Abdullaev Sardorbek Kadamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bolalarda bronxial astmaning allergik rinit va atopik dermatit bilan komorbidlik fenotiplarining klinik-immunologik va biokimyoviy xususiyatlari”, 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2022.2.PhD/Tib2729.
Ilmiy rahbar: Shamsiev Furkat Muxitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Aliev Axmadjon Lutfullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Nabieva Umida Pulatjanovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bolalarda bronxial astmaning allergik rinit va atopik dermatit bilan birga kechishining turli fenotiplarida klinik, immunologik, biokimyoviy va mikroelement o‘zgarishlarning xususiyatlarini o‘rganish hamda kompleks yondashuv va differensial davolash uslularini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda bronxial astmaning komorbid shaklda kechishini keltirib chiqaruvchi xavfli omillar sifatida peri- va intranatal davrlarning nojo‘ya kechishi, kasallikka nasliy moyilligi, yondosh va o‘tkazgan kasalliklar, allergik kasalliklar mavjudligi, passiv chekish, bolani sun’iy ovqatlantirish ekanligi isbotlangan;
bronxial astmaning komorbid shaklida immun tizimning holati, pro- va yallig‘lanishga qarshi sitokinlar CD3+, CD4+, CD8+ limfotsitlarining 1,65, 2,3 va 1,7 martaga kamayishi; IgE ning 2,23 martadan ko‘proq oshishi, IL-8 5,6 marta, IL-4 8,4 marta, TNF-α 3,8 marta ortdi; INFγ 2,2 marta kamayishi (R<0,001) isbotlangan;
bronxial astma va komorbid patolgiyalar bilan birga og‘rigan bolalarda rux (Zn) va selen (Se) darajalari 3 barobar past (R<0,001), mis (Cu) va temir (Fe) darajalari esa 1,6 martaga yuqori (R<0,001) ekanligi aniqlanib, korrelyasion tahlda Se (r=+0,8), Zn (r=+0,71), Cu (r=+0,73) va Fe (r=–0,91) bevosita ishtirok etuvchi immunologik ko‘rsatkichlar bilan yuqori darajada bog‘liqligi isbotlangan;
bronxial astma va komorbid patologiyalar bilan birga og‘rigan bolalarda D vitaminining darajasi 2,14 martaga past bo‘lib (R<0,001), kasallik xurujlarining soni, davomiyligi shuningdek hujayraviy va gumoral immunitet holati D vitaminining darajasi bilan to‘g‘ri korrelyasiya aniqlanib, mustaqil xavf omili ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda bronxial astmaning allergik rinit va atopik dermatit bilan komorbidlik fenotiplarining klinik-immunologik va biokimyoviy xususiyatlarini erta aniqlash hamda tashxislash va davolashni yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: bolalarda bronxial astmaning komorbid shaklda kechishini keltirib chiqaruvchi xavfli omillar sifatida peri- va intranatal davrlarning nojo‘ya kechishi, kasallikka nasliy moyilligi, yondosh va o‘tkazgan kasalliklar, allergik kasalliklar mavjudligi, passiv chekish, bolani sun’iy ovqatlantirish, ekanligi isbotlanganligi, 2024 yil 28 oktyabrdagi №89-son buyrug‘iga muvofiq Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining va 2024 yil 25 oktyabrdagi №244-son buyrug‘iga muvofiq Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining amaliyotiga joriy etilgan. (Sog‘liqni Saqlash Vazirligi ilmiy-texnik Kengashining 2025 yil 15-yanvardagi №11/41-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bolalarda bronxial astmaning komorbid shaklda kechishini keltirib chiqaruvchi xavfli omillar sifatida peri- va intranatal davrlarning nojo‘ya kechishi, kasallikka nasliy moyilligi, yondosh va o‘tkazgan kasalliklar, allergik kasalliklar mavjudligi, passiv chekish, bolani sun’iy ovqatlantirish ekanligi aniqlanib, ularni o‘z vaqtida aniqlash terapiya sifatini yaxshilash, kasallikning og‘ir kechishi va jiddiy asoratlarni rivojlanishining oldini olishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda bronxial astmaning komorbid shaklda kechishini keltirib chiqaruvchi xavfli omillarni aniqlash asosida tashxislash va davolash sxemasi ishlab chiqilgan. Ushbu sxemani joriy etishdan olingan iqtisodiy effekt 98000 so‘mni tashkil etdi, 65 nafar bemor uchun 6370000 so‘m miqdorida tejashga erishilgan. Xulosa: bolalarda bronxial astmani komorbid shaklini tashxislash va davolash uchun ishlab chiqilgan sxemasidan foydalanish 1 ta bemor hisobidan 98000 so‘m byudjet mablag‘lari va 98000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni tejashga imkon bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: bronxial astmaning komorbid shaklida immun tizimning holati, pro- va yallig‘lanishga qarshi sitokinlar CD3+, CD4+, CD8+ limfotsitlarining 1,65, 2,3 va 1,7 martaga kamayishi; IgE ning 2,23 martadan ko‘proq oshishi, IL-8 5,6 marta, IL-4 8,4 marta, TNF-α 3,8 marta ortdi; INFγ 2,2 marta kamayishi (R<0,001) isbotlanganligi 2024 yil 28 oktyabrdagi №89-son buyrug‘iga muvofiq Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining va 2024 yil 25 oktyabrdagi №244-son buyrug‘iga muvofiq Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining amaliyotiga joriy etilgan. (Sog‘liqni Saqlash Vazirligi ilmiy-texnik Kengashining 2025 yil 15-yanvardagi №11/41-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tekshirilgan bolalarda hujayrali va gumoral immunitetdagi CD3+, CD4+, CD8+ limfotsitlarining ishonchli kamayishi; IgE ning oshishi, sitokin holatida IL-8, IL-4, TNF-α; INFγ sezilarli o‘zgarishi bolalarda bronxial astmaning komorbid kechishining shakllanishida nojo‘ya prognostik mezon bo‘lib, ularni o‘z vaqtida aniqlash klinik jihatdan ijobiy natijalar beradi, davolash sifatini oshiradi va bolalarda ushbu kasalliklarni tashxislashda ma’lumot beradi. Iqtisodiy samaradorligi: immunologik tadqiqotlar natijalari asosida bolalarda bronxial astmaning komorbid shaklda kechishini tashxislash va davolash sxemasi ishlab chiqilgan. Ushbu sxemani joriy etishdan olingan iqtisodiy effekt 98000 so‘mni tashkil etdi, 65 nafar bemor uchun 6370000 so‘m miqdorida tejashga erishilgan. Xulosa: bolalarda bronxial astmani komorbid shaklini tashxislash va davolash uchun ishlab chiqilgan sxemasidan foydalanish 1 ta bemor hisobidan 98000 so‘m byudjet mablag‘lari va 98000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni tejashga imkon bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: bronxial astma va komorbid patolgiyalar bilan birga og‘rigan bolalarda rux (Zn) va selen (Se) darajalari 3 barobar past (R<0,001), mis (Cu) va temir (Fe) darajalari esa 1,6 martaga yuqori (R<0,001) ekanligi aniqlanib, korrelyasion tahlda Se (r=+0,8), Zn (r=+0,71), Cu (r=+0,73) va Fe (r=–0,91) bevosita ishtirok etuvchi immunologik ko‘rsatkichlar bilan yuqori darajada bog‘liqligi isbotlanganligi 2024 yil 28 oktyabrdagi №89-son buyrug‘iga muvofiq Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining va 2024 yil 25 oktyabrdagi №244-son buyrug‘iga muvofiq Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining amaliyotiga joriy etilgan. (Sog‘liqni Saqlash Vazirligi ilmiy-texnik Kengashining 2025 yil 15-yanvardagi №11/41-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: komorbid kechuvchi bronxial astma bilan kasallangan bolalarda rux va selen miqdorining ishonchli pasayishi, mis va temir miqdorining oshishi, korrelyasion tahlil natijalari bilan tasdiqlanib, mikroelementlarning immunologik ko‘rsatkichlariga, bronxlardagi allergik yallig‘lanish uchun mas’ul bo‘lgan omillar bilan yuqori darajada o‘zaro bog‘liqligini ko‘rsatadi, bu kasallkni shakllanishida yana bitta nojo‘ya prognostik mezon bo‘lib, ularni o‘z vaqtida aniqlash klinik jihatdan ijobiy natijalar beradi, davolash sifatini oshiradi va bolalarda ushbu kasalliklarni tashxislashda ma’lumot beradi. Iqtisodiy samaradorligi: mikroelementlar tekshirishidan olingan natijalar asosida bolalarda bronxial astmaning komorbid shaklda kechishini tashxislash va davolash sxemasi ishlab chiqilgan. Ushbu sxemani joriy etishdan olingan iqtisodiy effekt 98000 so‘mni tashkil etdi, 65 nafar bemor uchun 6370000 so‘m miqdorida tejashga erishilgan. Xulosa: bolalarda bronxial astmani komorbid shaklini tashxislash va davolash uchun ishlab chiqilgan sxemasidan foydalanish 1 ta bemor hisobidan 98000 so‘m byudjet mablag‘lari va 98000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni tejashga imkon bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bronxial astma va komorbid patologiyalar bilan birga og‘rigan bolalarda D vitaminining darajasi 2,14 martaga past bo‘lib (R<0,001), kasallik xurujlarining soni, davomiyligi shuningdek hujayraviy va gumoral immunitet holati D vitaminining darajasi bilan to‘g‘ri korrelyasiya aniqlanib, mustaqil xavf omili ekanligi isbotlanganligi, 2024 yil 28 oktyabrdagi №89-son buyrug‘iga muvofiq Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining va 2024 yil 25 oktyabrdagi №244-son buyrug‘iga muvofiq Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining amaliyotiga joriy etilgan. (Sog‘liqni Saqlash Vazirligi ilmiy-texnik Kengashining 2025 yil 15-yanvardagi №11/41-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bronxial astma va komorbid patologiyalar bilan kasallangan bolalarda D vitamini tarkibining sezilarli darajada kamayishi bolalarda kasallikni nojo‘ya kechishining prognostik mezon bo‘lib, uni o‘z vaqtida aniqlash klinik jihatdan ijobiy natijalar beradi, davolash sifatini oshiradi va bolalarda ushbu kasalliklarni tashxislashda ma’lumot beradi. Iqtisodiy samaradorligi: D vitamini tarkibini tekshirishidan olingan natijalar asosida bolalarda bronxial astmaning komorbid shaklda kechishini tashxislash va davolash sxemasi ishlab chiqilgan. Ushbu sxemani joriy etishdan olingan iqtisodiy effekt 98000 so‘mni tashkil etdi, 65 nafar bemor uchun 6370000 so‘m miqdorida tejashga erishilgan. Xulosa: bolalarda bronxial astmani komorbid shaklini tashxislash va davolash uchun ishlab chiqilgan sxemasidan foydalanish 1 ta bemor hisobidan 98000 so‘m byudjet mablag‘lari va 98000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni tejashga imkon bergan;