Po‘latov Xudoyberdi Uktamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
«Korxonalarda savdo faoliyati hisobini takomillashtirish», 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt2799
Ilmiy rahbar: Urazov Komil Baxramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/25.12.2024.I.18.01
Rasmiy opponentlar: Qurbonov Ziyod Niyozovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Ishanqulov Nizomjon Fayzullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi korxonalarda savdo faoliyati hisobini xalqaro standartlar va zamonaviy AKT dasturlari asosida yuritish tartiblarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra zamonaviy texnika va texnologiyalarni tadbirkorlik sub’ektlari biznes jarayonlarida qo‘llash natijasida vujudga kelgan raqamli savdo faoliyati turlarining “raqamli savdo”, “raqamli nasiya savdo”, “raqamli UzPost bo‘limlari orqali savdo”, “raqamli ombor (terminal) orqali savdo”, “raqamli birja savdosi” tushunchalarining iqtisodiy mazmuni ularning hisob yuritish uchun muhim rol o‘ynovchi tavsifiy belgilari hamda o‘ziga xos xususiyatlarini mujassamlashtirilgan holda takomillashtirilgan;
savdo korxonalari hisob siyosatiga maxsus 1520 - “Tovarlarni xarid qilish va boshqa manbalardan kirim qilish” schyotini kiritish, har bir tovarning markirovka identifikatsion kodi (MIK) bo‘yicha maxsus “Tovar tannarxi (kirim bahosi) va sotish bahosi hisob-kitobi”ni tuzish, kompyuter ma’lumotlar bazasida “Tovarlar xarid va sotish narxlari klassifikatori”ni Smart post tizimi asosida yuritish hamda doimiy yangilab borish orqali tovarlar kirimi hamda ular hisobini tannarxi va sotish baholarida yuritish taklifi asoslangan;
amaldagi 9410 - “Sotish xarajatlari” schyotini “Tovarlarni sotishga tayyorlash va sotish xarajatlari”, mos ravishda “Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot”ning “Sotish xarajatlari” nomli 050-satrini “Tovarlarni sotishga tayyorlash va sotish xarajatlari” deb nomlash hamda mazkur xarajatlarning takomillashtirilgan tarkibidan foydalanish taklifi ishlab chiqilgan;
ulgurji va chakana savdo korxonalarida tovarlar harakati hisobini “xarid - sotuvga tayyorlash - sotish” jarayonlari zanjirida uzlyuksiz tizim asosida yuritishga imkon beruvchi uch bosqichli modeli orqali hisob ishlarini jarayonlar kesimida aniq belgilash hamda savdo faoliyati jarayonlarini boshqarishda hisob axborotlarining rolini oshirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Korxonalarda savdo faoliyati hisobini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra zamonaviy texnika va texnologiyalarni tadbirkorlik sub’ektlari biznes jarayonlarida qo‘llash natijasida vujudga kelgan raqamli savdo faoliyati turlarining “raqamli savdo”, “raqamli nasiya savdo”, “raqamli UzPost bo‘limlari orqali savdo”, “raqamli ombor (terminal) orqali savdo”, “raqamli birja savdosi” tushunchalarining iqtisodiy mazmunini ularning hisob yuritish uchun muhim rol o‘ynovchi tavsifiy belgilari hamda o‘ziga xos xususiyatlarini mujassamlashtirilgan holda takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy-uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Buxgalteriya hisobi va audit” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Samarkand iqtisodiyot va servis institutining 2023 yil
10 noyabrdagi 4-sonli buyrug‘i). Natijada, talabalar va amaliyotchilarda raqamli savdo faoliyati turlarining hisob ob’ektlari sifatidagi ta’rifi, tasnifi va ularni hisob siyosatiga ta’siriga oid nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar boyishiga erishilgan;
savdo korxonalari hisob siyosatiga maxsus 1520 - “Tovarlarni xarid qilish va boshqa manbalardan kirim qilish” schyotini kiritish, har bir tovarning markirovka identifikatsion kodi (MIK) bo‘yicha maxsus “Tovar tannarxi (kirim bahosi) va sotish bahosi hisob-kitobi”ni tuzish, kompyuter ma’lumotlar bazasida “Tovarlar xarid va sotish narxlari klassifikatori”ni Smart post tizimi asosida yuritish hamda doimiy yangilab borish orqali tovarlar kirimi hamda ular hisobini tannarxi va sotish baholarida yuritish taklifi Samarqand viloyatidagi “Samarqand dori-darmon” AJ, “Muborak Dunyo Group” MChJ, “BARDAVOMIY BIZNES” MChJ, “TDN POWER 666” va “Davr Texno” MChJlar hisob siyosatiga kiritilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2025-yil 31-iyuldagi № 06-05-33-8464-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ushbu korxonalarda moliyaviy hisobotni xalqaro amaliyotdagi moliyaviy hisobot shakllariga transformatsiyalashda foydalanilib, raqamli savdo faoliyati turlari va ular natijalarini xalqaro standartlar asosida hisob va hisobotda real aks ettirish imkonini bergan;
amaldagi 9410 - “Sotish xarajatlari” schyotini “Tovarlarni sotishga tayyorlash va sotish xarajatlari”, mos ravishda “Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot”ning “Sotish xarajatlari” nomli 050-satrini “Tovarlarni sotishga tayyorlash va sotish xarajatlari” deb nomlash hamda mazkur xarajatlarning takomillashtirilgan tarkibidan foydalanish taklifi Samarqand viloyatidagi “Samarqand dori-darmon” AJ, “Muborak Dunyo Group” MChJ, “BARDAVOMIY BIZNES” MChJ, “TDN POWER 666” va “Davr Texno” MChJlar hisob siyosatiga kiritilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2025-yil 31-iyuldagi № 06-05-33-8464-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi tovarlarni sotishga tayyorlash va sotish xarajatlari to‘g‘risidagi axborotlarni tegishli schyotlardan bevosita olishga, shuningdek hisob va hisobot tizimida sotilgan va sotilmagan tovarlar qiymatini ularning markirovka identifikatsiya kodlari (MIKlari) kesimida ham xarid, ham sotish narxlarida hisobda aks ettirishga, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobotda sotishdan olingan daromadlarni, sotilgan tovarlar tannarxini, yalpi foyda, davr xarajatlari va boshqa ko‘rsatkichlarni real aks ettirishga imkon bergan;
ulgurji va chakana savdo korxonalarida tovarlar harakati hisobini “xarid - sotuvga tayyorlash - sotish” jarayonlari zanjirida uzlyuksiz tizim asosida yuritishga imkon beruvchi uch bosqichli modeli orqali hisob ishlarini jarayonlar kesimida aniq belgilash hamda savdo faoliyati jarayonlarini boshqarishda hisob axborotlarining rolini oshirish taklifi Samarqand viloyatidagi “Samarqand dori-darmon” AJ, “Muborak Dunyo Group” MChJ, “BARDAVOMIY BIZNES” MChJ, “TDN POWER 666” va “Davr Texno” MChJlar amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2025-yil 31-iyuldagi № 06-05-33-8464-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tovarlar harakati hisobini yuritishning ushbu modeli hisob ishlarini ta’minot, sotuvga tayyorlash va sotish jarayonlari kesimida aniq belgilash hamda buxgalterlar o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlash, tavsiya etilgan schyotlar tizimini qo‘llash savdo faoliyati mazmunini tashkil qiluvchi jarayonlar va ular natijalari to‘g‘risidagi axborotlarni har bir bosqich kesimida shakllantirishga hamda nazorat qilish imkonini berib, hisob va hisobot axborotlarini savdo faoliyati jarayonlarini boshqarishdagi rolini kuchayishiga olib kelgan.