Musinova Zebo Turabovnaning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Fransuz tarixiy romanlarining badiiy xususiyatlari (Ejen Syuning «Latreomon» va «Jan Kavale, yoki Seven ishqibozlari» romanlari misolida), 10.00.04 – «Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4594
Ilmiy rahbar: Ikromxonova Firuza Ikromovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davla chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019. Fil/Ped.83.01 raqamli bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qarshiboeva Uljon Davirovna, filologia fanlari doktori, professor;
Sadullaeva Nilufar Azimovna, filologia fanlari doktori, dotsent;
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ejen Syu ijodiga mansub tarixiy romanlarning janr va uslub, g‘oyaviy-estetik xususiyatlari hamda ijtimoiy yo‘nalishini chuqur ilmiy tahlil etish asosiy maqsad qilib belgilangan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fransuz tarixiy romanchiligida tarixiy fakt va badiiy to‘qimaning o‘zaro nisbatiga oid konseptual yondashuv asosida ilk bor Ejen Syuning tarixiy roman shakllanishidagi roli ilmiy jihatdan asoslangan;
Ejen Syu romanlarida voqelik tasvirining tarixiy, sarguzashtli va ijtimoiy qatlamlari, personajlar tizimi, ijtimoiy ziddiyat hamda g‘oyaviy-badiiy diskurs dinamikasi asosida o‘ziga xos poetik model konseptual darajada aniqlanib, bu modelning shakllanish omillari va badiiy funksiyalari ilmiy asosda yoritilgan;
“Latreomon” va “Jan Kavale yoki Sevenn ishqibozlari” romanlarida mifologik qatlam, tarixiy shaxslar hamda badiiy to‘qima obrazlar o‘rtasidagi tipologik uyg‘unlik, shuningdek milliy-ozodlik, fuqarolik, diniy va siyosiy mustabidlik muammolarining badiiy talqini orqali voqelikni idrok etishning o‘ziga xos konseptual modeli takomillashtirilgan;
Ejen Syu asarlarida tarix, g‘oya va badiiy to‘qima qatlamlari o‘rtasidagi murakkab integratsiya XIX asr tarixiy romanlarida voqelikni estetik anglashning yangicha adabiy yondashuvi sifatida konseptual tahlil asosida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fransuz tarixiy romanlarining badiiy xususiyatlari (Ejen Syuning “Latreomon” va “Jan Kavale, yoki Sevenn ishqibozlari” romanlari misolida) orqali janrning uslubiy va tematik xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan tahlil asosida:
fransuz tarixiy romanchiligida tarixiy fakt va badiiy to‘qimaning o‘zaro nisbatiga oid konseptual yondashuv asosida Ejen Syuning tarixiy roman shakllanishidagi o‘rnini ilk bor ilmiy jihatdan asoslashga qaratilgan tahliliy xulosalar 2022–2024-yillar davomida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, AQSh Davlat departamenti, O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi hamkorligida amalga oshirilgan va AQSh Davlat departamenti tomonidan moliyalashtirilgan “The English Access Microscholarship Program” nomli xalqaro loyiha doirasida ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 12-dekabrdagi 155/02-sonli ma’lumotnoma). Natijada, fransuz tarixiy romanining badiiy xususiyatlari, xususan Ejen Syuga xos obraz yaratish texnikasi hamda uslubiy yondashuvlariga oid ilmiy tahlillar amaliy o‘quv faoliyatiga samarali joriy etilib, chet el adabiyotini o‘qitishda adabiy-nazariy bilimlarni chuqurlashtirishga xizmat qilgan;
Ejen Syu romanlarida voqelik tasvirining tarixiy, sarguzashtli va ijtimoiy qatlamlari, personajlar tizimi, ijtimoiy ziddiyat hamda g‘oyaviy-badiiy diskurs dinamikasi asosida shakllangan o‘ziga xos poetik model konseptual darajada aniqlanib, uning shakllanish omillari va badiiy funksiyalari ilmiy asosda yoritilgan. Ushbu taklif va ilmiy xulosalar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Samarqand mintaqaviy bo‘linmasi faoliyatida 2024-yil 27-dekabrdagi 01-03/1003-sonli rasmiy ma’lumotnomaga muvofiq ijodiy seminar dasturlarini ishlab chiqishda samarali qo‘llangan. Natijada, tadqiqot natijalari yosh avlodda tarixiy ongni shakllantirish, adabiy-estetik tafakkurni rivojlantirish, milliy va jahon adabiy merosiga ongli munosabatni kuchaytirish hamda ma’naviy-ma’rifiy tarbiyani yuksaltirishda amaliy ahamiyat kasb etganligi bilan tasdiqlangan;
“Latreomon” va “Jan Kavale yoki Sevenn ishqibozlari” romanlarida mifologik qatlam, tarixiy shaxslar hamda badiiy to‘qima obrazlar o‘rtasidagi tipologik uyg‘unlik, shuningdek milliy-ozodlik, fuqarolik, diniy va siyosiy mustabidlik muammolarining badiiy talqini orqali voqelikni idrok etishning o‘ziga xos konseptual modeli takomillashtirilganligi bo‘yicha taklifi 2024-yil dekabr oyida “Assalom, Samarqand” teleko‘rsatuvi ssenariysini ishlab chiqishda va tadqiqot xulosalarini muhokama qilishda qo‘llanilgan (2025-yil 4-yanvardagi 01-07/3-son ma’lumotnoma). Natijada, Ejen Syu romanlarida ifodasini topgan tarixiy va ijtimoiy muammolarning badiiy talqini asosida madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish, xorijiy adabiy merosni zamonaviy ilmiy-metodik yondashuvlar orqali tahlil qilish hamda ommaviy axborot vositalarida adabiy-ma’naviy kontentni boyitishga erishilgan;
Ejen Syu asarlarida tarix, g‘oya va badiiy to‘qima qatlamlari o‘rtasidagi murakkab integratsiya XIX asr fransuz tarixiy romanlarida voqelikni estetik anglashning yangicha adabiy yondashuvi sifatida konseptual tahlil asosida ochib berilgan. Bu yondashuv asosida ishlab chiqilgan tahliliy xulosalar 2022–2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Madaniy-ma’rifiy muassasalar, nomoddiy madaniy merosni rivojlantirish sho‘basi tomonidan amalga oshirilgan va i-203-4 raqamli “Mamlakatimizda millatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish va uyg‘unlashtirish” nomli fundamental loyiha doirasida amaliy faoliyatga joriy etilgan (2025-yil 14-iyul, №02-14-06-906-sonli ma’lumotnoma asosida). Natijada, tadqiqot xulosalari fransuz tarixiy romaniga oid poetik va g‘oyaviy-metodik yondashuvlar asosida tarixiy-estetik tafakkurni shakllantirish, millatlararo muloqotni rivojlantirish va adabiy qadriyatlarni targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan loyihalarda samarali qo‘llanilgan. Shuningdek, XIX asr fransuz adabiyoti va tarixiy poetikaga oid o‘quv-uslubiy materiallar tayyorlanib, ular adabiyotshunoslik va madaniyatlararo muloqot fanlarida amaliyotga joriy etilgan.