Boboqulov Xamid Maxmado‘stovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikka qarshi kurashishning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari”, 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi va 12.00.15 – Kriminologiya (yuridik fanlar) 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Yu1474. 
Ilmiy rahbar: Hakimov Komil Baxtiyorovich, yuridik fanlar doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Kabulov Rustam – yuridik fanlar doktori, professor; Djalilov Furqat Zakirovich – yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik uchun jinoiy javobgarlikni takomillashtirish hamda uning kriminologik jihatlari bilan bog‘liq muammolarni tahlil etish, o‘rganilgan manba va tadqiqot materiallari asosida aniqlangan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan taklif, tavsiya va xulosalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
amaldagi qonunchilikda bolani do‘pposlash, agar u uning sog‘lig‘iga jiddiy zarar etkazmasa, ko‘pincha badanga engil shikast etkazish deb baholanishi va jazo chorasi etarli darajada qat’iy boʻlmasligi sababli bolani do‘pposlaganlik, uning sog‘lig‘i qisqa muddatga yomonlashishi yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qolishiga olib kelmagan holda qasddan badanga engil, o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast etkazishda ifodalanadigan qilmish uchun mahsus norma bilan jinoiy javobgarlik belgilash lozimligi asoslantirilgan;
barcha holatlar har doim ham adolatli boʻavermasligi va ba’zi hollarda ota-onalar bolani tarbiyalash jarayonida jiddiy oqibatlarga olib kelmaydigan harakatlar qilishi mumkinligi sababli bolani do‘pposlaganlik, uning sog‘lig‘i qisqa muddatga yomonlashishi yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qolishiga olib kelmagan holda qasddan badaniga engil shikast etkazishda ifodalanadigan qilmish birinchi marta sodir etilganida ma’muriy huquqbuzarlik sifatida belgilanishi lozimligi asoslantirilgan;
oiladagi jinsiy zoʻravonlik jiddiy va koʻpincha yashirin muammo boʻlib, amaldagi qonunchilikda bu kabi qilmishlarga umumiy normalar doirasida koʻrib chiqilayotganligi berilishi sababli birga hayot kechiruvchi oilaning bir yoki bir guruh a’zolari tomonidan oilaning boshqa a’zosi jinsiy erkinligi yoki jinsiy daxlsizligiga tajovuz qilishda ifodalanadigan qilmish oiladagi jinsiy zo‘ravonlik sifatida tushunilishi lozimligi asoslantirilgan;
ko‘pincha oiladagi jismoniy zoʻravonlik holatlari yashirin qolishi va oila siri sifatida yashirilishi sababli birgalikdagi turmushda oilaning bir yoki bir guruh a’zolari tomonidan oilaning boshqa bir a’zosi sog‘lig‘i yoki jismoniy daxlsizligiga tajovuz qilishda ifodalanadigan qilmish oiladagi jismoniy zo‘ravonlik sifatida tushunilishi lozimligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. 
Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikka qarshi kurashishning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari tadqiq etish natijalari asosida:
bolani do‘pposlaganlik, uning sog‘lig‘i qisqa muddatga yomonlashishi yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qolishiga olib kelmagan holda qasddan badaniga engil, o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast etkazishda ifodalanadigan qilmish uchun alohida jinoiy javobgarlik belgilanishi lozimligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining JKning 1261-moddasining ikkinchi qismida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 5-martdagi 3/dn-47-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi nafaqat xotinini (erini), sobiq xotinini (sobiq erini), bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaxsni, shuningdek umumiy farzandga ega bo‘lgan shaxsni, balki bolani ham do‘pposlash, ushbu shaxslarga sog‘liqning qisqa muddat yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qolishiga olib kelmagan qasddan badanga engil shikast etkazish, o‘sha harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa jinoiy javobgarlik belgilanishiga xizmat qilgan;
bolani do‘pposlaganlik, uning sog‘lig‘i qisqa muddatga yomonlashishi yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qolishiga olib kelmagan holda qasddan badaniga engil shikast etkazishda ifodalanadigan qilmish birinchi marta sodir etilganida ma’muriy huquqbuzarlik sifatida belgilanishi lozimligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining MJTKning 592-moddasining ikkinchi qismida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 5-martdagi 3/dn-47-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi nafaqat xotinini (erini), sobiq xotinini (sobiq erini), bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaxsni, shuningdek umumiy farzandga ega bo‘lgan shaxsni, balki bolani ham do‘pposlash, ushbu shaxslarga sog‘liqning qisqa muddat yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qolishiga olib kelmagan qasddan badanga engil shikast etkazish ma’muriy javobgarlik belgilanishiga xizmat qilgan;
birga hayot kechiruvchi oilaning bir yoki bir guruh a’zolari tomonidan oilaning boshqa a’zosi jinsiy erkinligi yoki jinsiy daxlsizligiga tajovuz qilishda ifodalanadigan qilmish oiladagi jinsiy zo‘ravonlik sifatida tushunilishi lozimligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi natijasida O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ma’muriy huquqbuzarlik hamda jinoyat ishlari bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2023-yil 20-noyabrdagi 30-sonli qarori preambulasining o‘n birinchi xatboshisida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud Plenumining  2025-yil 17-martdagi 08/139-25-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi huquqni qo‘llash amaliyotida kundalik birgalikdagi hayot (turmush)da oilaning bir yoki bir guruh a’zolari tomonidan boshqa bir a’zosining jinsiy erkinligi yoki jinsiy daxlsizligiga tajovuz qilish bilan bog‘liq qilmishlar oiladagi jinsiy zo‘ravonlik sifatida tushunilishiga xizmat qilgan;
birgalikdagi turmushda oilaning bir yoki bir guruh a’zolari tomonidan oilaning boshqa bir a’zosi sog‘lig‘i yoki jismoniy daxlsizligiga tajovuz qilishda ifodalanadigan qilmish oiladagi jismoniy zo‘ravonlik sifatida tushunilishi lozimligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 30-sonli qarorining 3-bandi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Badanga qasddan shikast etkazishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 2007-yil 27-iyundagi 6-sonli qarori 11-bandining uchinchi xatboshisida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud Plenumining 2025-yil 17-martdagi 08/139-25-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi huquqni qo‘llash amaliyotida kundalik birgalikdagi hayot (turmush)da oilaning bir yoki bir guruh a’zolari tomonidan boshqa bir a’zosining sog‘lig‘i yoki jismoniy daxlsizligiga tajovuz qiladigan g‘ayriqonuniy harakatlarning oilaviy (maishiy) jismoniy zo‘ravonlik sifatida tushunilishi tushunilishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish