Azimova Dildora Maxmudjonovnaning
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz va o‘zbek tillaridagi buxgalteriya hisobi va audit sohasiga oid terminlarining leksik - semantik tadqiqi ” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3452
Ilmiy rahbar: Xoshimova Dildora Madaminovna, filologiya fanlar doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.76.05.
Rasmiy opponentlar: Andijon davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori, professor Mahammadjon Abduvaliev Arabovich. O‘zbekiston jahon tillari universitetini filologiya fanlari doktori, professor Oybek Axmedov Saporboevich. Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi buxgalteriya hisobi va audit sohasiga oid terminlarning leksik-semantik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
buxgalteriya hisobi va audit sohasiga oid terminlarning tarixiy tadriji, shakllanish bosqichlari, diaxronik va sinxronik jihatlarining tadqiqi soha doirasidagi terminlarning lingvistik xususiyatlari ochib berilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi buxgalteriya hisobi va audit sohasiga oid terminlarning struktur-semantik jihatlari, soha terminlarning leksik-semantik va vazifaviy hamda terminlarning dinamik xarakterida namoyon bo‘lishi isbotlangan;
ingliz va o‘zbek tillarida buxgalteriya hisobi va audit sohasiga oid terminlarning ichki hamda tashqi omillar hisobiga boyish yo‘llari dalillangan, derivatsion tomonlari aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi buxgalteriya hisobi va audit sohasi terminlarini ensiklopedik va izohli lug‘atlarda ifodalanishi, leksikografik tamoyillar asosida tahlil etilgan, hamda terminlarning miqdoriy statistikasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi buxgalteriya hisobi va audit sohasiga oid terminlarning leksik-semantik tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
dissertatsiyadagi ingliz va o‘zbek tillaridagi buxgalteriya hisobi va audit sohasiga oid terminlarning tarixiy tadriji, shakllanish bosqichlari va bugungi holati tadqiq qilingan, soha doirasidagi terminlarning lingvistik xususiyatlarini ochib berilgan taklif-tavsiyalar, xulosalar va ilmiy yangiliklaridan 2022–2023-yillarga mo‘ljallangan Namangan muhandislik-texnologiya instituti “EMI (English as a Medium of Instruction)” xalqaro loyiha doirasida foydalanilgan. (Namangan muhandislik texnologiya instituti 2024-yil 13 dekabr № 3227 – 024 sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha dissertatsiya doirasida to‘plangan zaruriy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
Ingliz va o‘zbek tillarida buxgalteriya hisobi va audit sohasiga oid terminlarning leksik-semantik xususiyatlari, struktur-semantik va vazifaviy chog‘ishtirib ko‘satib berilgan, ichki va tashqi omillar hisobiga boyish yo‘llari isbotlangan, derivatsion tomonlarini aniqlashga doir ilmiy xulosa va natijalardan Namangan davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti professori, f.f.d(DSc) Botir Jafarov rahbarligida 2020-2022 yillarda bajarilgan FZ 201908151 “Kodeks kumanikus” qo‘lyozmasining elektron ilmiy izohli matni va izohli lug‘atini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihani bajarishda foydalanildi. (O‘zR Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Namangan davlat universiteti 2025 yil 19-martdagi 110-2/25 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, buxgalteriya hisobi va audit sohasiga oid terminlarning tarixiy tadriji, shakllanish bosqichlari va bugungi holati, ingliz va o‘zbek tillarida buxgalteriya hisobi va audit sohasiga oid terminlarning ichki va tashqi omillar hisobiga boyish yo‘llari isbotlangan, derivatsion tomonlari aniqlangan, hamda ingliz va o‘zbek tillaridagi buxgalteriya hisobi va audit sohasi terminlarini tahlili ensiklopedik va izoxli lug‘atlarda berilishi leksikografik jihatdan tahlil etilgan, hamda terminlarning miqdoriy jihati statistik tahlilini ko‘rsatib berishga doir ilmiy xulosa va natijalardan dissertatsiyion tadqiqot jarayonida olingan ilmiy ma’lumotlar bilan boyitishga xizmat qilgan;
Shu bilan birga, ingliz va o‘zbek tillaridagi buxgalteriya hisobi va audit sohasi terminlarini tahlili ensiklopedik va izohli lug‘atlarda berilishi leksikografik jihatdan tahlil etilgan, hamda terminlarning miqdoriy jihati statistik tahlilini ko‘rsatib tahlilga doir materiallar va ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zMTRK O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” DM “Madaniy-ma'rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon” dasturlar senariysini tayyorlashda (2023-2024- yillar davomida) foydalanildi. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi 2024-yil 20 dekabr 0436-1318 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz va oʻzbek tillarida buxgalteriya hisobi va audit sohasiga oid terminlarni ensiklopedik va izohli lug‘atlarda berilishi va statistik tahlili to‘g‘risidagi ma’lumotlar teleko‘rsatuv va radiodasturlarni qiziqarli va ommabop bo‘lishiga xizmat qilgan.