Bobokulov Maqsud Begmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi hakida e’lon
I. Umimiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Buyrak transplantatsiyasidan oldingi va keyingi davrda surunkali buyrak kasalligi kechish xususiyatlari” 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3746.
Ilmiy rahbar: Sabirov Maksud Atabaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya intituti.
IK faoliyati ko‘rsatayotgan muassasa (muasassalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Raximova Dilorom Alimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Jabborov Ozimboy Otaxonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: buyrak transplantasiyadan oldingi va keyingi davrdagi bemorlarda buyraklar klinik-funksional holati, dislipidemiya, oksidativ stress jarayonlari nomutanosibligini baholash hamda tpancplantant buypak patologiyaci rivojlanishi xavf omillarini taxlil qilish bilan surunkali buyrak kasalligi bemorlarini buyrak o‘rinbosar terapiyasiga yo‘naltirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
buyrak klinik-funksional holatini avval ma’lum muddat dializ olib so‘ngra buyrak ko‘chirib o‘tkazganlarga nisbatan ekstrokorporal detoksikasiya boshlamay buyrak transplantasiyasi o‘tkazgan resipientlarda sog‘lom shaxslarga ko‘proq yaqin bo‘lishi aniqlangan;
ma’lum muddat dializ olib so‘ngra buyrak ko‘chirib o‘tkazgan resipientlarga nisbatan ekstrakorporal detoksikasiya boshlamay buyrak transplantasiyasi o‘tkazganlarda transplantant buyrak tomirlarida maksimal sistolik va yakuniy diastolik tezligini ishonchli ortishi, shuningdek rezistentlik indeksini ishonchli kamayishi asoslangan;
dislipidemiya va oksidativ stress jarayonlari nomutanosibligi ma’lum muddat dializ olib so‘ngra buyrak ko‘chirib o‘tkazganlarga nisbatan ekstrakorporal detoksikasiya boshlamay buyrak transplantasiyasi o‘tkazgan resipientlarda ishonchli muvofiqlanishi asoslangan;
buyrak etishmovchiligini terminal bosqichida gemodializ seanslarini boshlamay buyrak transplantasiyasi o‘tkazganlarda transplantant buyrak patologiyalarini boshqa resipientlarga nisbatan kam rivojlanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buyrak transplantatsiyasidan oldingi va keyingi davrda surunkali buyrak kasalligi kechish xususiyatlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: buyrak klinik-funksional holatini avval ma’lum muddat dializ olib so‘ngra buyrak ko‘chirib o‘tkazganlarga nisbatan rejali ekstrakorporal detoksikasiya boshlamay buyrak transplantasiyasi o‘tkazgan resipientlarda sog‘lom shaxslarga ko‘proq yaqin bo‘lishi aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 20.12.2023 yildagi № 77 son va Farg‘ona viloyat ko‘p tapmoqli tibbiyot mapkazining 17.01.2024 yildagi № 15 sonli buyruklari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/101-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: avval ma’lum muddat gemodializ seanslarini olib so‘ngra buyrak ko‘chirib o‘tkazganlarga nisbatan rejali ekstrakorporal detoksikasiya boshlamay buyrak transplantasiyasi o‘tkazgan resipientlarda buyraklar funksional holatini yaxshiroq bo‘lishi transplantant buyrakni uzoqroq saqlanish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: avval dializ olib so‘ngra buyrak ko‘chirib o‘tkazganlarga nisbatan dializ boshlamay buyrak transplantasiyasi o‘tkazgan resipientlarda donor buyrakni uzoqroq saqlanish imkonini bergan. Xulosa: buyrak klinik-funksional holatini avval ma’lum muddat dializ olib so‘ngra buyrak ko‘chirib o‘tkazganlarga nisbatan rejali ekstrakorporal detoksikasiya boshlamay buyrak transplantasiyasi o‘tkazgan resipientlarda sog‘lom shaxslarga ko‘proq yaqin bo‘lganligi uchun surunkali buyrak etishmovchiligini terminal bosqichida dializ seanslarini tavsiya etmay buyrak ko‘chirib o‘tkazilishi lozimligini va bu bilan transplantant buyrakni uzoqroq saqlanishi imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ma’lum muddat dializ olib so‘ngra buyrak ko‘chirib o‘tkazgan resipientlarga nisbatan rejali ekstrakorporal detoksikasiya boshlamay buyrak transplantasiyasi o‘tkazganlarda transplantant buyrak tomirlarida maksimal sistolik va yakuniy diastolik tezligini ishonchli (r<0,01) ortishi, shuningdek rezistentlik indeksini ishonchli (r<0,01) kamayishi asoslanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 20.12.2023 yildagi № 77 son va Farg‘ona viloyat ko‘p tapmoqli tibbiyot mapkazining 17.01.2024 yildagi № 15 sonli buyruklari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/101-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ma’lum muddat dializ olib so‘ngra buyrak ko‘chirib o‘tkazgan resipientlarga nisbatan rejali ekstrakorporal detoksikasiya boshlamay buyrak transplantasiyasi o‘tkazganlarda transplantant buyrak tomirlarida maksimal sistolik va yakuniy diastolik tezligini ishonchli oshishi, shuningdek rezistentlik indeksini ishonchli kamayishi buyrak ichi gemodinamikasini yaxshilangani, ya’ni transplantant buyrak patologiyasini rivojlanish xavfini kamayganini bildiradi. Iqtisodiy samaradorligi: avval dializ olib so‘ngra buyrak ko‘chirib o‘tkazgan resipientlarga nisbatan dializ boshlamay buyrak transplantasiyasi o‘tkazganlarda transplantant buyrakda gemodinamikaning yaxshiligi transplantant buyrak patologiyalari sonini kamayib a’zoni saqlash imkonini bergan. Xulosa: avval dializ olib so‘ngra buyrak ko‘chirib o‘tkazgan resipientlarga nisbatan dializ boshlamay buyrak transplantasiyasi o‘tkazganlarda transplantant buyrakda gemodinamikaning yaxshilanishi transplantant buyrak patologiyalari sonini kamayib donor buyrakni uzoq saqlanishi imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: dislipidemiya va oksidativ stress jarayonlari nomutanosibligi ma’lum muddat dializ olib so‘ngra buyrak ko‘chirib o‘tkazganlarga nisbatan rejali ekstrakorporal detoksikasiya boshlamay buyrak transplantasiyasi o‘tkazgan resipientlarda ishonchli (r<0,01) muvofiqlanishi asoslanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 20.12.2023 yildagi № 77 son va Farg‘ona viloyat ko‘p tapmoqli tibbiyot mapkazining 17.01.2024 yildagi № 15 sonli buyruklari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/101-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: dislipidemiya va oksidativ stress jarayonlari nomutanosibligi ma’lum muddat dializ olib so‘ngra buyrak ko‘chirib o‘tkazganlarga nisbatan rejali ekstrakorporal detoksikasiya boshlamay buyrak transplantasiyasi o‘tkazgan resipientlarda ishonchli muvofiqlanishi resipientni yashovchanligini oshirgan. Iqtisodiy samaradorligi: dislipidemiya va oksidativ stress jarayonlari nomutanosibligi ma’lum muddat dializ olib so‘ngra buyrak ko‘chirib o‘tkazganlarga nisbatan rejali ekstrakorporal detoksikasiya boshlamay buyrak transplantasiyasi o‘tkazgan resipientlarda ishonchli muvofiqlanishi resipientni yashovchanligini oshirishi yurtimizda dializga muxtoj bemoplap sonini qisqapishi aniqlandi. Xulosa: dislipidemiya va oksidativ stress jarayonlari nomutanosibligi ma’lum muddat dializ olib so‘ngra buyrak ko‘chirib o‘tkazganlarga nisbatan rejali ekstrakorporal detoksikasiya boshlamay buyrak transplantasiyasi o‘tkazgan resipientlarda ishonchli muvofiqlanishi bemorlarni dializga muxtojligini oldini olib ularni ijtimoiy faolligini saqlanishi imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: buyrak etishmovchiligini terminal bosqichida gemodializ seanslarini boshlamay buyrak transplantasiyasi o‘tkazganlarda transplantant buyrak patologiyalarini boshqa resipientlarga nisbatan kam rivojlanishini (ꭓ2=6,024, r=0,01) isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 20.12.2023 yildagi № 77 son va Farg‘ona viloyat ko‘p tapmoqli tibbiyot mapkazining 17.01.2024 yildagi № 15 sonli buyruklari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/101-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Dasturli ekstrakorporal detoksikasiya tadbirlariga murojaat etmasdan buyrak transplantasiyasini o‘tkazgan resipientlarda kardiovaskulyar hodisalar va u tufayli yuzaga keladigan o‘limni kamligi, transplantant buyrak patologiyalari yuzaga kelish xavfini kamayishi oqibatida resipientlarini yashovchanligining oshishi ta’minlangan. Iqtisodiy samaradorligi: dializga murojaat etmasdan buyrak transplantasiyasini o‘tkazgan resipientlarda kardiovaskulyar hodisalar va u tufayli yuzaga keladigan o‘limni kamligi, transplantant buyrak patologiyalari yuzaga kelish xavfini pastligi oqibatida resipientlar orasida dializga muxtojlap sonini qisqapishi bilan tavsiyadagi usulni samapasi aniqlandi. Xulosa: dializ tavsiya etilmay buyrak ko‘chirib o‘tkazganlarda kardiovaskulyar hodisalar va u tufayli yuzaga keladigan o‘limni kamligi, transplantant buyrak patologiyalari yuzaga kelish xavfini pastligi oqibatida resipientlar orasida dializga muxtoj bemoplap soni kamayishi va donor buyrakni uzoqroq saqlanish imkonini bergan.