Mamatalieva Shahnoza Xushmamat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessi boshqa ishtirokchilari xavfsizligini ta’minlashning jinoyat-protsessual jihatlari”, 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi ixtisosligi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Yu898. 
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Bazarova Dildora Baxadirovna, yuridik fanlar doktori (DSc), professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Djuraev Ixtiyor Baxtiyorovich – yuridik fanlar doktori, professor; Chorieva Dilbar Mengdabilovna – yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi IIV akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jinoyat protsessi ishtirokchilari xavfsizligiga oid normalarini kompleks ilmiy-nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq etib, bu sohadagi ilmiy konseptual yondashuvlarni rivojlantirish va takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
protsess ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash choralari yuqori instansiya sudlarida nazarda tutmaganligi sababli jabrlanuvchi, guvoh jinoyat protsessi boshqa ishtirokchilarini jinoyat protsessining barcha bosqichlarida, jumladan taftish tartibida ish yuritish jarayonida ham himoya qilinishi lozimligi asoslangan;
himoya choralarini qo‘llashda jarayonida huquqni muhofaza qiluvchi masʼul organlarni moddiy jihatdan etarlicha ta’minlanmaganligi sababli jinoyat protsessida himoya qilinuvchi shaxslarni himoya qilish choralarini moliyalashtirish va moddiy-texnik jihatdan ta’minlash masalalari qonunchilikda aks ettirilishi lozimligi asoslangan;
jinoyat ishini yuritishga masʼul bo‘lgan barcha ishtirokchilarning xavfsizligi ta’minlanmaganligi sababli jinoyat protsessi ishtirokchisi sifatida nafaqat prokuror va tergovchi, balki surishtiruvchining ham xavfsizligini ta’minlash kerakligi lozimligi asoslangan;
protsess ishtirokchilarining xavfsizligini etarli darajada ta’minlashda ichki ishlar organlarida vakolatlar cheklanganligi sababli protsess ishtirokchilari xavfsizligini ta’minlashda qurol bilan sodir etiladigan tahdidlarning oldini olish uchun ichki ishlar tomonidan profilaktik choralarni amalga oshirish lozimligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  Jinoyat protsessi ishtirokchilari xavfsizligi  institutini ilmiy tadqiq etish yuzasidan olingan natijalar asosida:
jabrlanuvchi, guvoh jinoyat protsessi boshqa ishtirokchilarini jinoyat protsessining barcha bosqichlarida, jumladan taftish tartibida ish yuritish jarayonida ham himoya qilinishi kerakligi haqidagi taklifidan 2023-yil 27-sentyabrdagi “Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–869-son Qonunning 1-moddasi 19-bandida (Jinoyat-protsessual kodeksining 473-moddasiga kiritilgan o‘zgartirish) foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti 2024-yil 9-iyuldagi №3/08-114-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi ishtirokchilarning protsessning har qaysi bosqichida himoya choralaridan foydalanish imkoniyatini yaratishga xizmat qilgan; 
jinoyat protsessi ishtirokchisi sifatida nafaqat prokuror va tergovchi, balki surishtiruvchining ham xavfsizligini ta’minlash kerakligi haqidagi taklifidan 2019-yil 23-maydigi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” gi O‘RQ – 542-son Qonunning 4-moddasi 6-bandi (“Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunning 49-moddasiga) da foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti 2024-yil 9-iyuldagi №3/08-114-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi jinoyat protsessida surishtiruvchilarning ham xavfsizligi ta’minlanishiga xizmat qilgan;
jinoyat protsessida himoya qilinuvchi shaxslarni himoya qilish choralarini moliyalashtirish va moddiy-texnik jihatdan ta’minlash masalalari qonunchilikda aks ettirilishi lozimligi haqidagi taklifidan 2019-yil 19-yanvardagi “Jabrlanuvchilar, guvohlarni, va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ–515-son Qonunning 26-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan. Ushbu taklif xavfsizlikni ta’minlash jarayonida moliyalashtirishga xizmat qilgan; 
protsess ishtirokchilari xavfsizligini ta’minlashda qurol bilan sodir etiladigan tahdidlarning oldini olish uchun ichki ishlar tomonidan profilaktik choralarni amalga oshirish lozimligi haqidagi taklifidan 2022-yil 31-maydagi “Qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-772-son Qonunning 7-moddasi 2-bandi (“Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonunning 16-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishni) shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti 2024-yil 9-iyuldagi №3/08-114-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi jinoyat protsessida ishtirokchilar xavfsizligini ta’minlashda qurol bilan sodir etiladigan tahdidlarning oldini olishda xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish