Kodirov Nodirbek Baxtiyor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Prognozirovanie texnicheskogo sostoyaniya elementov verxnego stroeniya puti skorostnix jeleznix dorog Uzbekistana”, 05.08.02 – “Temir yo‘llar va yo‘l xo‘jaligi” (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4949.
Ilmiy rahbar: Djabbarov Saidburxan Tulaganovich – texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.04 raqamli Ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Bondarenko Aleksey Alekseevich, texnika fanlari doktori, professor; Abdukamilov Shavkat Shuxratovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: "O‘zog‘irsanoatloyiha" AJ 
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistondagi tezyurar temir yo‘l liniyalarida yo‘l ustki qurilmasining texnik holatini prognoz qilish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
1520 mm kenglikdagi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tezyurar temir yo‘llaridagi relslarning zo‘riqish–deformatsiya holatiga harakat intensivligi, poezdlar tezligi va iqlimiy omillar taʼsiri chekli elementlar usuli yordamida  asoslab berilgan;
dinamik yuklamalar, rels, shpal va yo‘l ustki qurilmasining boshqa elementlaridagi charchoq va kontakt–charchoq shikastlanishlarini hisobga olgan holda chekli elementlar usuli asosida temir yo‘lning texnik holatini prognoz qilish metodikasi ishlab chiqilgan;
yo‘lning texnik holatini tahlil qilish asosida g‘ildirak va rels kontakt zonasidagi zo‘riqish–deformatsiya holati aniqlangan hamda nuqson va emirilishlar yuzaga keladigan kritik zonalari ekspluatatsion omillarini hisobga olgan holda asoslangan;
ishlab chiqilgan metodikaning tezyurar temir yo‘llar texnik holatini tezkor baholashda qo‘llash samaradorligi hamda remontlar aro muddatlarni uzayishi tadqiqot uchastkasining ekspluatatsion omillari inobatga olinib asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekistonning tezyurar temir yo‘llarida yo‘lning ustki qurilmasi texnik holatini prognoz qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida: “Abaqus” dasturiy ta’minotida chegaraviy elementlar usulidan foydalangan holda prognozlash metodikasi ishlab chiqilib, rels va shpallarning eskirish hamda sinish jarayonlarini oldindan baholash, yuklamalar, harakat tezligi va intensivligini hisobga olgan holda temir yo‘l izi elementlarining texnik holatini tezkor tahlil qilish, shuningdek, ta’mirlash turlarini maqbul ketma-ketligini aniqlash imkoniyati ta’minlangan hamda "Temiryo‘linfratuzilma" AJ yo‘l xo‘jaligini boshqarish tizimiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 14-fevraldagi № 4/E231-son ma’lumotnomasi). Natijada, poezdlar harakatidan hosil bo‘ladigan yuklamalar, tezlik va intensivlikni inobatga olgan holda yo‘l izi elementlarida to‘planadigan kuchlanish-deformatsiyalar qiymatini tahlil qilish orqali ularning texnik xizmat ko‘rsatish muddatini 2 yilga uzaytirish imkoniyati yaratilgan;
joriy ta’mirlash ishlarini rejalashtirishda temir yo‘l izi elementlaridagi to‘plangan kuchlanish-deformatsiyalarni inobatga olib ularning hayot tsiklini uzaytirish "Temiryo‘linfratuzilma" AJning yo‘l xo‘jaligini boshqarish tizimiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 14-fevraldagi № 4/E231 ma’lumotnomasi). Natijada, rels va shpallarda to‘plangan kuchlanish-deformatsiyalarni inobatga olish orqali ularning hayot tsiklini 10 % gacha oshirihga erishilgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish