Kaxarov Qobil Shuhrat o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va nemis oilalari nutqiy etiketining lingvokul`turologik tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Fil425
Ilmiy maslahatchi: Muminov Sidikjon Mirsobirovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Sadiqov Zoxid Yaqubjanovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Sobirov Abdulxay Shukurovich, filologiya fanlari doktori, professor; Dalieva Madina Xabibullaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek va nemis oilalarida nutqiy etiketning lingvomadaniy xususiyatlarini qiyosiy tahlil qilish, ularning lingvistik, sotsiolingvistik va pragmatik jihatlarini aniqlashdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek va nemis oilalaridagi nutqiy etiket birliklarining lingvistik, sotsiolingvistik va madaniy mezonlari, ularning ijtimoiy maqom, yosh, gender, qarindoshlik va an’anaviy qadriyatlar bilan bog‘liqligi, rasmiy va norasmiy muloqotda qo‘llaniladigan ehtiyotkorlik, samimiylik, hurmatga asoslangan kommunikativ strategiyalar lingvomadaniy nuqtayi nazardan asoslangan;
nikoh va motam marosimlarida qo‘llaniladigan nutqiy etiket birliklarining lingvopragmatik va lingvomadaniy jihatlari, ularning tarkibi, emotsional-boyitilgan, illokutiv yo‘naltirilgan va ijtimoiy ierarxiyani aks ettiruvchi semantik xususiyatlari, madaniy konnotatsiyasi hamda madaniy identitetni aks ettiruvchi o‘ziga xos umumiy va milliy farqlari aniqlangan;
ota-onalarning farzandlar bilan muloqotidagi nutqiy etiketlar lingvopragmatik va sotsiolingvistik nuqtayi nazardan tadqiq etilib, ularning funksional vazifalari, tarbiyaviy ahamiyati va nutqdagi gender farqlari tahlil qilingan hamda ota nutqidagi avtoritarlik, ona nutqidagi hissiylik kabi xususiyatlar har ikki xalq kontekstida qiyosiy jihatdan dalillangan;
oila doirasida ishlatiladigan tabu va evfemizmlarning sotsiolingvistik va madaniy funksiyalari qiyosiy o‘rganilib, ular yordamida axloqiy me’yorlarning tilga integratsiyalashuvi, nozik mavzularning ifodalanish usullari hamda evfemizmlarning o‘zbek madaniyatidagi an’anaviylik va nemis madaniyatidagi pragmatiklik bilan bog‘liqligi asoslangan;
paremiyalarda ifodalangan nutqiy etiket birliklarining lingvomadaniy xususiyatlari, har bir xalqning tarixiy-madaniy tafakkuri va qadriyatlari asosida shakllangan nutqiy etiketi, unda mavjud bo‘lgan umumiy insoniy fazilatlar ota-onaga hurmat, farzand tarbiyasi, nikoh va motam marosimlariga oid qadriyatlar orqali namoyon bo‘lishi isbotlangan.
VI. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning nazariy takliflari, amaliy tavsiyalari va xulosalari quyidagilarga tatbiq etilgan:
o‘zbek va nemis oilalaridagi nutqiy etiket birliklarining lingvistik, sotsiolingvistik va madaniy mezonlari, ularning ijtimoiy maqom, yosh, gender, qarindoshlik va an’anaviy qadriyatlar bilan bog‘liqligi va rasmiy hamda norasmiy muloqotdagi kommunikativ strategiyalar lingvomadaniy nuqtayi nazardan asoslanishiga oid xulosalardan O‘zbekiston  Respublikasi  Madaniyat vazirligi O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida 2020-2021 yillarda bajarilgan IZ-2019081663 “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va mul`timedia mahsulotlari (elektron lug‘atlar) to‘plamini yaratish” mavzusidagi  fundamental tadqiqotni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2025 yil 7 apreldagi 1/04-210-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilidagi madaniy-etiket birliklarining konnotativ xususiyatlarini aniqlashda, ularni raqs san’ati kontekstida tavsiflash va mul`timodal lingvistik materiallar asosida elektron lug‘at shaklida tizimlashtirishda nazariy asos bo‘lib xizmat qilgan;
nikoh va motam marosimlarida qo‘llaniladigan nutqiy etiket birliklarining lingvopragmatik, lingvomadaniy va semantik xususiyatlari, ularning tarkibi, madaniy konnotatsiyasi hamda umumiy va milliy farqlariga oid xulosalardan O‘zbekiston  Respublikasi  Madaniyat vazirligi O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida 2021-2023 yillarda bajarilgan F3-2019081773 “Musiqa va san’at o‘quv muassasalari uchun “Bolalar raqslari” fanidan interaktiv o‘quv-metodik qo‘llanmalar yaratish” mavzusidagi fundamental tadqiqotni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2025 yil 7 apreldagi 1/04-211-son ma’lumotnomasi). Natijada bolalar raqs san’ati bilan bog‘liq madaniy kontekstlarni yoritish, milliy marosimlarning lingvokul`turologik asoslarini anglash hamda o‘quv-metodik materiallarga madaniy-ma’naviy mazmun baxsh etishda tadqiqot natijalari nazariy va amaliy jihatdan asos bo‘lib xizmat qilgan;
ota-onaning farzandlar bilan muloqotidagi nutqiy etiket birliklarining lingvopragmatik va sotsiolingvistik xususiyatlari, ularning funksional vazifalari, tarbiyaviy ahamiyati, shuningdek, nutqdagi gender farqlari, ota nutqida kuzatiladigan avtoritarlik va ona nutqiga xos hissiylik kabi jihatlarga oid ilmiy xulosalardan Germaniya Federativ Respublikasi Ena Fridrih Shiller universitetida foydalanilgan (Ena Fridrih Shiller universitetining 2024 yil 5 avgustdagi ma’lumotnomasi). Natijada “Nemis tili chet tili sifatida (Deutsch als Fremdsprache – DaF)” va “Ikkinchi til sifatida (Deutsch als Zweitsprache – DaZ)” fanlarining madaniyatlararo muloqot, oilaviy nutqiy etiket strategiyalari, madaniyatga xos nutq aktlari, sotsiolingvistik gender jihatlari va tarbiyaviy til uslublari kabi muhim yo‘nalishlariga bevosita taalluqli bo‘lib, nemis tilini chet yoki ikkinchi til sifatida o‘rgatishni yanada chuqurlashtirishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan nazariy va amaliy asoslarni taqdim etgan;
oila doirasida ishlatiladigan tabu va evfemizmlarning sotsiolingvistik va madaniy funksiyalari, ularning yordamida axloqiy me’yorlarning tilga integratsiyalashuvi, nozik mavzularning ifodalanish usullari, hamda evfemizmlarning o‘zbek madaniyatidagi an’anaviylik va nemis madaniyatidagi pragmatiklik bilan bog‘liqligiga doir xulosalardan Germaniya Federativ Respublikasi Darmshtat texnika universiteti tilshunoslik va adabiyotshunoslik institutida foydalanilgan (Darmshtat texnika universiteti tilshunoslik va adabiyotshunoslik institutining
2024 yil 21 noyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijalar madaniyatlararo muloqotda madaniy sezgirlikni oshirish, tilshunoslikda nutqiy etiketni tahlil qilish, kompyuter lingvistikasida esa evfemistik birliklarni avtomatik aniqlashda amaliy qo‘llanilgan;
o‘zbek va nemis oilalarida qo‘llaniladigan nutqiy etiket birliklari lingvistik, sotsiolingvistik va madaniy mezonlar asosida qiyosiy tahlili, ularning ijtimoiy maqom, yosh, gender, qarindoshlik munosabatlari va an’anaviy qadriyatlar bilan uzviy bog‘liqligi, rasmiy va norasmiy muloqotdagi kommunikativ strategiyalarga oid xulosalaridan Germaniya akademik almashinuv xizmati (DAAD) tomonidan moliyalashtirilgan ID-57663348 raqamli “European Perspectives in Dialogue: Central Asia and Western Research – Muloqotda Evropa istiqbollari: Markaziy Osiyo va G‘arb tadqiqotlari” nomli xalqaro loyiha doirasida foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2025 yil 1 iyuldagi 06/4183-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot natijalari xalqaro loyiha doirasida Markaziy Osiyo va Evropa muloqoti kontekstida madaniy va tilshunoslik tafovutlarini tahlil etish, nutqiy etiketning madaniyatlararo qiyosiy xususiyatlarini yoritish hamda samarali muloqot strategiyalarini ishlab chiqishda muhim nazariy va amaliy asos bo‘lib xizmat qilgan;
o‘zbek va nemis oilalaridagi nutqiy etiketning lingvistik, sotsiolingvistik va madaniy asoslari, shuningdek, oilaviy diskursdagi kommunikativ odob-axloq me’yorlari, marosim nutqi, paremiologik birliklar, tabu va evfemizmlar hamda ular orqali ifodalangan ijtimoiy-ma’naviy qadriyatlar haqidagi xulosalar 2023-2024 yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025 yil 07 apreldagi 26-36-971-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur eshittirishlar orqali til va madaniyat o‘zaro bog‘liqligi, oilaviy muloqotning lingvopragmatik xususiyatlari va tarixiy paremiologik materiallarning nutqdagi roli yoritilib, yosh avlodning madaniy-lingvistik savodxonligini oshirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish