Kudaybergenova Gulparshın Polatbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Qoraqalpoq tilida badiiy takror (K.Raxmanov she’riyati misolida”, 10.00.03 – Qoraqalpoq tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B 2024.3.PhD/Fil3388.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Seytnazarova Injayım Erjanovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Najimov Perdebay Aymanovich, filologiya fanlari doktori (DSc) professor; Kazımbetova Ziywar Maxsetbaevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot nomi: Aliysher Navoyi nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi K.Raxmanov she’riyatidagi badiiy takror turlarini aniqlash, o‘rganish va badiiy takrorning estetik ta’sirchanligini lingvopoetik jihatdan tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:    
badiiy takrorning tilshunoslikda o‘rganilishi va uning nazariy-metodologik asoslari umumlashtirilib, qoraqalpoq tilida bu hodisaning ilmiy o‘rganilganlik darajasi tahlil qilingan, tilshunoslikka oid mavjud nazariy qarashlar milliy poeziya materiali asosida sinovdan o‘tkazilgan;
K.Raxmanov she’riyatida fonetik tabiatga ega badiiy takrorlar – alliteratsiya va assonanslarning matn tovush tizimini tashkil etishdagi o‘rni, ularning turli sintagmatik pozisiyalarda takrorlanishi orqali qo‘shimcha emotsional va ekspressiv semantik yuklama hosil qilishi asoslangan;
leksik takror va uning turlari orqali poetik ifoda yanada kuchaytirilgani, obrazli tasvilarr kengaytirilgani isbotlangan; 
shoir ijodida badiiy takrorlarning grammatik turlari – so‘zlar, so‘z birikmalari, so‘z turkumlari, morfologik shakllar hamda sintaktik konstruksiyalarning badiiy ifoda maqsadida qayta ishlatilish holatlari aniqlanib, ularning matnning badiiy-estetik qiymatini oshirishdagi funksional roli misollar bilan dalillangan. 
K.Raxmanov asarlarida stilistik figuralar – anafora, epifora, inversiya, simplok va boshqa sintaktik takrorlarning funksional-xususiyatli ko‘rinishlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot bo‘yicha olingan natijalar asosida:
badiiy takrorlarning leksik va grammatik turlarining badiiy ifoda maqsadida she’riy matnlarda ishlatilishi, ularning matn badiiy-estetik qiymatini oshirishdagi funksional roli to‘g‘risidagi nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017–2020-yillarda bajarilgan FA-F-1-005 «Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish» mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani amalga oshirishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 19-maydagi № 293/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy loyiha mazmuni yangi materiallar bilan boyitildi.
badiiy takrorning tilshunoslikda o‘rganilganlik darajasi, bu til hodisasining o‘ziga xos lisoniy xusyasiyatlari to‘g‘risidagi nazariy-amaliy qarashlar  va xulosalar Qoraqalpog‘iston telekanalining "Til boyligi – el boyligi" ko‘rsatuvida va Qoraqalpog‘iston radiokanalining "Tilga e’tibor – elga e’tibor" eshittirishlarini tayyorlashda foydalanildi. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining 2024-yil 25-sentyabrdagi 05-22/423-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu ko‘rsatuv va eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni takomillashtirilgan, ilmiy dalillar bilan ta’minlangan.
K.Raxmanov she’riyatida badiiy takrorlarning matn tovush tizimini tashkil etishdagi o‘rni, takrorlarning matndagi funksional xususiyatlari haqidagi ilimiy xulosalardan Berdaq nomidagi qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyida ilmiy-amaliy loyihalarni bajarishda, arxiv materiallarini to‘plashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi Berdaq nomidagi qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyining 2025-yil 13-yanvardagi 01-02/03-13-son ma’lumotnomasi). Natiyjada adabiyot namoyandalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan adabiy tadbirlar hamda ekspozisiyalar yangi manbalar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish