Inamov Farxodjon Ikrom o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqada investisiya faoliyatini faollashtirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish (Namangan viloyati misolida)”, 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt4610.
Ilmiy rahbar: Mullabaev Baxtiyarjon Bulturbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Matyaqubova Dilfuza Olimboevna, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent; Ruzmetov Davron Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqada investisiya faoliyatini faollashtirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqaga investisiyalarni jalb etishning miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari, ularning ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik samaradorligini oshirishda investisiya faoliyatini faollashtirishning konsepsiyasi taklif etilgan;
mintaqadagi investisiya muhitini faollashtirish uchun omillarning qulayligiga ta’sir qilish darajasini oshirishda investisiya faoliyatini diagnostika qilish usuli taklif etilgan;
mintaqaviy jarayonlarning tegishli elementlarining o‘zaro ta’siri va dinamikasini ta’minlaydigan ekologik-iqtisodiy tizimini barqaror rivojlantirish va markazlashmagan tashkiliy-funksional tuzilmasining tartibga solish mexanizmi taklif etilgan;
mintaqa iqtisodiyotini tartibga solish tamoyillarini takomillashtirish doirasida Namangan viloyati tumanlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining 3 guruhga ajratilgan holda 2025-2030-yillar uchun ssenariyli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqada investisiya faoliyatini faollashtirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
mintaqaga investisiyalarni jalb etishning miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari, ularning ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik samaradorligini oshirishda investisiya faoliyatini faollashtirishning konsepsiyasi bo‘yicha taklif Namangan viloyati hokimligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 28-maydagi 03/12-1970-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida hududlarni tarkibiy muvozanat mavjudligidan kelib chiqib, guruhlash mexanizmlari, hududlararo tenglashtirish mexanizmlari va rivojlanishni prognozlash mexanizmlari asosida har bir hududning alohida maqsadli rivojlantirish rejalarini tuzish imkoniyatini bergan;
mintaqadagi investisiya muhitini faollashtirish uchun omillarning qulayligiga ta’sir qilish darajasini oshirishda investisiya faoliyatini diagnostika qilish usuli bo‘yicha taklif Namangan viloyati hokimligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 28-maydagi 03/12-1970-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif natijasida Namangan viloyati hududlarning 3 ta (“yaxshi” – Namangan shahar, To‘raqo‘rg‘on va Uychi tumanlari; “o‘rta” – Namangan, Pop, Uchqo‘rg‘on, Chust va Yangiqo‘rg‘on tumanlari; “yomon” – Mingbuloq, Kosonsoy, Norin va Chortoq tumani) guruh bo‘yicha ajratilgan hududlarning har birini alohida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ishlab chiqilgan;
mintaqaviy jarayonlarning tegishli elementlarining o‘zaro ta’siri va dinamikasini ta’minlaydigan ekologik-iqtisodiy tizimini barqaror rivojlantirish va markazlashmagan tashkiliy-funsional tuzilmasining tartibga solish mexanizmlari bo‘yicha taklifi Namangan viloyati hokimligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 28-maydagi 03/12-1970-son ma’lumotnomasi). Keltirilgan ilmiy taklifdan foydalanish asosida mintaqaning ekologik-iqtisodiy tizimida uning barqaror rivojlanishi davomida yuzaga keladigan vazifalar orasida ishonchli va o‘z vaqtida axborot oqimiga asoslangan hududiy iqtisodiyotning ekologik-iqtisodiy omillari majmuasi, mintaqa jarayonlarining tarkibiy modelining ulanishlar majmuasi sifatida ishlashini qo‘llab-quvvatlash hamda ular parametrlarining o‘zgarishini kuzatish, shuningdek, mavjud hududiy institusional sohaga integratsiyalashuvi ta’minlangan;
hududlar iqtisodiyotini tartibga solish tamoyillarini takomillashtirish doirasida Namangan viloyati tumanlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining 3 guruhga ajratilgan holda 2025-2030-yillar uchun ssenariyli prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar Namangan viloyati hokimligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 28-maydagi 03/12-1969-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Namangan viloyatida hududiy iqtisodiyotning yaxlitligini saqlash zarurligini hisobga olgan holda markazsizlashtirish, yangi ma’muriy-hududiy tizimni joriy etish va ushbu darajadagi hokimiyatning hududiy tashkil etilishini isloh qilish jarayonida barcha aloqalar hamda o‘zaro munosabatlar tizimini faollashtiruvchi chora-tadbirlarni belgilash imkoni yaratilgan.