Jo‘raeva Gulbahor Abdug‘affor qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kompetensiyaviy yondashuv asosida talabalarning ijodiy qobiliyatlarini takomillashtirish (Professional ta’lim yo‘nalishlari misolida)”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped5256
Ilmiy rahbar: Do‘stnazar Omonovich Ximmataliev – pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.05/29.12.2023. Ped 48.01
Rasmiy opponentlar:Narzulla Alixanovich Muslimov, pedagogika fanlari doktori, professor; G‘afforov Feruz Hasanovich pedagogika fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: kompetensiyaviy yondashuv asosida talabalarning ijodiy qobiliyatlarini takomillashtirish metodikasini ishlab chiqishdan  iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
talabalarning ijodiy qobiliyatlarini takomillashtirishning kasbiy-pedagogik shart-sharoitlari amaliy-ijodiy yondashuvli ta’lim muhitini yaratish, ta’lim mazmuniga ilmiy-tadqiqot faoliyati elementlarini singdirish hamda talabalarning individual ta’lim traektoriyasida barqaror dinamiklikni ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari talabalarining ijodiy qobiliyatlarini takomillashtirishning integrativ modeli kompetensiyaviy va tizimli-faoliyatli ta’limning integrativ xususiyatlarini didaktik maqsadlar mazmuniga idientiv moslashtirish hamda kasbiy ta’limning o‘quv-kasbiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-loyihalash, tashkiliy-texnologik komponentlari natijadorligini oshirish asosida takomillashtirilgan;
kompetensiyaviy yondashuv asosida talabalarining ijodiy qobiliyatlarni takomillashtirish metodikasi “Geodeziya” fani modulini o‘qitishda talabalarning ijodkorlik potensialiga yo‘naltirilgan kasbiy-vaziyatli masalalardan foydalanish va loyihaviy ta’limning intensiv transformatsiyasi muhitida samarali qaytar aloqani ta’minlovchi “MICA” nomli mualliflik ta’lim metodikasidan foydalanish asosida takomillashtirilgan;
talabalar ijodiy qobiliyatlarining rivojlanganligini baholash metodikasi vaziyatni anglash, bashoratli tahlil, ratsional qaror va louihani amalga oshirish kabi ijodiy qobiliyat elementlarini mustaqil ta’lim topshiriqlari mazmuniga differensial darajalarda adaptivlashtirish hamda reproduktiv va ijodiy topshiriqlar kombinatsiyasini erkin-ijodli ta’lim muhitida optimallashtirish asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
kompetensiyaviy yondashuv asosida talabalarni ijodiy qobiliyatlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan metodik taklif va tavsiyalar asosida:
kompetensiyaviy yondashuv asosida talabalarni ijodiy qobiliyatlarini takomillashtirishning pedagogik shart-sharoitlari mutaxassislik fanlarning o‘quv me’yoriy hujjatlarini mazmunan rivojlantirish, kadrlar shakllantirish; resurs va metodik ta’minotni takomillashtirish, tanlov fanlarning o‘quv-metodik ta’minotini ishlab chiqish hamda professional ta’lim dasturlarini tizimli muvofiqlashtirish asosida ta’minlashga doir takliflar “Pedagogik texnologiyalar” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 06.11.2023 yildagi 491-sonli o‘quv adabiyotning nashr ruxsatnomasi. № 491249 ). Natijada mazkur ishlab chiqilgan darslik talabalarning ijodiy qobiliyatini takomillashishiga xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasalarida kompetensiyaviy yondashuv asosida talabalarni ijodiy qobiliyatlarini takomillashtirish modeli maqsad, mazmun, jarayon, baholash, natija komponentlar uzviyligida tizimli, kompetentli, faoliyatli metodologik yondashuvlar, tizimli, ierarxik, rivojlantiruvchi tamoyillarga tayanish hamda raqamlashgan-dasturiy apparatni metodik apparatga mazmunan uzviylashtirish asosida takomillashtirishga doir takliflar Jizzax politexnika institutining ilmiy tadqiqot rejasining OT-F1-49 raqamli “Talabalarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” (2017-2021 yy.) mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan. Natijada mazkur model talabalarning ijodiy qobiliyatlarini takomillashishiga xizmat qilgan;
bo‘lajak mutaxassislarni kompetensiyaviy yondashuv asosida ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish, talabalarda ijodiy qobiliyatlarini rivojlanganligini baholashning reproduktiv, produktiv, kreativ mezonlarini takomillashtirishga doir takliflar “Kompetensiyaviy yondashuv asosida talabalarning ijodiy qobiliyatini takomillashtirish metodikasi bo‘yicha “Maxsus kurs dasturi” hamda uni takomillashtirish jarayoni modeli; “MICA” (method of improving creative ablitity)  metodikasi; “Eskiz chizish” metodikalarida foydalanilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 4/17-4/4-7130-sonli ma’lumotnomasi). Natijada raqamlashtirilgan metodik ta’minot talabalarning ijodiy qobiliyatlarini takomillashishiga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish