-sentyabrdagi “2026-2030-yillarda Qashqadaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 154-son qarorining ijrosi haqidagi 158-12-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2024-yil 28-dekabrdagi 07-07-12141-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mintaqa shahar va tumanlarining barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholash hamda ular orasidagi tafovutlarni aniqlash imkonini bergan;
mintaqani iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanishda “Klasterli tahlil” bo‘yicha o‘xshashlik darajasini “Evkilid metrikasi” yordamida ((Qarshi sh, Qamashi) kichik biznes, (Kitob, Shaxrisabz sh.) turizm, (Chiroqchi, Dehqonobod, Nishon) chorvachilik, (Mirishkor, Kasbi, Koson, Muborak) memorchilik, dehqonchilik) klasterlariga ajratish bo‘yicha berilgan taklifi Qashqadaryo viloyat hokimining 2024-yil 26-sentyabrdagi “2026-2030-yillarda Qashqadaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 154-son qarorining ijrosi haqidagi 158-12-0-Q/22-con qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2024-yil 28-dekabrdagi 07-07-12141-son ma’lumotnomasi). Ushbu usuldan amaliyotda foydalanish natijasida mintaqa shahar va tumanlarini klasterlarga (sinflarga) ajratish va ularni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash imkonini bergan;
mintaqa aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti, asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investisiyalar, ishsizlik darajasi omillarining YaHM hajmiga qisqa muddatli (+1,21%; +2,3%; -1,15%) va uzoq muddatli (+3,9%; +6,9%; -2,6%) ustuvorlik darajasini aniqlashning ARDL Y_t=5,04+〖2.2〗_0*〖X-0.9〗_t+〖1.6〗_1*〖5.2〗_(t-1)+〖1.1〗_2*〖-1.1〗_(t-2)+⋯+〖u-1.4〗_t modeli asosida hisoblash taklifi Qashqadaryo viloyat hokimining 2024-yil 26-sentyabrdagi “2026-2030-yillarda Qashqadaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 154-son qarorining ijrosi haqidagi 158-12-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2024-yil 28-dekabrdagi 07-07-12141-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mintaqani barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillarni uzoq va qisqa muddatli ta’sirini hisoblash va bu orqali innovatsion taraqqiyot sharoitida mintaqani barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun aniq chora-tadbirlarni belgilash imkonini bergan;
mintaqani barqaror salohiyatidan samarali foydalanishning asosiy yo‘nalishlari va istiqbollarini aniqlashning ko‘p variantli ekonometrik modellar asosida 2026-2030-davrga prognoz ko‘rsatkichlari Qashqadaryo viloyat hokimining 2024-yil 26-sentyabrdagi “2026-2030- yillarda Qashqadaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 154-son qarorining ijrosi haqidagi 158-12-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2024-yil 28-dekabrdagi 07-07-12141-son ma’lumotnomasi). Mazkur tadqiqot natijasini amaliyotda qo‘llash orqali mintaqani barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini asosiy ko‘rsatkichlarining o‘rta muddatli davrga prognozlashning qo‘shimcha imkoniyati yaratilgan.