Xalmuradov Elmurod Dilmuradovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon matni
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklarining transformatsiyalashuvi sharoitida zamonaviy korporativ boshqaruv mexanizmlarini joriy qilish yo‘llari”, 08.00.13 – “Menejment” bo‘yicha ixtisoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3357.
Ilmiy rahbar: Raximova Dilfuza Nigmatovna iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/13.05.2020.I.23.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Nasimov Dilmurod Abdulloevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ergashxodjaeva Shaxnoza Jasurovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi tijorat banklarining transformatsiyalashuvi sharoitida zamonaviy korporativ boshqaruv mexanizmlarini joriy qilishni takomillashtirish orqali banklarda korporativ boshqaruvning samaradorligini, banklarning xizmat ko‘rsatish darajasini va samaradorligini yanada oshirish hamda korporativ boshqaruv tizimini baholashni takomillashtirish bilan bog‘liq taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iboratdir.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
korporativ boshqaruv mexanizmlarini transformatsiya qilish va uni joriy qilishda innovatsion yondashuvlar asosida tijorat banklarida boshqaruvni transformatsiya qilish, “korporativ boshqaruv”, “korporativ boshqaruv mexanizmlari” va “korporativ boshqaruv mexanizmlarini transformatsiya qilish” tushunchalariga mualliflik ta’riflari ishlab chiqilgan;
aksiyadorlik tijorat banklarida transformatsiya jarayonlarini xarakterlovchi ko‘rsatkichlarni tahlil qilish va unga ta’sir qiluvchi omillarni ekonometrik baholash asosida korporativ boshqaruvning samaradorligini oshishi natijasida banklar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmi oshishi asoslangan;
aksiyadorlik tijorat banklari boshqaruvida raqamli korporativ boshqaruv vositalarini joriy qilish asosida korporativ boshqaruv tizimini baholash usullari tahlil qilinib, mavjud baholash tizimi ESG va tavakkalchilik ko‘rsatkichlari asosida takomillashtirilgan;
aksiyadorlik tijorat banklarida korporativ boshqaruv mexanizmlarini innovatsion yondashuv asosida raqamli modellarini qo‘llash imkoniyatlari baholandi va ularning xizmatlar ko‘rsatish hajmi ko‘rsatkichlari 2030-yilgacha prognozlashtirildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklarining transformatsiyalashuvi sharoitida zamonaviy korporativ boshqaruv mexanizmlarini joriy qilish yo‘llari bo‘yich olib borilgan ilmiy tadqiqot natijjalari asosida:
zamonaviy korporativ boshqaruv mexanizmlarini transformatsiya qilish tajribasi va uni joriy qilishda innovatsion yondashuvlar asosida “aksiyadorlik tijorat banklarida boshqaruvni transformatsiya qilish”, “korporativ boshqaruv”, “korporativ boshqaruv mexanizmlari” va “korporativ boshqaruv mexanizmlarini transformatsiya qilish” tushunchalariga mualliflik ta’riflari ishlab chiqilgan va ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasi O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, “Asakabank” va “O‘zsanoatqurilishbank” AJning tomonidan qabul qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining 2025-yil 15-maydagi 01/52-son, “Asakabank” AJning 2025-yil 3-iyundagi 19-18/560 va “O‘zsanoatqurilishbank” AJning 2025-yil 22-apreldagi 01-05/9832-sonli ma’lumotnomalari). Natijada Bank-moliya akademiyasining o‘quv jarayoni, shuningdek tijorat banklari xodimlari, ilmiy tadqiqotchilar tomonidan o‘z ish faoliyatida foydalanishga va ushbu ilmiy-nazariy qarashlar va yondashuvlar asosida o‘quv jarayoni va ta’lim kontentlari sifati yanada oshgan hamda ma’lumotlar bazasi kengaytirilgan;
aksiyadorlik tijorat banklarida transformatsiya jarayonlarini xarakterlovchi ko‘rsatkichlarni tahlil qilish va unga ta’sir qiluvchi omillarni ekonometrik baholash asosida korporativ boshqaruv samaradorligining oshishi natijasida banklar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmi o‘sishi asoslanganligi “Asakabank” AJning va “O‘zsanoatqurilishbank” ATB (“Asakabank” AJning 2025-yil 3-iyundagi 19-18/560 va “O‘zsanoatqurilishbank” AJning 2025-yil 22-apreldagi 01-05/9832-sonli ma’lumotnomalari) tizimida amaliyotga joriy etilgan. Natijada bank boshqaruvida qaror qabul qilish jarayonining ochiqligi va hisobdorligini oshirish, onlayn hisobotlar, faoliyat indikatorlari, audit natijalariga ko‘ra qabul qilingan tadbirlar ijrosini doimiy monitoring qilish hisobiga bank xizmatlari hajmining foizlarda oshishiga erishilgan;
bank boshqaruvida raqamli korporativ boshqaruv vositalarini joriy qilish asosida korporativ boshqaruv tizmini baholash usullari tahlil qilinib, mavjud baholash tizimini ESG va tavakalchilik ko‘rsatkichlari asosida takomillashtirish taklifi etilgan. “Asakabank” AJning va “O‘zsanoatqurilishbank” ATB (“Asakabank” AJning 2025-yil 3-iyundagi 19-18/560 va “O‘zsanoatqurilishbank” AJning 2025-yil 22-apreldagi 01-05/9832-sonli ma’lumotnomalari) Natijada korporativ boshqaruvning samaradorligini ifodalovchi ballarining oshirishga, umumiy xizmatlar ko‘rsatish hajmini va sof foydaning oshirishga erishilgan;
aksiyadorlik tijorat banklarida korporativ boshqaruv mexanizmlarini innovatsion yondashuv asosida raqamli modellarini qo‘llash imkoniyatlarini baholash va aksiyadorlik tijorat banklarining xizmatlar ko‘rsatishni 2030-yilga prognozlashtirilgan. Natijada bankning uzoq muddatli strategik rivojlantirish dasturlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgan.