Matmuratova Nigora Ruzmatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa iqtisodiyotini barqarorlashtirishda baliqchilik sanoatini o‘rni (Xorazm viloyati misolida)”, 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5186.
Ilmiy rahbar: Ollanazarov Bekmurod Davlatmuratovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Muxitdinov Xudayar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Madraximov Qaxramon Egamberganovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm viloyati iqtisodiyotini barqarorlashtirishda baliqchilik sanoatining o‘rnini asoslash yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa iqtisodiyotini barqarorlashtirishda baliqchilik sanoatini rivojlantirishga
qaratilgan “branding” va “storytelling” innovatsion yondashuvlari taklif etilgan; 
viloyat hududlarida baliqchilik sanoatining yuqori (86-100 %), o‘rta (70-85 %) va quyi (55-69 %) darajalarda baholash tizimi takomillashtirilgan; 
mintaqada baliqchilik sanoatida klasterlar faoliyatini samarali tashkil etishning ixtisoslashuv va mujassamlashuv tamoyillaridan samarali foydalanishni takomillashtirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi taklif etilgan;
mintaqada baliqchilik xo‘jaliklari faoliyatida baliq mahsulotlarini sotishning 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqa iqtisodiyotini barqarorlashtirishda baliqchilik sanoatining o‘rnini tadqiq qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:  
mintaqa iqtisodiyotini barqarorlashtirishda baliqchilik sanoatini rivojlantirishga qaratilgan “branding” va “storytelling” innovatsion yondashuvlari bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimining 2023-yil 23-avgustdagi PQ-281-son qarorning ijrosi haqidagi 269-12-0-Q/23-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 13-iyundagi 06-15-09/5936-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilinishi mintaqa baliqchilik xo‘jaliklarini diversifikatsiyalashga imkon berib, shu asosida baliqchilik suv havzalaridan oqilona foydalanish imkoni yaratilgan;
viloyat hududlarida baliqchilik sanoatining yuqori (86-100 %), o‘rta (70-85 %) va quyi (55-69 %) darajalarda baholash uslubiyotini takomillashtirish bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimining PQ-281-son qarorning ijrosi haqidagi 269-12-0-Q/23-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 13-iyundagi 06-15-09/5936-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilinishi viloyat baliqchilik hududlarini optimal baholash imkonini bergan;
viloyat baliqchilik sanoatida klasterlar faoliyatini samarali tashkil etishning ixtisoslashuv va mujassamlashuv tamoyillaridan foydalanish imkoniyatlari taklifi Xorazm viloyati hokimining 2023-yil 23-avgustdagi PQ-281-son qarorning ijrosi haqidagi 269-12-0-Q/23-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 13-iyundagi 06-15-09/5936-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilish viloyat baliqchilik xo‘jaliklari faoliyatida baliqchilik klasterlarini tashkil etish orqali raqobatbardoshlikni oshirish darajasini o‘rtacha 2-5 foizga oshirish imkonini bergan;
mintaqada baliqchilik xo‘jaliklari faoliyatida baliq mahsulotlarini sotishning 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari taklifi Xorazm viloyati hokimining 2023-yil 23-avgustdagi PQ-281-son qarorning ijrosi haqidagi 269-12-0-Q/23-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 13-iyundagi 06-15-09/5936-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif asosida mintaqada baliqchilik xo‘jaliklari mahsulotlarining sotish ko‘rsatkichlarini 2030-yilgacha 1,3 barobarga oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish