Nosirova Charos G‘ayratovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “To‘qimachilik mahsulotlari bozorida yashil marketingdan foydalanishni takomillashtirish”, 08.00.11-“Marketing”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2024.3.PhD/Iqt4545.
Ilmiy rahbari: Nazarova Rano Rustamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Eshtaev Alisher Abduganievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Mamurov Samad Igamnazarovich, iqtisodiyot fanlari bo‘ycha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari bozorida yashil marketingdan foydalanishni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “Yashil marketing” tushunchasi biznes faoliyatini barqarorlik, resurslardan oqilona foydalanish va tabiatga salbiy ta’sirni kamaytirish maqsadida atrof-muhitga nisbatan javobgarlik asosida yuritishga qaratilgan ekologik toza mahsulotlar yaratish, ularni ilgari surish va sotishda ekologik barqarorlik tamoyillariga tayangan holda mahsulot yoki xizmatlar marketingi jarayonida ekologik muammolarni hal qilishga yo‘naltirilgan faoliyatlar, usullar, tartiblar va harakatlar majmui sifatida takomillashtirilgan;
korxonaning yashil marketing strategiyalari hisoblangan eko-brending (X₁=14.495), eko-reklama (X₂=11.388), eko-sertifikatlashning (X₃=1.503) yuqori ijobiy va eko-mahsulotlar soni ortishining (X₄=-0.427) past salbiy ta’sirlarini inobatga olgan holda eksport salohiyatini oshirishning strategik imkoniyatlari aniqlangan;
mahalliy to‘qimachilik korxonalari uchun barqaror ishlab chiqarish amaliyotlariga qaratilgan “Cho‘lga mos paxta” ekologik tashabbusi, “Ildizlardan matoga” interaktiv ma’lumotlar bazasi, “to‘qimachilik mahsulotlari yashil pasporti” dasturlari yordamida mahalliy va global bozorlarda korxonalar raqobatbardoshligini ta’minlash usullari asoslangan;
milliy to‘qimachilik sanoatida yashil to‘qimachilik mahsulotlar eksportini “uzecotextile” milliy ekosertifikasiya tizimi, ekologik sanoat zonalarini yaratish, “yashil brend” va “eko-madaniy turizm” tashabbuskor strategik yo‘nalishlar asosida oshirish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. To‘qimachilik mahsulotlari bozorida yashil marketingdan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “Yashil marketing” tushunchasi biznes faoliyatini barqarorlik, resurslardan oqilona foydalanish va tabiatga salbiy ta’sirni kamaytirish maqsadida atrof-muhitga nisbatan javobgarlik asosida yuritishga qaratilgan ekologik toza mahsulotlar yaratish, ularni ilgari surish va sotishda ekologik barqarorlik tamoyillariga tayangan holda mahsulot yoki xizmatlar marketingi jarayonida ekologik muammolarni hal qilishga yo‘naltirilgan faoliyatlar, usullar, tartiblar va harakatlar majmui sifatida takomillashtirish taklifi Oʻztoʻqimachiliksanoat uyushmasi tomonidan qabul qilingan (Oʻztoʻqimachiliksanoat uyushmasining 2025-yil 31-yanvardagi 04/17-220-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni joriy etish natijasida jahon va mahalliy tekstil bozorlarida raqobatbardoshlikni va sotuv ko‘rsatkichlarini oshirish, energiya tejamkor texnologiyalar va xavfsiz xomashyoni joriy etish orqali atrof-muhitga etkaziladigan zararni kamaytirish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni yaxshilash hamda sanoatning uzoq muddatli barqaror rivojlanishiga zamin yaratadi;
Korxonaning yashil marketing strategiyalari xisoblangan eko-brending (X₁= 14.495), eko-reklama (X₂= 11.388), eko-sertifikatlashning (X₃=1.503) yuqori ijobiy va eko-mahsulotlar soni ortishining (X₄=-0.427) past salbiy ta’sirlarini inobatga olgan holda eksport salohiyatini oshirishning strategik yo‘nalishlari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi hamda “Hamza Expo Art Textile” MChJlar faoliyatida foydalanilgan (Oʻztoʻqimachiliksanoat uyushmasining 2025-yil 31-yanvardagi 04/17-220-sonli ma’lumotnomasi, “Hamza Expo Art Textile” mas’uliyati cheklangan jamiyatining 2025 yil 21 yanvardagi №47-sonli ma’lumotnomasi). Natijada korxonalar tomonidan ekobrending va ekoreklama tashabbuslari joriy qilinganidan boshlab bir chorak davomida ichki bozordagi savdo ulushi 4% ga, tashqi bozorlarga eksport ko‘rsatkichi esa 3 foizga o‘sishi kuzatilgan;
yashil marketingni rag‘batlantiruvchi mahalliy to‘qimachilik korxonalari uchun barqaror ishlab chiqarish amaliyotlari hisoblangan “Cho‘lga mos paxta” ekologik tashabbusi, “Cho‘lga mos paxta” konsepsiyasi, “Ildizlardan matoga” interaktiv ma’lumotlar bazasi, “to‘qimachilik mahsulotlari yashil pasporti” dasturlari asosida mahalliy va global bozorlarda korxonalar raqobatbardoshligini ta’minlash bo‘yicha takliflar “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi hamda “Hamza Expo Art Textile” MChJlar faoliyatida foydalanilgan. (Oʻztoʻqimachiliksanoat uyushmasining 2025-yil 31-yanvardagi 04/17-220-sonli ma’lumotnomasi, “Hamza Expo Art Textile” mas’uliyati cheklangan jamiyatining 2025 yil 21 yanvardagi №47-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni joriy etish natijasida jahon va mahalliy tekstil bozorlarida raqobatbardoshlikni va sotuv ko‘rsatkichlarini oshirish, energiya tejamkor texnologiyalar va xavfsiz xomashyoni joriy etish orqali atrof-muhitga etkaziladigan zararni kamaytirish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni yaxshilash hamda sanoatning uzoq muddatli barqaror rivojlanishiga zamin yaratish imkonini bergan;
milliy to‘qimachilik sanoatida yashil to‘qimachilik mahsulotlar eksportini “uzecotextile” milliy ekosertifikasiya tizimi, ekologik sanoat zonalarini yaratish, “yashil brend” va “eko-madaniy turizm” tashabbuskor strategik yo‘nalishlar asosida oshirish bo‘yicha takliflar “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi hamda “Hamza Expo Art Textile” MChJlar faoliyatida foydalanilgan. (Oʻztoʻqimachiliksanoat uyushmasining 2025-yil 31-yanvardagi 04/17-220-sonli ma’lumotnomasi, “Hamza Expo Art Textile” mas’uliyati cheklangan jamiyatining 2025 yil 21 yanvardagi №47-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish hamda xomashyo va energiya xarajatlarini kamaytirishga erishilib, eksport qilinadigan mahsulotlarning marjasini 12 foizga oshirdi. Bundan tashqari, yashil marketing strategiyasini joriy etish xorijiy hamkorlarning qiziqishini oshirib, Germaniya, Vengriya va Rossiya Federatsiyasi kabi yangi bozorlarni ochilishiga va eksport geografiyasining kengayishiga olib kelgan. Shuningdek, “Hamza Expo Art Textile” MChJning mahalliy va xalqaro bozorlarda o‘z mahsulotlariga bo‘lgan talabni 2023-yilga nisbatan 2024 yilda Evropa (Polsha) va Osiyo (Xitoy) kompaniyalari tomonidan yillik talabning 22% ga o‘sishi ta’minlangan..

Yangiliklarga obuna bo‘lish