Axmedov G‘ulomjon Jumanazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri:“O‘zbekistonda konchilik va metallurgiya tarixi (qadimgi davr va o‘rta asrlar)” mavzusidagi 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tar1642.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abdullaev Utkir Ismailovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.Tar.55.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xalikulov Axmadjon Boymaxammatovich Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi mudiri tarix fanlar doktori, professor; Kidirniyazov Omar-Sharif Qoraqalpoq davlat universiteti “Arxeologiya” kafedrasi dotsenti, PhD., dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Yetakchi tashkilot: O‘zRFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning asosiy maqsadi.O‘zbekistonning qadimgi davrdan songgi o‘rta asrlargacha tog‘-kon sanoati tarixini yoritish, tog‘-kon ishlab chiqarishining ijtimoiy-iqtisodiy hayot rivojida tutgan o‘rni va ahamiyati ko‘rsatib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qadimgi va o‘rta asrlar davriga oid O‘zbekiston hududidagi qazilma boyliklar haqidagi dastlabki yozma ma’lumotlar Avesto, yunon-rim manbalarida, Ahamoniylar davri bitiklarida va qadimgi Xitoy va fors-arab manbalarida uchrashi dalillandi;
O‘zbekiston hududi nodir metallar, oltin, kumush konlari bilan qadim davrdan boshlab mashhur bo‘lgan. Bu mahsulotlarni qazib olish va foydalanish bronza davridayoq boshlanib, bu jarayon mehnat taqsimotining yanada chuqurlashuvida, ijtimoiy munosabatlarning o‘zgarishida, mehnat qurollarining takomillashuvi natijasida yangi erlarni o‘zlashtirilishida hamda qadimgi aholining iqtisodiy taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi;
O‘zbekistonning qadimgi va o‘rta asrlar tog‘-kon sanoati tarixi yozma manbalar, ilmiy adabiyotlar va arxeologik tadqiqotlar natijalaridan kompleks foydalanilgan hamda tarix, arxeologiya, geologiya fanlari qo‘lga kiritgan natijalarni o‘rganib tahlil qilish asosida ko‘rib chiqildi. Qadimgi davr va o‘rta asrlar tog‘-kon ishlab chiqarish tizimi mavzusidagi tarixiy ma’lumotlar umumlashtirilgan holda ilmiy jarayonga tatbiq qilindi;
O‘rta Osiyoning qadimgi viloyatlarida iqtisodiy va madaniy o‘sish, konchilik ishlab chiqarishi arablar istilosidan ancha oldingi davrda boshlanganligi dalillandi. IX-XII asrlarda konchilik o‘zining eng rivojlangan bosqichiga kirganligi aniqlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qadimgi davr va o‘rta asrlarda O‘zbekistonda konchilik va metallurgiya tarixini o‘rganishdan kelib chiqqan natijalari yuzasidan ishlab chiqilgan taklif va xulosalarni asos qilib:
Qadimgi va o‘rta asrlar davriga oid O‘zbekiston hududidagi qazilma boyliklar haqidagi dastlabki yozma ma’lumotlar Avesto, yunon-rim manbalarida, Ahamoniylar davri bitiklarida va qadimgi Xitoy va fors-arab manbalaridan foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2025-yil 24-yanvardagi 10/235-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston hududidagi qazilma boyliklar haqidagi yangi ma’lumotlar va ilmiy tadqiqotlar natijalaridan keng foydalanishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston hududi nodir metallar, oltin, kumush konlari bilan qadim davrdan boshlab mashhur bo‘lgan. Bu mahsulotlarni qazib olish va foydalanish bronza davridayoq boshlanib, bu jarayon mehnat taqsimotining yanada chuqurlashuvida, ijtimoiy munosabatlarning o‘zgarishida, mehnat qurollarining takomillashuvi natijasida yangi erlarni o‘zlashtirilishida hamda qadimgi aholining iqtisodiy taraqqiyoti bilan bog‘liq ma’lumotlardan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2025-yil 24-yanvardagi 10/235-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy xulosalar qadimgi aholining iqtisodiy taraqqiyotida nodir metallar, oltin, kumush konlari mahsulotlarini qazib olishdagi ijtimoiy munosabatlar o‘zgarishidagi ahamiyati bilan bog‘liq bilimlarning yanada mustahkamlanishiga xizmat qilgan;
O‘zbekistonning qadimgi va o‘rta asrlar tog‘-kon sanoati tarixi yozma manbalar, ilmiy adabiyotlar va arxeologik tadqiqotlar natijalaridan kompleks foydalanilgan hamda tarix, arxeologiya, geologiya fanlari qo‘lga kiritgan natijalarni o‘rganib tahlil qilish asosida ko‘rib chiqildi. Qadimgi davr va o‘rta asrlar tog‘-kon ishlab chiqarish tizimi mavzusidagi tarixiy ma’lumotlar umumlashtirilgan holda chiqarilgan xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK qoshidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” va “O‘zbekiston tarixi” ko‘rsatuvining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 19-fevraldagi 04-36-99-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu ilmiy natijalardan yoshlarda O‘zbekistonning qadimgi va o‘rta asrlar tog‘-kon sanoati tarixiga oid bilimlarning yanada mustahkamlanishiga xizmat qilgan;
O‘rta Osiyoning qadimgi viloyatlarida iqtisodiy va madaniy o‘sish, konchilik ishlab chiqarishi arablar istilosidan ancha oldingi davrda boshlanganligi dalillandi. IX-XII asrlarda konchilik o‘zining eng rivojlangan bosqichiga kirganligi bilan bog‘liq xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK qoshidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” va “O‘zbekiston tarixi” ko‘rsatuvining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 19-fevraldagi 04-36-99-son ma’lumotnomasi). Natijada, teletomashabinlarga O‘rta Osiyoning qadimgi viloyatlarida konchilik ishi, konchilik ishlab chiqarishi tarixi bilan bog‘liq ma’lumotlar olish imkonini bergan.