Saydullaev Ulug‘bek Ubaydullaevich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
 “O‘zbekiston ijtimoiy-madaniy hayotida milliy va umuminsoniy qadriyatlar transformatsiyasi (ijtimoiy-falsafiy tahlil)”  
09.00.04-Ijtimoiy falsafa
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B 2023.2.PhD/Fal968
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti PhD.03/28.08.2024.F.05.08. raqamli ilmiy kengash.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Tilavov O‘ktam G‘ulomovich falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Arzimatova Inoyatxon Madimarovna falsafa fanlari nomzodi, professor, falsafa fanlari doktori, professor Muxtorov Azamat 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat tibbiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yangilanayotgan O‘zbekiston jamiyatining ijtimoiy-madaniy hayotida milliy va umuminsoniy qadriyatlar transformatsiyasining ijtimoiy-falsafiy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlar tizimining ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan asoslashning milliy qadriyatlarni saqlab qolish va rivojlantirish, jamiyatni modernizatsiyalash sharoitidagi moslashuv kabi mexanizmlari ochib berilib, ularning mamlakat siyosiy va iqtisodiy transformatsiyalariga ta’sir ko‘rsatish xususiyatlari (demokratlashuv, innovatsion rivojlanishni rag‘batlantirish, xalqaro integratsiyalashuv jarayonlariga moslashish, milliy manfaatlarni himoya qilish) aniqlangan;
jamiyat ijtimoiy-madaniy hayotida qadriyatlar transformatsiyasining oqibatlari va ulardan kelib chiqadigan tahdidlar falsafiy jihatdan tadqiq etilib, ushbu jarayonning turli ijtimoiy qatlamlarga differensial ta’siri mexanizmlari (yoshlarning qadriyatlar tizimidagi o‘zgarishlar, katta avlod dunyoqarashidagi konservativ tendensiyalar, o‘rta avlod qadriyatlaridagi moslashuv jarayonlari) va rivojlanish bosqichlari dalillangan;
globallashuv sharoitida oila institutidagi qadriyatlar transformatsiyasining ijtimoiy-madaniy oqibatlari va ularning jamiyat hayotiga ta’sir qilish sabablari  - an’anaviy oilaviy ierarxiyaning o‘zgarishi, ayollar ijtimoiy rolidagi transformatsiya, bolalar tarbiyasidagi qadriyatiy o‘zgarishlar, oila institutining ijtimoiy funksiyalaridagi evolyusiyasi ochib berilgan;
qadriyatlar transformatsiyasining ijtimoiy tarmoqlar va raqamli texnologiyalar ta’siridagi o‘zgarishlarining ijtimoiy ahamiyati o‘rganilib, virtual makon va real hayot orasidagi qadriyatiy aloqalarning dialektik munosabatlari (raqamli madaniyatning an’anaviy qadriyatlar bilan sintezi, virtual va real hayot orasidagi qadriyatiy ziddiyatlar, kiber-makonning ijtimoiy ongga ta’sir mexanizmlari) asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlar tizimining o‘rni va ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan asoslash mexanizmlariga oid dissertasiya yangiliklaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil uchun chora tadbirlar dasturining II yo‘nalishida belgilangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi yig‘ilishi, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, keng ko‘lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va  “O‘zbekiston 2030”  strategiya davlat  dasturining targ‘ibotiga  doir  chora-tadbirlar”  15-bandi,  Respublika  Ma’naviyat  va  ma’rifat kengashi yig‘ilishi, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, keng ko‘lamli islohotlarning mohiyati, qabul  qilingan qonun hujjatlari  va  “O‘zbekiston-2030” strategiya davlat dasturining ahamiyatini keng jamoatchilikka etkazish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil 23-yanvardagi 10/48-sonli Dalolatnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar O‘zbekiston ijtimoiy-madaniy  hayotida  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlar  transformatsiyasini asoslashga xizmat qilgan.
Jamiyat ijtimoiy-madaniy hayotida qadriyatlar transformatsiyasining oqibatlari va ulardan kelib chiqadigan tahdidlar falsafiy jihatdan tadqiq etilib, uning rivojlanish bosqichlariga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi faoliyatida foydalanilgan (“Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2025-yil 23-fevraldagi 02-02-16-sonli Ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiya ishida keltirilgan taklif va tavsiyalardan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi faoliyati tizimidagi xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishda hamda mafkuraviy targ‘ibot ishlarida foydalanilgan.  
Yoshlar qadriyatlari transformatsiyasining ijtimoiy-madaniy jarayonlarga ta’siri, zamonaviy axborot texnologiyalari sharoitida yoshlar dunyoqarashining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar va ularning ijtimoiy-madaniy hayotdagi o‘rni bo‘yicha ilmiy xulosa va takliflardan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus” doirasidagi tadbirlarni tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining 2025-yil 30-yanvardagi 3-16-21-469-sonli Dalolatnomasi). Natijada dissertatsiyada keltirilgan amaliy taklif va tavsiyalar mamlakatimiz yoshlari  ongida  mustaqillik  yillaridagi  o‘zgarishlar  va  yangilanishlar  jarayonida qadriyatlar transformatsiyasining o‘ziga xos xususiyatlari shakllanishiga xizmat qilgan. 
Globallashuv sharoitida oila institutidagi qadriyatlar transformatsiyasining ijtimoiy-madaniy oqibatlari va ularning jamiyat hayotiga ta’sir qilish sabablariga oid ilmiy yangiliklaridan mahalla tizimida qadriyatlar transformatsiyasining milliy va umuminsoniy qadriyatlarning transformatsiyasi haqida chuqur bilim berish, yangi nazariy yondashuvlarni  ishlab chiqish va amaliy tavsiyalar berish imkonini yaratadi (O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi huzuridagi mahalla Akademiyasining 2025-yil 18-fevraldagi 01-03/04-sonli Dalolatnomasi). Dissertatsiya natijasida olingan amaliy taklif va tavsiyalar O‘zbekiston yoshlarining qadriyatli yo‘nalishlarini aniqlash, ularning ijtimoiy-madaniy va siyosiy faolligini oshirishga ko‘maklashadi. Bu esa yoshlarning ijtimoiy integratsiyasini ta’minlashga  xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish