Axmedova Nilufar Farhodovnaning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hudud oziq-ovqat sanoatining rivojlanishini ekonometrik modellashtirish (Qashqadaryo viloyati misolida)” 08.00.06-“Ekononetrika va statistika”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt4687.
Ilmiy rahbar: Yusupova Feruza Yo‘ldoshevna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Xatamov Ochildi Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ilxamova Zarnigor Po‘latjon qizi, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo viloyatida oziq-ovqat sanoatining rivojlanish tendensiyalarini modellashtirish orqali uning kelgusidagi barqaror rivojlanishini ta’minlash yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oziq – ovqat sanoatini rivojlantirish maqsadida tarmoqni statistik tahlillari va modernizatsiyalashni mutanosiblik koeffitsienti 0≤Prob[X,Y]≤1 asosida baholash usuli taklif etilgan;
oziq – ovqat sanoati tarmoq tendensiyasini prognozlashda multiplikativ 〖Y=e〗^5,278*X_1^0,107*X_2^(-0,152)*X_3^0,609 ko‘p omilli empirik model ishlab chiqilgan;
hududda oziq – ovqat sanoati tizimida mahsulot diversifikatsiyasi samaradorligini oshirishning tarkibiy o‘zgarishlar omili yordamida ishchilar sonining 1 foizga ortishi oziq ovqat maxsulotlari umumiy hajmining 0,26 foizga, sohaga kiritilgan investisiyaning 1 foizga oshishi natijaviy belgining 0,84 foizga oshishi aniqlangan;
hudud oziq – ovqat sanoatining taraqqiyotini ifodalovchi muhim indikatorlarning o‘rta muddatli 2025-2030-yillar uchun ko‘p variantli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qashqadaryo viloyatida oziq-ovqat sanoatining rivojlanishini ekonometrik modellashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish maqsadida tarmoqni statistik tahlillari va modernizatsiyalashni mutanosiblik koeffitsienti 0≤Prob[X,Y]≤1 asosida baholash usuli Qashqadaryo viloyati hokimligi faoliyatida foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2024 yil 28-dekabrdagi 07-07/12140-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiyatdan foydalanish natijasida hududlarni modernizatsiyalash ko‘rsatkichlari shakllantirilgan;
oziq – ovqat sanoati tarmoq tendensiyasini prognozlashda multiplikativ 〖Y=e〗^5,278*X_1^0,107*X_2^(-0,152)*X_3^0,609 ko‘p omilli empirik model Qashqadaryo viloyati hokimligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligining 2024-yil 28-dekabrdagi 07-07/12140-son ma’lumotnomasi). Natijada viloyatda oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatga mo‘ljallangan istiqbolli prognozlar ishlab chiqish, hududlarda oziq-ovqat sanoatini shakllanishini, hududiy-iqtisodiy o‘sish va raqobatbardoshlik darajasiga ta’sirini ekonometrik modellar yordamida prognozlash imkoniyatini bergan;
hududda oziq-ovqat sanoati tizimida mahsulot diversifikatsiyasi samaradorligini oshirishning tarkibiy o‘zgarishlar omili yordamida ishchilar sonining 1 foizga ortishi oziq ovqat maxsulotlari umumiy hajmining 0,26 foizga, sohaga kiritilgan investisiyaning 1 foizga oshishi natijaviy belgining 0,84 foizga oshishi Qashqadaryo viloyati hokimligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligining 2024-yil 28-dekabrdagi 07-07/12140-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotda joriy qilinishi natijasida kelgusi ilmiy tadqiqot ishlarda Kobb-Duglasning ishlab chiqarish empirik modeli mutanosiblik koeffitsienti statistik ko‘rsatkichlar tizimini va ularning ekonometrik modellarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
hudud oziq – ovqat sanoatining taraqqiyotini ifodalovchi muhim indikatorlarning o‘rta muddatli 2025-2030-yillar uchun ko‘p variantli prognoz ko‘rsatkichlari Qashqadaryo viloyati hokimligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligining 2024-yil 28-dekabrdagi 07-07/12140-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida Qashqadaryo viloyatida oziq-ovqat sanoatining istiqboldagi rivojlanishini hisobga olib, hududdagi oziq-ovqat sanoatining ishlab chiqarish hajmi 2030-yilga borib 2023-yilga nisbatan 1,99 barobarga oshishi prognoz qilingan.