Djoldasov Akbar Batirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Quyi Amudaryo mintaqasi karvon yo‘llaridagi inshootlar tipologiyasi», 18.00.01–Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/A194.
Ilmiy rahbar: Shnekeev Jumabay Kalimbetovich, arxitektura fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.07.2024.A.20.11.
Rasmiy opponentlar: Durdieva Gavhar Salaevna, arxitektura fanlari doktori, professor; Masharipov Oybek Abduraximovish, arxitektura fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Quyi Amudaryo mintaqasidagi tarixiy karvon yo‘llari va ularga bog‘liq inshootlarnining tipologik xususiyatlarini ochib berish, karvon yo‘lidagi savdo-sotiq va sivilizatsion aloqalarning tutgan o‘rnini aniqlash, zamonaviy turizm salohiyatini oshirishyuzasidan loyihaviy takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Quyi Amudaryo mintaqasida savdo karvon yo‘llarining shimoliy-sharqiy, janubiy-sharqiy, shimoliy–janubiy hamda janubiy-g‘arbiy yo‘nalishlari sxemasi aniqlanib, ularning geografik yo‘nalishlari va tarixiy ahamiyati ochib berilgan;
Quyi Amudaryo mintaqasida joylashgan Beleuli, Uchquduq, Gunjali, Puljay, Meshekli qal’a karvonsaroylari; Ko‘hna Urganch, Shabbaz, Qizilqal’a, Gaur qal’a mudofaa garnizonlari; Qizilqal’a, Ayazqal’a, Topraqqal’a, Bozorqal’a mayoq minoralari va boshqa obektlarga oid grafik loyiha takliflari ishlab chiqilgan;
yo‘l bo‘yi ziyoratgohlardagi maqbara, sag‘ana va qulfi toshlar tiplari aniqlanib, ular ikki xil: sarkafak va toshli stella tiplariga mansubligi asoslangan;
karvon yo‘llaridagi arxitekturaviy inshootlarning tipologik xususiyatlarining o‘ziga xosligi va ishlatilgan ashyolarining mustahkamligi aniqlanib, tranzit orqali o‘tgan savdo karvon yo‘llaridagi arxitekturaviy inshootlarning uzviy bog‘liqligi xususida yangilangan xarita ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tarixiy yodgorliklar asosida hududlarning turizm imkoniyatlarini oshirish yo‘llari (Quyi Amudaryo mintaqasi karvon yo‘llaridagi inshootlar tipologiyasi) mavzusi yuzasidan olib borilgan ilmiy natijalar asosida:
Quyi Amudaryo mintaqasida savdo karvon yo‘llarining shimoliy-sharqiy, janubiy-sharqiy, shimoliy–janubiy hamda janubiy-g‘arbiy yo‘nalishlari sxemasi aniqlanib, ularning geografik yo‘nalishlari va tarixiy ahamiyati ochib berilganligi hamda Quyi Amudaryo mintaqasida joylashgan Beleuli, Uchquduq, Gunjali, Puljay, Meshekli qal’a karvonsaroylari; Ko‘hna Urganch, Shabbaz, Qizilqal’a, Gaur qal’a mudofaa garnizonlari; Qizilqal’a, Ayazqal’a, Topraqqal’a, Bozorqal’a mayoq minoralari va boshqa obektlarga oid grafik loyiha takliflari ishlab chiqilganligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2024 yil 29 noyabrdagi 04-07/4561-son ma’lumotnomasi). Natijalar Quyi Amudaryo mintaqasida savdo karvon yo‘llarining aniq yo‘nalishlarini aniqlash imkonini yaratgan;
yo‘l bo‘yi ziyoratgohlardagi maqbara, sag‘ana va qulfi toshlar tiplari aniqlanib, ular ikki xil: sarkafak va toshli stella tiplariga mansubligi asoslanganligi hamda karvon yo‘llaridagi arxitekturaviy inshootlarning tipologik xususiyatlarining o‘ziga xosligi va ishlatilgan ashyolarining mustahkamligi aniqlanib, tranzit orqali o‘tgan savdo karvon yo‘llaridagi arxitekturaviy inshootlarning uzviy bog‘liqligi xususida yangilangan xarita ishlab chiqilganligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2024 yil 29 noyabrdagi 04-07/4561-son ma’lumotnomasi). Natijalar karvon yo‘llaridagi arxitekturaviy inshootlarning tipologik xususiyatlarini aniqlash imkoniyatini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish