Qidirniyazov Ajiniyaz Sherniyazovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Uy-joy qurilishini samarali tashkil etish va ekonometrik modellashtirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)”, 08.00.06-“Ekonometrika va statistika”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3230.
Ilmiy rahbar: Sauxanov Janibek Kazievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Doschanov Tangribergan Doschanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ibragimov Nodirjon Nusriddinovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent;
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi uy-joy qurilishini samarali tashkil etish va ekonometrik modellashtirish asosida aholini arzon va qulay sharoitlarga ega bo‘lgan uy-joylar bilan ta’minlash bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uy-joy fondining umumiy maydoniga yakka tartibdagi va ko‘p qavatli uylardagi kvartiralar soni o‘zgarishi asosida ularning afzalliklarini turkumlanish sxemasi taklif etilgan;
uy-joy fondining umumiy maydoniga jami (1,80), shahar (2,01) va qishloq (1,49) aholisi soni, ko‘p qavatli uylardagi kvartiralar soniga tuzilgan nikohlar soni (1,11), kvartira (uy)lar hamda yakka tartibdagi uylar soniga xonadonlar soni (1,14, 1,23) ta’siri ishlab chiqilgan modellar, hisoblangan elastiklik koeffisientlari asosida aniqlangan;
aholini uy-joyga bo‘lgan talabiga jon boshiga umumiy va real daromadlar hajmi, daromadlar tarkibiy tuzilishidagi o‘zgarishlar ta’sirini samarali tashkil etishning ekonometrik modellari ishlab chiqilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida uy-joy qurilishini samarali tashkil etish va aholini uy-joy bilan ta’minlashning muhim miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini 2025-2029-yillarga prognoz qiymatlari ko‘p variantli ekonometrik modellar asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Uy-joy qurilishini samarali tashkil etish va ekonometrik modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uy-joy fondining umumiy maydoniga yakka tartibdagi va ko‘p qavatli uylardagi kvartiralar soni o‘zgarishi asosida ularning afzalliklarini turkumlanish sxemasi bo‘yicha taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 23-may 03-07/01-1520-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan mavjud maydonlaridan, uy-joylarni kommunal xizmatlar bilan ta’minlash muammosini hisobga olgan holda samarali foydalanib aholini uy-joyga bo‘lgan talabini qondirish bo‘yicha maqsadli dasturlarni ishlab chiqishda foydalanilgan;
uy-joy fondining umumiy maydoniga jami (1,80), shahar (2,01) va qishloq (1,49) aholisi soni, ko‘p qavatli uylardagi kvartiralar soniga tuzilgan nikohlar soni (1,11), kvartira (uy)lar hamda yakka tartibdagi uylar soniga xonadonlar soni (1,14, 1,23) ta’sirini ishlab chiqilgan modellar, hisoblanilgan elastiklik koeffisientlari asosida aniqlash bo‘yicha berilgan taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 23-may 03-07/01-1520-son ma’lumotnomasi). Mazkur modellar hamda elastiklik koeffisientlaridan demografik o‘zgarishlarni hisobga olgan holda aholini uy-joyga bo‘lgan talabini qondirishda barqarorlikni ta’minlash imkoniyati yaratilgan;
aholini uy-joyga talabiga jon boshiga umumiy va real daromadlar hajmi, daromadlar tarkibiy tuzilishidagi o‘zgarishlar ta’sirini samarali tashkil etishning ekonometrik modellarini ishlab chiqish bo‘yicha berilgan taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 23-may 03-07/01-1520-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan foydalanish aholi jon boshiga real daromadlar oshishi, umumiy draomadlar tarkibiy tuzilishining takomillashuvi kabilarni hisobga uy-joy qurlishini o‘rtacha har yili 3,5 foizga oshirish lozimligini aniqlashga xizmat qilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida uy-joy qurilishini samarali tashkil etish va aholini uy-joy bilan ta’minlashning muhim miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini 2025-2029-yillarga prognoz qiymatlari ko‘p variantli ekonmetrik modellar asosida ishlab chiqish bo‘yicha berilgan taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 23-may 03-07/01-1520-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz natijalari mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, Qoraqolpog‘istonda uy-joy qurilishini samarali tashkil etish, ularni miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha istiqboldagi prognoz qiymatlarini shakllantirishga xizmat qilgan.