Norboev Sarvar Azodovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning barqaror rivojlanishini mintaqaviy xususiyatlari (Xorazm viloyati misolida)”, 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5308
Ilmiy rahbar: Tadjiev Bexzod Umidjanovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Doschanov Tangirbergen, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ibragimov Nodirjon Nusriddinovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm viloyati mintaqasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning barqaror rivojlanishini mintaqaviy xususiyatlarini tadqiq qilish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning tadqiq qilishning ko‘p bosqichli (1≤TIM≤N) kompleks yondashuvi taklif etilgan;
mintaqada kichik biznes va xususiy tadbirkorlik barqaror rivojlanishining milliy (1-daraja), mintaqaviy (2-daraja) va mahalliy (3-daraja) darajalarda baholashning moslashuvchanlik, kumulativ iqtisodiy samaradorlik, tavakkalchilikni tahlil qilish va prototiplash  yondashuvi taklif etilgan;
“Triple Helix modeli”ni shakllantirish orqali Urganch shahrida savdo va moliyaviy; Xiva shahrida turizm va xizmat ko‘rsatish; Yangibozor, Gurlan, Yangiariq, Tuproqqal’a va Qo‘shko‘pir tumanlarida qishloq xo‘jaligi va ishlab chiqarish; Shovot va Xiva tumanlarida xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish; Urganch tumanida IT va moliyaviy; Xonqa, Hazorasp va Bog‘ot tumanlarida ishlab chiqarish va IT kabi tadbirkorlik turlarini tashkil etish asoslangan;
Xorazm viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning barqaror rivojlanish ko‘rsatkichlarining 2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm viloyati mintaqasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning barqaror rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning barqaror rivojlanishini mintaqaviy xususiyatlarini tadqiq qilishning ko‘p bosqichli (1≤TIM≤N) kompleks yondashuviga asoslangan tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi bo‘yicha taklif Xorazm viloyat hokimining 2025-yil 12-apreldagi                  197-12-0-Q/25-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 24-iyundagi 06-15-09/6418-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilinishi natijasida mintaqada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning barqaror rivojlanishi yuzasidan aniq maqsadli reja va strategik dasturlarni yaratish hamda shu orqali aholini ish bilan ta’minlash sohasidagi mavjud muammolarini hal qilish imkonini bergan; 
mintaqada kichik biznes va xususiy tadbirkorlik barqaror rivojlanishining milliy (1-daraja), mintaqaviy (2-daraja) va mahalliy (3-daraja) darajalarda baholash usuli bo‘yicha taklif Xorazm viloyat hokimining 2025-yil 12-apreldagi 197-12-0-Q/25-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 24-iyundagi 06-15-09/6418-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilinishi natijasida mintaqada kichik biznes va xususiy tadbirkorlik barqaror rivojlanishi orqali iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida yangi ish o‘rni yaratish imkoniyatini 2-4 foizga oshirish imkonini bergan; 
“Triple Helix modeli”ni shakllantirish orqali Urganch shahrida savdo va moliyaviy; Xiva shahrida turizm va xizmat ko‘rsatish; Yangibozor, Gurlan, Yangiariq, Tuproqqal’a va Qo‘shko‘pir tumanlarida qishloq xo‘jaligi va ishlab chiqarish; Shovot va Xiva tumanlarida xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish; Urganch tumanida IT va moliyaviy; Xonqa, Hazorasp va Bog‘ot tumanlarida ishlab chiqarish va IT kabi tadbirkorlik turlarini tashkil etish taklifi Xorazm viloyat hokimining 2025-yil 12-apreldagi 197-12-0-Q/25-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 24-iyundagi 06-15-09/6418-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilish asosida mintaqada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning barqaror rivojlanishini ta’minlashning optimal strategiyasini ishlab chiqish va shu orqali tadbirkorlik subektlarini zamonaviy uslublar orqali iqtisodiy samaradorligini oshirish imkonini bergan; 
Xorazm viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning barqaror rivojlanish ko‘rsatkichlarining 2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari bo‘yicha taklif Xorazm viloyat hokimining 2025-yil  12-apreldagi 197-12-0-Q/25-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 24-iyundagi 06-15-09/6418-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif asosida 2030-yilga kelib, mintaqada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning barqaror rivojanishini ifodalovchi ko‘rsatkichlar ulushini 1,3 barobarga oshirish mumkinligi aniqlangan hamda kelajakda istiqbolli biznes va tadbirkorlik turlarini taraqqiy qildirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish