Qayumova Mohinur Murodullo qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «O‘zbek va ingliz tillarida “o‘gay” konseptining lingvopragmatik aspekti», 10.00.06 – «Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik» (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3849.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Nasrullaeva Gulshan Samadovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.04.2022.Fil.20.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Tleumuratov Genjemurat, filologiya fanlar nomzodi, dotsent; Odilova Gulnoza Komiljonovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Termiz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillarida “o‘gay” konseptining lingvopragmatik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va ingliz tillarida “O‘gay” konseptining umumiy konseptosferasi ishlab chiqilib, ushbu konsept doirasida asosiy semantik maydonlar – “yoqtirmaslik”, “ko‘raolmaslik”, “qizg‘onish” – yadro va periferik qatlamlarga ajratilib, ikki tilda mavjud bo‘lgan lisoniy birliklar orqali ularning semantik chegaralari belgilangan;
har ikkala til korpusida “o‘gay” konseptini anglatuvchi leksik birliklarning sinonimlar guruhi lingvostatistik metodlar orqali tahlil qilinib, ularning sinonimik ko‘lamlari va baholovchanlik darajalari aniqlangan, konseptni ifodalovchi birliklarning semantik turlari, emotsional bahosi va madaniy xususiyatlari aniqlanib, ularning milliy-konseptual tafovutlari dalillangan;
tadqiqotda konsept va konseptosfera tushunchalari asosida olamning lisoniy manzarasi aniqlanib, “o‘gay”, “ona”, “ota”, “aka”, “opa”, “singil” kabi ijtimoiy-madaniy konseptlarning leksik, kognitiv va pragmatik jihatlari chuqur yoritilgan, har ikkala til va madaniyatda “o‘gaylik” fenomeniga bo‘lgan emotsional va ijtimoiy munosabat ochib berilgan;
“o‘gay” konseptining lingvopragmatik xususiyatlari xalq og‘zaki ijodi – ertaklar, maqollar, aforizmlar misolida o‘rganilib, ushbu konsept “begonalik”, “yovuzlik”, “mehrsizlik” kabi emotsional-semik birliklar bilan qanday semantik uyg‘unlikda aks etishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tillarida “o‘gay” konseptining lingvopragmatik aspektini tadqiq etish natijasida:
o‘zbek va ingliz tillarida “O‘gay” konseptining umumiy konseptosferasi ishlab chiqilib, ushbu konsept doirasida asosiy semantik maydonlar – “yoqtirmaslik”, “ko‘raolmaslik”, “qizg‘onish” – yadro va periferik qatlamlarga ajratilib, ikki tilda mavjud bo‘lgan lisoniy birliklar orqali ularning semantik chegaralariga hamda “o‘gay” konseptining lingvopragmatik xususiyatlari xalq og‘zaki ijodi – ertaklar, maqollar, aforizmlar misolida o‘rganilib, ushbu konsept “begonalik”, “yovuzlik”, “mehrsizlik” kabi emotsional-semik birliklar bilan qanday semantik uyg‘unlikda aks etishiga doir xulosalaridan 2019-2022-yillarda bajarilgan I-OT-2019-42 “O'zbek va ingliz tillarining elektron (inson qiyofasi, fe'l atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug'atini yaratish” mavzusidagi amliy loyihani bajarishda foydlanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 17-fevraldagi 04/1-581-son ma’lumotnomasi). Natijada har bir tilning o‘ziga xos xususiyatlarini va madaniy farqlarini tushunishga yordam berib, konseptlar qismini boyitilishiga erishilgan;
har ikkala til korpusida “o‘gay” konseptini anglatuvchi leksik birliklarning sinonimlar guruhi lingvostatistik metodlar orqali tahlil qilinib, ularning sinonimik ko‘lamlari va baholovchanlik darajalari, konseptni ifodalovchi birliklarning semantik turlari, emotsional bahosi va madaniy xususiyatlari aniqlanib, ularning milliy-konseptual tafovutlariga doir xulosalaridan 2019-2022-yillarda bajarilgan A-OT-2019-10 “O‘zbek tilida neyming: me’yoriy huquqiy asoslarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 14-fevral 04/1-2178-son dalolatnomasi). Natijada amaliy loyihadan “o‘gay” konsepti mohiyatini ochib beruvchi leksemalarning sinonimlar tarkibini tasniflash, sinonimlar o‘rtasidagi munosabatlarni aniqlashga imkon bergan;
tadqiqotda konsept va konseptosfera tushunchalari asosida olamning lisoniy manzarasi aniqlanib, “o‘gay”, “ona”, “ota”, “aka”, “opa”, “singil” kabi ijtimoiy-madaniy konseptlarning leksik, kognitiv va pragmatik jihatlariga doir takliflaridan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida foydalanilgan (Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining 2025-yil 18-yanvar 29/01-01-son dalolatnomasi). Natijada ushbu loyiha o‘zbek tili va madaniyatini dunyoga targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etgan.