Bannoev Shokirjon Sharipjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Mintaqaviy oziq-ovqat bozorining amal qilish mexanizmini takomillashtirish (Namangan viloyati misolida)” 08.00.12 – “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt3070
Ilmiy rahbar: iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Sotvoldiev Nodirbek Jurabaevich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.01.11.
Rasmiy opponentlar: Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Ruzmetov Baxtiyar; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Umarov Suxrob Rustamovich.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqada oziq-ovqat bozorining amal qilish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Namangan viloyatida mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqariladigan bozorlarni rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmini Namangan shahri, Yangi Namangan va Davlatobod tumanlarini «asosiy zona», To‘raqo‘rg‘on, Uychi, Uchqo‘rg‘on tumanlarini «o‘sish zonasi», Kosonsoy, Pop, Chortoq tumanlarini «yangi rivojlanish zonasi» va Mingbuloq tumanini «depressiv zona»larga ajratib, ularga tabaqalashtirilgan subsidiyalar paketini taqdim qilish orqali takomillashtirish taklifi asoslangan;
mintaqada mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bilan hududiy, reproduktiv va institusional omillar o‘rtasidagi mutanosiblikni To‘raqo‘rg‘on tumanida meva-sabzavotchilik, Uchqo‘rg‘on va Norin tumanlarida g‘allachilik klasterlarini tashkil etish orqali ta’minlash taklifi asoslangan;
Namangan viloyatida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va shu turdagi tovar aylanmasini jadallashtirishga Yangiqo‘rg‘on tumanini qishloq xo‘jaligi uchun kimyoviy elementlar va mineral xomashyo etkazish, Pop tumanini magistral transport yo‘llarida savdo va logistika xizmatlari ko‘rsatish, Uchqo‘rg‘on tumanini baliqchilikka ixtisoslashtirish orqali erishishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Namangan viloyati hududlarining demografik salohiyati, ishlab chiqarish imkoniyatlari va ijtimoiy-iqtisodiy hususiyatlaridan kelib chiqqan holda, mintaqada mahalliy oziq-ovqat bozorini rivojlantirishning 2030-yilgacha bo‘lgan davr uchun ko‘p variantli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Namangan viloyatida mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqariladigan bozorlarni rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmini Namangan shahri, Yangi Namangan va Davlatobod tumanlarini «asosiy zona», To‘raqo‘rg‘on, Uychi, Uchqo‘rg‘on tumanlarini «o‘sish zonasi», Kosonsoy, Pop, Chortoq tumanlarini «yangi rivojlanish zonasi» va Mingbuloq tumanini «depressiv zona»larga ajratib, ularga tabaqalashtirilgan subsidiyalar paketini taqdim qilish orqali takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 dekabrdagi PF-287-son “Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining 1-2-ilovalarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investisiyalar, eksport, savdo, qishloq va suv xo‘jaligi masalalari kotibiyatining 2024-yil 10-maydagi 04/1-595-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Namangan viloyati hududlarida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilishining ixtisoslashuvi va mazkur turdagi tovarlar bozorining rivojlanishiga erishiladi;
Mintaqada mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bilan hududiy, reproduktiv va institusional omillar o‘rtasidagi mutanosiblikni To‘raqo‘rg‘on tumanida meva-sabzavotchilik, Uchqo‘rg‘on va Norin tumanlarida g‘allachilik klasterlarini tashkil etish orqali ta’minlash taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 25 apreldagi 211-son “2022-2026 yillarda Namangan viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori 2-ilovasining 38 va 48-bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Investisiyalar, eksport, savdo, qishloq va suv xo‘jaligi masalalari kotibiyatining 2024-yil 10-maydagi 04/1-595-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bilan hududiy, reproduktiv va institusional omillar o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlashga erishiladi;
Namangan viloyatida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va shu turdagi tovar aylanmasini jadallashtirishga Yangiqo‘rg‘on tumanini qishloq xo‘jaligi uchun kimyoviy elementlar va mineral xomashyo etkazish, Pop tumanini magistral transport yo‘llarida savdo va logistika xizmatlari ko‘rsatish, Uchqo‘rg‘on tumanini baliqchilikka ixtisoslashtirish orqali erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 25 apreldagi 211-son “2022-2026 yillarda Namangan viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori 2-ilovasining tegishli bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investisiyalar, eksport, savdo, qishloq va suv xo‘jaligi masalalari kotibiyatining 2024-yil 10-maydagi 04/1-595-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Namangan viloyatida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va shu turdagi tovar aylanmasini jadallashtirishga erishiladi;
Namangan viloyati hududlarining demografik salohiyati, ishlab chiqarish imkoniyatlari va ijtimoiy-iqtisodiy hususiyatlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan mintaqada mahalliy oziq-ovqat bozorini rivojlantirishning 2030-yilgacha bo‘lgan davr uchun ko‘p variantli prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 iyundagi PQ-273-son «O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonini amalga oshirish natijasida erishiladigan asosiy indikatorlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Investisiyalar, eksport, savdo, qishloq va suv xo‘jaligi masalalari kotibiyatining 2024-yil 10-maydagi 04/1-595-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotda joriy qilinishi natijasida mintaqada 2030 yilgacha bo‘lgan davrda mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishining 1,3 baravar o‘sishiga erishiladi.