Akramova Nigora Turdiqulovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): "Podagra bilan kasallangan bemorlarda gemostaz tizimidagi o‘zgarishlarning klinik, biokimyoviy va molekulyar-genetik xususiyatlari", 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2023.3.PhD/Tib3743. 
Ilmiy rahbar: Nabieva Dildora Abdumalikovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:
Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Babadjanova Shaira Agzamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aliaxunova Mavjuda Yusupaxunovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi podagraning turli klinik shakllari bilan og‘rigan bemorlarda gemostaz tizimidagi klinik, biokimyoviy o‘zgarishlar hamda molekulyar-genetik polimorfizmlar  xususiyatlarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
podagra bilan kasallangan bemorlarda gemostaz tizimidagi o‘zgarishlar (trombin vaqti, fibrinogen, geparinga tolerantlik, QFTV) kasallikning klinik shakli, artrit xarakteri va yurak-qon tomir kasalliklari bilan bog‘liqligi, uning surunkali va tofusli shakllarda giperkoagulyasiya holati yaqqolroq namoyon bo‘lgani aniqlangan;
podagra kasalligida R-selektin biomarkeri darajasining nazorat guruhiga nisbatan ahamiyatli darajada yuqori ekanligi, hamda uning gemostaz tizimi va yurak-qon tomir tizimi o‘zgarishlari bilan uzviy bog‘liqligi aniqlangan; 
podagra bilan kasallangan bemorlarda qon ivish kaskadining II (protrombin)  va V (proakselerin) omillari oqsillarini kodlovchi F2 G20210A va F5 G1691A genlarining polimorfik variantlari umumiy populyasiyaga nisbatan statistik  yuqori darajada uchrashi asoslangan;
podagra bilan kasallangan bemorlarda MTHFR C677T va PAI-1 675 4G/5G genlarining polimorfik variantlari nazorat guruhiga nisbatan ahamiyatli darajada yuqori ekanligi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Podagra bilan kasallangan bemorlarda gemostaz tizimidagi o‘zgarishlarning klinik, biokimyoviy va molekulyar-genetik xususiyatlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar  asosida: 
birinchi ilmiy yangilik: podagra bilan kasallangan bemorlarda gemostaz tizimidagi o‘zgarishlar (trombin vaqti, fibrinogen, geparinga tolerantlik, QFTV) kasallikning klinik shakli, artrit xarakteri va yurak-qon tomir kasalliklari bilan bog‘liqligi, uning surunkali va tofusli shakllarda giperkoagulyasiya holati yaqqolroq namoyon bo‘lgani aniqlanganligi Olmazor tuman tibbiyot birlashmasining 26.03.2025 yildagi 116-sonli buyruq, Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi 01.04.2025 yildagi 50-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi  Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 22 maydagi №18-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Podagra kasalligida gemostaz tizimi o‘zgarishlari giperkoagulyasiya va endoteliy disfunksiyasi bilan xarakterlanishi va uning darajasi kasallikning klinik shakli, og‘irlik darajasi, davomiyligi va yondosh kasalliklar bilan uzviy  bog‘liqligini aniqlash erta tashxislashni takomillashtirish va bemorlar hayotiyligini saqlashga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi bemorlarni kasalxonada davolanish kunini kamaytirish va tashxisiy qidiruvlarga sarflangan o‘rtacha vaqtni tejash imkonini beradi. Xulosa: podagra bilan kasallangan bemorlarda gemostaz tizimidagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida tashxislash sog‘liqni saqlash, mehnat qobiliyati va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalarini uzoq muddat davomida saqlab qolish va hayot sifatini yaxshilash, nogironlik va o‘lim xavfini kamaytirish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: podagra kasalligida R-selektin biomarkeri darajasining nazorat guruhiga nisbatan ahamiyatli darajada yuqori ekanligi, hamda uning gemostaz tizimi va yurak-qon tomir tizimi o‘zgarishlari bilan uzviy bog‘liqligi aniqlanganligi Olmazor tuman tibbiyot birlashmasining 26.03.2025 yildagi 116-sonli buyruq, Samarqand Davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi 01.04.2025 yildagi 50-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi  Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 22 maydagi №18-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: podagra bilan kasallangan bemorlarda mazkur ilmiy yangilikning tadbiq etilishi tashxisot sifatini oshirishga, kasallikning rivojlanish xavfini va og‘irligini bashorat qilishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi tibbiy yordam narxi va tibbiyot xodimlarining ish vaqtini qisqartirish imkonini beradi. Bu o‘zgarishlar hisob-kitoblar asosida sog‘liqni saqlash tizimida 1,18 mlrd so‘mgacha mablag‘ tejalishiga olib keldi. Xulosa: podagra bilan kasallangan bemorlarda endoteliy disfunksiyasi va trombotsitlar faollashuvi markeri bo‘lgan p-selektin miqdorining oshishini erta aniqlash, podagraning yuqori faolligi sharoitida gemostaz tizimida keyingi patologik jarayonlarning rivojlanishini klinik va laboratoriya usullari yordamida bashorat qilish hamda tashxislash va davolashni o‘z vaqtida boshlashga, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldini olishni takomillashtirishga, shuningdek, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga va davolash chora-tadbirlarining samaradorligini oshirishga imkon yaratadi
uchinchi ilmiy yangilik: podagra bilan kasallangan bemorlarda qon ivish kaskadining II (protrombin)  va V (proakselerin) omillari oqsillarini kodlovchi F2 G20210A va F5 G1691A genlarining polimorfik variantlari umumiy populyasiyaga nisbatan statistik  yuqori darajada uchrashi asoslanganligi Olmazor tuman tibbiyot birlashmasining 26.03.2025 yildagi 117-sonli buyruq, Samarqand Davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi 01.04.2025 yildagi 50-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi  Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 22 maydagi №18-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: podagra bilan kasallangan bemorlarda mazkur ilmiy yangilikning tadbiq etilishi tashxisot usullarini takomillashtirish va bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi tashxislashga va davolashga ketadigan vaqt va mablag‘ni tejash imkonini beradi. Xulosa: podagra bilan kasallangan bemorlarda gemostaz tizimiga ta’sir qiluvchi genlarning geterozigota yoki gomozigota holatidagi polimorfizmlarni aniqlash keyingi tromboembolik asoratlar rivojlanishi xavfini oldini olishni takomillashtirishga, shuningdek, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga va davolash chora-tadbirlarining samaradorligini oshirishga imkon yaratadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: podagra bilan kasallangan bemorlarda MTHFR C677T va PAI-1 675 4G/5G genlarining polimorfik variantlari nazorat guruhiga nisbatan ahamiyatli darajada yuqori ekanligi aniqlanganligi Olmazor tuman tibbiyot birlashmasining 26.03.2025 yildagi 117-sonli buyruq, Samarqand Davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi 01.04.2025 yildagi 50-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi  Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 22 maydagi №18-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: podagra bilan kasallangan bemorlarda mazkur ilmiy yangilikning tadbiq etilishi tashxisot usullarini takomillashtirish va bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi tashxislashga va davolashga ketadigan vaqt va mablag‘ni tejash imkonini beradi. Xulosa: podagra bilan kasallangan bemorlarda gemostaz tizimiga ta’sir qiluvchi genlarning geterozigota yoki gomozigota holatidagi polimorfizmlarni aniqlash keyingi tromboembolik asoratlar rivojlanishi xavfini oldini olishni takomillashtirishga, shuningdek, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga va davolash chora-tadbirlarining samaradorligini oshirishga imkon yaratadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish