Ismanova Odinaxon Tulkinbaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’limda fizika yo‘nalishi talabalarini loyihaviy ta’lim texnologiyasi asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish”  13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) ixtisosligi bo‘yicha fan doktori (DSc) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Ped1069  
Ilmiy maslahatchi: Mamatkarimov Odiljon Oxundedaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:Namangan davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.11.2022.FM/T.66.04 raqamli ilmiy kengash asosida bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Zaynabidinov Sirojiddin - O‘zR FA akademigi, fizika-matematika fanlari doktori, professor; 
Abdullaeva Ozoda Safibullaevna - Namangan davlat texnika universiteti professori, pedagogika fanlari doktori;
Kadirova Munira Rasulovna - Fargona jamoat salomatligi tibbiyot instituti professori, pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’limda fizika yo‘nalishi talabalarini loyihaviy ta’lim texnologiyasi asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
fizika yo‘nalishi talabalariga mutaxassislik fanlarini loyihaviy ta’lim texnologiyasiga ustivorlik berish asosida o‘qitishning mazmuni talabalarning mustaqil fikrlash, amaliy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishni integrativ yondashuv asosida tashkil etish, ta’lim jarayonida kognitiv tahlil va integrativ tarkibiylikka tayangan holda zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida didaktik-uslubiy ta’minoti hamda nazariy-metodologik asoslari takomillashtirilgan;
tabaqalashtirilgan va shaxsga yo‘naltirilgan kompetensiyaviy yondashuv hamda kognitiv tahlil asosida integrativ tarkibiylikka ko‘ra talabalarni loyihaviy faoliyatga tayyorlash metodikasi fizika yo‘nalishi mutaxassislik fanlarini o‘qitishda loyihaviy ta’lim texnologiyasidan foydalanish metodik tizimi va konseptual asoslari kompleks strategik reja hamda zarur pedagogik shart-sharoitlarni ta’minlash asosida ishlab chiqilgan;
ta’lim jarayoniga loyihaviy ta’lim texnologiyasini joriy etishning pedagogik-psixologik asoslari, shuningdek, loyihaviy faoliyatni tashkil etish bosqichlari, uning mazmun-mohiyati, maqsadi va amaliy imkoniyatlari asoslab berilgan, kafedralararo va fanlararo hamkorlik doirasida fanlar kesimidagi ish taqsimoti ishlab chiqilgan hamda har bir fanning talabalarni loyihaviy faoliyatga tayyorlashdagi asosiy vazifalari, e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlari va o‘zaro integratsiyalashgan hamkorlik mexanizmlari va metodlarining samaradorligi innovatsion tatbiqlar orqali yoritib berilgan;
fizika yo‘nalishi talabalarini loyihaviy faoliyatga tayyorlashga mustaqil ta’lim va auditoriya mashg‘ulotlarni uzlyuksiz va uzviy bog‘liqligini ta’minlashni asoslari ishlab chiqilgan va ta’lim samaradorligiga ijobiy ta’siri ko‘rsatish natijasida talabalarni mustaqil ta’lim, amaliy, laboratoriya darslarida ilmiy-tadqiqot faoliyatga tayyorlash hamda kommunikativ, innovatsion kasbiy komponentlarini rivojlantirishning shaxsga yo‘naltirilgan, kompetensiyaviy yondashuv jarayoni loyihaviy ta’lim texnologiyalari muhitidan foydalanish natijasida ishlab chiqilgan;
fizika yo‘nalishi talabalari epistemik bilimlarni shakllantirish va rivojlantirish jarayonida fizikadan amaliy, laboratoriya mashg‘ulotlarning ahamiyati ilmiy asoslab berilgan hamda amaliy mashg‘ulotlarda reallikka yaqinlashtirilgan fizik jarayonlarni o‘rganishga yo‘naltirilgan, axborot texnologiyalaridan foydalanishni talab qiluvchi fizik masalalar va topshiriqlarni ishlab chiqish hamda ularni bajarish jarayoni loyihaviy ta’lim texnologiyalari asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirishning pedagogik strategiyalari ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
fizika yo‘nalishi talabalariga mutaxassislik fanlarini loyihaviy ta’lim texnologiyasiga ustivorlik berish asosida o‘qitishning mazmuni talabalarning mustaqil fikrlash, amaliy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishni integrativ yondashuv asosida tashkil etish, ta’lim jarayonida kognitiv tahlil va integrativ tarkibiylikka tayangan holda zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida didaktik-uslubiy ta’minoti hamda nazariy-metodologik asoslari takomillash yuzasidan ishlab chiqilgan takliflardan foydalanib  60530900 - Fizika ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Atom fizikasi” nomli darsligi tatbiq etilgan  (Oliy ta’limni rivojlantirish va tadqiqotlar markazining 2025-yil 12-maydagi 02/01-01-168-son ma’lumotnomasi). Natijada, fizika o‘qitishning mavjud holatini tahlil etish va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni fizika fanini o‘qitishda qo‘llash imkoniyatlarini oshirishga xizmat qilgan;
tabaqalashtirilgan va shaxsga yo‘naltirilgan kompetensiyaviy yondashuv hamda kognitiv tahlil asosida integrativ tarkibiylikka ko‘ra talabalarni loyihaviy faoliyatga tayyorlash metodikasi fizika yo‘nalishi mutaxassislik fanlarini o‘qitishda loyihaviy ta’lim texnologiyasidan foydalanish metodik tizimi va konseptual asoslari kompleks strategik reja hamda zarur pedagogik shart-sharoitlarni ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflardan foydalanib “Atom fizikasi” nomli darsligi tatbiq etilgan  (Namangan davlat universiteti Kengashining 2025 yil 25-maydagi №12 sonli nashrga ruhsat buyrug‘i, ro‘yxatga olish raqami №30052542), “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma yaratilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024 yil 11-noyabrdagi 429-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 429-181-raqamli nashr ruxsatnomasi), “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” nomli darsligi yaratilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025 yil 9-iyuldagi 258-son  buyrug‘i   bilan  tasdiqlangan  850555-raqamli  nashr   ruxsatnomasi). “Atom fizikasi” darsligi oliy ta’limda fizika yo‘nalishi talabalarini loyihaviy ta’lim texnologiyasi asosida o‘qitish metodikasini  takomillashtirishga doir takliflari 60530900 - Fizika ta’lim yo‘nalishining malaka talabi mazmuniga singdirilgan;
ta’lim jarayoniga loyihaviy ta’lim texnologiyasini joriy etishning pedagogik-psixologik asoslari, shuningdek, loyihaviy faoliyatni tashkil etish bosqichlari, uning mazmun-mohiyati, maqsadi va amaliy imkoniyatlari asoslab berilgan, kafedralararo va fanlararo hamkorlik doirasida fanlar kesimidagi ish taqsimoti ishlab chiqilgan hamda har bir fanning talabalarni loyihaviy faoliyatga tayyorlashdagi asosiy vazifalari, e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlari va o‘zaro integratsiyalashgan hamkorlik mexanizmlari va metodlarining samaradorligi innovatsion tatbiqlar orqali ochib berilgan jihatlaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida 2020-2022 yillarda bajarilgan “AM-PZ-2019062031 “Yadro energetikasi”, “Yadro tibbiyoti va texnologiyasi”, “Radiatsion tibbiyot va texnologiyalari fanlari bo‘yicha bakalavr va magistrlar uchun multimediali darsliklarni yaratish”” nomli innovatsion loyihasini bajarish davomida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutining 2025-yil 30-maydagi 32-2115-564-son ma’lumotnomasi).  Natijada, fizika yo‘nalishi talabalarini loyihaviy ta’lim texnologiyasi asosida o‘qitishni metodologik, psixologik-pedagogik jihatlari, shuningdek, uning metodik va didaktik ta’minoti takomillshatirilgan;
mustaqil ta’lim va auditoriya mashg‘ulotlarni uzlyuksiz va uzviy bog‘liqligini ta’minlashni asoslari ishlab chiqilgan va ta’lim samaradorligiga ijobiy ta’siri ko‘rsatish natijasida talabalarni mustaqil ta’lim, amaliy, laboratoriya darslarida ilmiy-tadqiqot faoliyatga tayyorlash hamda kommunikativ, innovatsion kasbiy komponentlarini rivojlantirishning shaxsga yo‘naltirilgan, kompetensiyaviy yondashuv jarayoni loyihaviy ta’lim texnologiyalari muhitidan foydalanish natijasida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida bajarilgan “Yadro energetikasi soxasida ilmiy-tadqiqotlaro radioizitoplar olish texnologiyalarini islab chiqish va Yadro texnologiyalarni yaratish” nomli fundamental loyihasida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutining 2025-yil 30-maydagi 32-2115-565-son ma’lumotnomasi). Natijada, fizika yo‘nalishi talabalarini loyihaviy ta’lim texnologiyasi asosida o‘qitishni metodologik, psixologik-pedagogik jihatlari, shuningdek, uning metodik va didaktik ta’minoti takomillshatirilgan;
fizikadan amaliy, laboratoriya mashg‘ulotlarining talabalar epistemik bilimlarni shakllantirish va rivojlantirish jarayonidagi ahamiyati ilmiy metodologik jihatdan asoslanib amaliy mashg‘ulotlar reallikka yaqinlashtirilgan fizik jarayonlarni o‘rganishga yo‘naltirilgan, fizik masalalar hamda topshiriqlarni raqamli texnologiyalar vositasida bajarish jarayoni didaktik-uslubiy ta’minoti loyihaviy ta’lim texnologiyasiga ustivorlik berish asosida takomillashtirish bo‘yicha ilgari surilgan takliflar asosida “Atom fizikasi” nomli darslik yaratilgan (Namangan davlat universiteti Kengashining 2025 yil 25-maydagi №12 sonli nashrga ruhsat buyrug‘i, ro‘yxatga olish raqami №30052542). Natijada, fizika yo‘nalishi talabalarini loyihaviy faoliyatga tayyorlash jarayonida mustaqil ta’lim va auditoriya mashg‘ulotlarining uzlyuksizligi hamda uzviy bog‘liqligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqildi va bu orqali ta’limning didaktik imkoniyatlarini ommalashtirishga erishildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish