Rixsieva Lobarxon Maxmudjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar: 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aksial spondiloartritda umurtqa pog‘onasi remodellanishining klinik-immunologik jihatlari” 14.00.05 – Ichki kasalliklar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib.4052.
Ilmiy rahbar: Abduraxmanova Nargiza Mirza-Baxtiyarxanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSs 04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Shodikulova Gulandom Zikriyaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aliaxunova Mavjuda Yusupaxunovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: aksial spondiloartritga chalingan bemorlarda umurtqa pog‘onasida tuzilmaviy o‘zgarishlar va kasallikning klinik kechishiga 7-tur suyak morfogenetik proteini (BMP-7), kollagen S-telopeptidning va interleykin-17A siljishi hamda uning miqdoriga ko‘ra davolashni muvofiqlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aksial spondiloartritda interleykin-17A miqdorini ortib borishi sababli suyak morfogenetik proteini 7-turining (BMP-7) faollanishi aniqlangan;
aksial spondiloartritda suyak morfogenetik proteini 7-turi (BMP-7) va kollagen S-telopeptidning 2-turining umurtqa pog‘onasi tog‘ay va suyak to‘qimasidagi tuzilmaviy o‘zgarishlarga ta’sir qilishi sababli ularni remodellanish shakllanishidagi o‘rni aniqlangan; 
aksial spondiloartritda suyak morfogenetik proteini 7-turining faollanishi negizida umurtqa pog‘onasi suyak to‘qimasidagi yallig‘lanish jarayonining avjlanishi remodellanish rivojlanishiga olib kelishi aniqlangan hamda uning prognostik ahamiyati isbotlangan;
aksial spondiloartritda suyakning morfogenetik proteini 7-turining darajasiga ko‘ra muvofiqlashtirilgan davoning kasallik klinik remissiyasini ta’minlanishidagi o‘rni asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Aksial spondiloartritni tibbiyotning birlamchi tizimida erta tashxislash choralarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: aksial spondiloartritda interleykin-17A miqdorini ortib borishi sababli suyak morfogenetik proteini 7-turining (BMP-7) faollanishi aniqlanganligi Ibn Sino nomli shahar klinik shifoxonasi revmatologiya bo‘limi 15.04.2024 yildagi 108-sonli buyruq, 3- son klinik shifoxonasi 03.04.2024 yildagi 23-sonli buyruq, Toshkent viloyati Toshkent tumani Markaziy shifoxonasi, 22- son va 75-son oilaviy poliklinikalari 03.04.2024 yildagi 315-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 10 martdagi 13/30-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: kasallikning erta davrida interleykin-17 miqdori aniqlanish orqali, suyak morfogenetik proteini 7-turining  faollanishi bashoratlanib, umurtqa pog‘onasining remodellanishi tezligi aniqlangan va davo choralari muvofiqlashtirilgan. Iqtisodiy samaradorligi: aksial spondiloartritda interleykin-17A miqdorini erta aniqlanishi umurtqa remodellanishini erta bashoratlashga imkon bergan va natijada davolash chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish orqali bemorlarning mehnat qobiliyatini saqlab qolish va shifoxonada davolanish kunlarrini kamaytirib, hayot sifatini yaxshilashga erishilgan. Xulosa: aksial spondiloartritda bemorlar qon zardobida interleykin-17ni aniqlash orqali umurtqa remodellanish tezligi bashoratlangan, bu esa davolash usullarini muvofiqlashtirib, bemorlarning shifoxonada davolanish kunlarini kamaytirish, mehnat qobiliyatini saqlab qolish va hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: aksial spondiloartritda suyak morfogenetik proteini 7-turi (BMP-7) va kollagen S-telopeptidning 2-turining umurtqa pog‘onasi tog‘ay va suyak to‘qimasidagi tuzilmaviy o‘zgarishlarga ta’sir qilishi sababli ularni remodellanish shakllanishidagi o‘rni aniqlanganligi Ibn Sino nomli shahar klinik shifoxonasi revmatologiya bo‘limi 15.04.2024 yildagi 108-sonli buyruq, 3- son klinik shifoxonasi 03.04.2024 yildagi 23-sonli buyruq, Toshkent viloyati Toshkent tumani Markaziy shifoxonasi, 22- son va 75-son oilaviy poliklinikalari 03.04.2024 yildagi 315-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 10 martdagi 13/30-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: mazkur ilmiy yangilik suyak morfogenetik proteini 7-turi (BMP-7) va kollagen S-telopeptidning 2-turining erta aniqlanishi asosida umurtqa pog‘onasining tog‘ay va suyak to‘qimasidagi tuzilmaviy o‘zgarishlarni tezligini bashoratlashga, davo choralarini muvofiqlashtirishga va bemorlarning nogironligining oldini olishga xizmat qilgan. Iqtisodiy samaradorligi: umurtqa pog‘onasi tuzilmaviy o‘zgarishlarini bashoratlash usulini qo‘llanilishi bemorlarda statsionar davoga extiyojlikni 70% ga kamaytirgan va o‘rtacha hisobda bemorlar 0,7 marta statsionar davo olgan. Xulosa: aksial spondiloartritda umurtqa pog‘onasi tuzilmaviy o‘zgarishlarni tezligini bashoratlash asosida bemorlarning ijtimoiy faolligini uzoq saqlashga, shifoxonada davolanish muddatini kamaytiradi.
uchinchi ilmiy yangilik: aksial spondiloartritda suyak morfogenetik proteini 7-turining faollanishi negizida umurtqa pog‘onasi suyak to‘qimasidagi yallig‘lanish jarayonining avjlanishi remodellanish rivojlanishiga olib kelishi aniqlangan hamda uning prognostik ahamiyati isbotlanganligi Ibn Sino nomli shahar klinik shifoxonasi revmatologiya bo‘limi 15.04.2024 yildagi 108-sonli buyruq, 3- son klinik shifoxonasi 03.04.2024 yildagi 23-sonli buyruq, Toshkent viloyati Toshkent tumani Markaziy shifoxonasi, 22- son va 75-son oilaviy poliklinikalari 03.04.2024 yildagi 315-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 10 martdagi 13/30-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: suyak morfogenetik proteini 7-turining aniqlanishi negizida umurtqa pog‘onasi suyak to‘qimasi yallig‘lanish va remodellanish jarayonini prognozlash asosida navqiron yoshdagi bemorlarning nogironligini oldini olishda va uzoq muddat mehnat qobiliyatini saqlanib qolishiga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: aksial spondiloartritli bemorlar umurtqa pog‘onasini remodellanishini bashoratlash asosida, muvofiqlashtirilgan davolash-profilaktika tadbirlariga kompleks yondashish natijasida kasallik avjlanishi hamda asoratlar rivojlanishini sekinlashtirish, mehnatga layoqatsizlik kunlarini kamayishiga, bemorlarni davolash uchun sarflanadigan byudjet hamda byudjetdan tashqari mablag‘larni tejash imkonini bergan. aksial spondiloartritda umurtqa pog‘onasi tuzilmaviy o‘zgarishlarni tezligini bashoratlash asosida bemorlarning ijtimoiy faolligini uzoq saqlashga, shifoxonada davolanish muddatini kamaytiradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: aksial spondiloartritda suyakning morfogenetik proteini 7-turining darajasiga ko‘ra muvofiqlashtirilgan davoning kasallik klinik remissiyasini ta’minlanishidagi o‘rni asoslanganligi Ibn Sino nomli shahar klinik shifoxonasi revmatologiya bo‘limi 15.04.2024 yildagi 108-sonli buyruq, 3- son klinik shifoxonasi 03.04.2024 yildagi 23-sonli buyruq, Toshkent viloyati Toshkent tumani Markaziy shifoxonasi, 22- son va 75-son oilaviy poliklinikalari 03.04.2024 yildagi 315-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 10 martdagi 13/30-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: mazkur ilmiy yangilik aksial spondiloartrit bilan og‘rigan bemorlarni suyakning morfogenetik proteini 7-turining darajasiga ko‘ra davolash usullarini muvofiqlashtirish orqali kasallikning klinik remissiyalanishiga erishilgan, bu esa bemorlar nogironligini oldini olishga va hayot sifatini oshirishga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarda klinik remissiyaning ta’minlanishi natijasida shifoxonada davolanish sonini va kunlarining qisqarishiga, har bir bemor uchun byudjet hamda byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan tejab qolishga imkon bergan. Xulosa: kasallikning klinik remissiyasiga erishish orqali bemorlarning ijtimoiy hayotini yaxshilash, hayot sifatini oshirish va bir bemor uchun iqtisod qilishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish