Satbaev Atag‘ulla Baxitjan og‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “S.Ibragimov lirikasida lirik subekt va lirik obektning ifodalanish xususiyatlari”, 10.00.07 – Adabiyot nazariyasi, 10.00.12 ‒ Qoraqalpoq adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fil2361.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Orazimbetov Quanishbay Kelimbetovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Karimov Bahodir Nurmetovich, filologiya fanlari doktori, professor; Matimov Koshkarbay Genjebaevich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy qoraqalpoq adabiyotida lirik                  subekt va lirik obektni ifodalash hamda poetik obraz yaratishning o‘ziga xos xususiyatlarini shoir Sag‘inbay Ibragimov lirikasi misolida o‘rganishdan                   iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:    
lirik subekt va lirik obekt o‘zaro dialektik aloqadorlikka ega bo‘lgan, lirikada bir-birini to‘ldiruvchi va muallifning ruhiy-psixologik holatini aks ettiruvchi adabiy-estetik kategoriyalar ekanligi misollar yordamida ochib berilgan;
S.Ibragimov ijodida lirik subektning subektiv fikrlar orqali muallif obrazi bilan birlashgan holda ramziy ma’nolar, til osti usullari, mikrosyujetlar yordamida berilishi, shoirning ijodiy laboratoriyasida tekstologik qayta ishlashlar asosida lirik qahramonning bir she’rda bir necha yo‘nalishda o‘zgarishi, tasavvuf ta’siridagi yoki meditativ tabiatdagi, modernizm va postmodernizm oqimidagi she’rlarda lirik qahramonning ifodalanishi bo‘yicha ilmiy xulosalar berilgan;
shoirning poetik obraz yaratish mahorati, lirik obekt va obrazli atributlarning, ayniqsa, folklor, diniy-mifologik va ornitonimik obrazlarning lirik subektning ruhiy-psixologik holatini ta’sirli ifodalashi, she’r g‘oyasini kuchaytirishi, fikr oqimini kengaytirishi va o‘quvchini badiiy matn bilan yaqinlashtirishi kabi badiiy-estetik funksiyalarni bajarishi aniqlangan;
S.Ibragimov she’riyatida uslubiy xususiyatlarga ko‘ra tez-tez qo‘llanilgan va matnga ekspressiv-emotsional, poetik va stilistik ma’no beruvchi tinish belgilari to‘plami bo‘lgan mualliflik punktuatsiyasining, ayniqsa, chiziqcha, qavs, so‘roq va undov belgilarining uslubiy-badiiy maqsadda mohirona foydalanilganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. S.Ibragimov she’riyatidagi lirik subekt va lirik obektning ifodalanishi masalasini o‘rganish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
Lirik subekt va lirik obekt munosabatining o‘ziga xosliklari, lirik qahramon va poetik obrazlar yaratishning psixologik asoslari yoritilgan ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti tomonidan                                 2017–2020-yillarda bajarilgan FA-F-1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2024-yil            23-oktyabrdagi 492/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, hozirgi qoraqalpoq she’riyatida lirik subekt va lirik obektning ifodalanishi borasidagi ilmiy-nazariy tahlillar takomillashtirilgan;
Qoraqalpoq she’riyatida lirik subekt va lirik obektning yaratilishida muallifning badiiy izlanishlari, lirik subektning ruhiy-psixologik                            holatini tasvirlashdagi o‘ziga xos xususiyatlari, S.Ibragimov she’riyatida                            poetik obrazlarning yaratilishi va tasniflanishi kabi masalalar bo‘yicha                       erishilgan ilmiy natijalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasining yosh ijodkorlarga mo‘ljallangan seminarlarda va mahorat darslarida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasining 2024-yil 27-noyabrdagi 108-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yosh ijodkorlarning asarlarida lirik subekt va lirik obektning aks etishi, lirik qahramon va poetik obrazlarning yaratilishi bo‘yicha ijodiy mahoratining oshishiga asos bo‘lgan;
Hozirgi qoraqalpoq lirikasida lirik subekt va lirik obektning o‘zaro munosabati, S.Ibragimov ijodida obektiv obrazlar va ularning tasnifi, shakliy                      va janriy izlanishlari, individual uslubiga oid xulosalar Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining “Bilimlendiriwde reforma”, “Jańa kún” va                        “Ruwxıylıq bostanı” radio eshittirishlari orqali xalqqa etkazilgan (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2025-yil 4-martdagi 05-22/144-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, keng jamoatchilikning lirik subekt va lirik                       obekt, S.Ibragimov lirikasidagi obektiv obrazlar va ularning tasnifi                      bo‘yicha tushunchalari shakllangan, eshittirishlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan holda yangi manba va ma’lumotlar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish