Sobirjonova Muxlisa Sobirjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «O‘zbek va ingliz tillarida yolg‘izlik va hijron konseptining lingvokulturologik xususiyatlari», 10.00.06 – «Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik» (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fil2780.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Nasrullaeva Gulshan Samadovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.04.2022.Fil.20.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kdirbaeva Gulzira Kurbanbevna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Narmuratov Zayniddin Radjabovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Navoiy davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillarida “yolg‘izlik” va “hijron” konseptlarining lingvokulturologik xususiyatlarini aniqlash, ularning milliy-madaniy kontekstda qanday ifodalanishini qiyosiy tahlil asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilida “yolg‘izlik” va “hijron” konseptlari ilk bor lingvokulturologik yondashuv asosida tahlil qilinib, ushbu konseptlar tarkibidagi ayriliq, yolg‘izlik va uzlatga chekinish semantik maydonlari konseptosfera modeli doirasida aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillarida “yolg‘izlik” va “hijron” konseptlariga oid yadro va periferik zonalarga ajratilgan konsept maydonlari qiyosiy-lingvomadaniy tahlil asosida shakllantirilgan va ularning umumiy va milliy-differensial xususiyatlari ochib berilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda “yolg‘izlik” va “hijron” konseptlarini ifodalovchi leksik birliklarning semantik turlari, sinonimik munosabatlari va konnotativ xususiyatlari statistik va jadval asosida tahlil qilinib, ularning lingvokulturologik ahamiyati asoslab berilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi “yolg‘izlik” va “hijron” konseptlari paremiyalar va badiiy matnlar materiallari asosida tahlil etilib, ularning diskursdagi emotsional-estetik qiymati va madaniyatlararo tafakkurdagi roli aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tilida yolg‘izlik va hijron konseptlarining lingvokulturologik xususiyatlarini tadqiq etish natijasida:
o‘zbek tilida “yolg‘izlik” va “hijron” konseptlari ilk bor lingvokulturologik yondashuv asosida tahlil qilinib, ushbu konseptlar tarkibidagi ayriliq, yolg‘izlik va uzlatga chekinish semantik maydonlari konseptosfera modeliga hamda qiyoslanayotgan tillaridagi “yolg‘izlik” va “hijron” konseptlari paremiyalar va badiiy matnlar materiallari asosida tahlil etilib, ularning diskursdagi emotsional-estetik qiymati va madaniyatlararo tafakkurdagi roliga doir xulosalaridan 2020-2023-yillarda bajarilgan I-OT-2019-42-raqamli “O‘zbek va ingliz tillarining elektron poetik lug‘atini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihanining so‘z yasalishi, nomlash qismini bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 17-fevral 04/1-579-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu qiyosiy tahlillar paremiyalar va badiiy matnlar materiallari asosida o‘zbek tilining elektron poetik lug‘atini boyitishga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida “yolg‘izlik” va “hijron” konseptlariga oid yadro va periferik zonalarga ajratilgan konsept maydonlari qiyosiy-lingvomadaniy tahlil asosida shakllantirib va ularning umumiy va milliy-differensial xususiyatlariga doir xulosalaridan 2019-2022-yillarda bajarilgan A OT-2019-10 “O‘zbek tilida neyming: me’yoriy huquqiy asoslarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihanining so‘z yasalishi, nomlash qismini bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 17-fevral 04/1-578-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliy loyihaning so‘z yasalishi, nomlash qismini takomillashtirilgan, ayniqsa poetik leksika va emotsional so‘z birliklari nuqtayi nazaridan yangi yondashuvlar taklif etilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda “yolg‘izlik” va “hijron” konseptlarini ifodalovchi leksik birliklarning semantik turlari, sinonimik munosabatlari va konnotativ xususiyatlari statistik va jadval asosida tahlil qilinib, ularning lingvokulturologik ahamiyatiga doir xulosalaridan 2021 2023-yillarda bajarilgan “O‘zbek tilining milliy korpusini loyihalash va dasturiy majmua ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining 2025-yil 18-yanvardagi 28/01-01-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilida konseptlar orasidagi ichki bog‘lanishlar yanada aniq shakllantirilib, tarjima va lingvistik tadqiqotlarda qo‘llanilgan.