Musurmanov Nodirbek Abdug‘anievichning
fandoktori (PhD)  dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmogʻi nomi): “Ijtimoiy boshqaruv jarayonlarini optimallashtirishda identiklik va fraktal yondashuv nisbati” 22.00.01 ‒ Sotsiologiya nazariyasi va tarixi. Sotsiologik tadqiqot usullari. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/S138
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi Akademiyasi 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/30.12.2019.S.23.02.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Bekmurodov Mansur Bobomurodovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor 
Rasmiy opponentlar: sotsiologiya fanlari doktori, professor Xolbekov Abdug‘ani Jumanazarovich, Anarova Shahzoda Amanbeevna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ijtimoiy boshqaruv jarayonlaridagi identiklik va fraktal yondashuvning o‘rni va rolini sotsiologik tadqiq etish orqali jamiyatdagi munosabatlar tizimini asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ijtimoiy boshqaruv tendensiyalarining mamlakatimiz hayotida yanada mustahkamlanishi, jamiyatda huquqiy madaniyatning yuksalishi, jamoatchilik nazoratining kuchayishi hamda vatanparvarlikning rivojlanishiga mahalla hududida “sinergetik effekt” hodisasini yuzaga keltirishi asoslab berilgan;
ijtimoiy boshqaruv jarayonlarini optimallashtirishda an’anaviy sotsiologik yondashuvlarni fraktal modellashtirish bilan uyg‘unlashtirish orqali mahalla tizimimning mikro va makro darajadagi o‘zaro bog‘liqligi sotsiologik ochib berilgan;
identiklik va fraktal yondashuv nisbatini matematik modellashtirish yordamida ijtimoiy boshqaruv tizimlarining kasbiy, sotsial va ma’naviy samaradorlik indeksi ishlab chiqilgan hamda to‘rt o‘lchovli sotsiologiya nazariyasining shakllanishi asoslantirilgan;
fraktal yondashuv va identiklikni uyg‘unlashtirish asosida ijtimoiy boshqaruvning ko‘p darajali (polilevel) va o‘zaro bog‘liq (interdepensiya) tarmoq tuzilmalari ijtimoiy barqarorlik modellarining yo‘lga qo‘yilishi sotsiologik asoslantirilgan. Fraktal yondashuv orqali matematik modellashtirib kompyuter simuliyasilari yordamida turli ssenariylarni sinab ko‘rish imkonini beradi bu esa shaharlarni aqlli tizimga aylantirishda (smart city) foydali ekanligi asoslantirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ijtimoiy boshqaruvda identiklik va fraktal yondashuv nisbati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagi faoliyatlarda qo‘llanildi:
ijtimoiy boshqaruvning mamlakatimiz hayotida yanada mustahkamlanishi jamiyatda huquqiy madaniyatning oshishiga, jamoatchilik nazorati kuchayishiga, vatanparvarlikning rivojlanishiga (ya’ni, fuqarolar ijtimoiy-siyosiy faollashuviga) sinergetik effekt sifatida ta’sir qilishi singari ilmiy xulosalaridan, o‘zbek xalqining identikligiga oid tizimlashtirilgan sotsiologik atama, tushuncha, tamoyil hamda konseptual yondashuvlarga oid takliflardan “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2024 yildagi O‘zbekiston yoshlari – 2024: qadriyatlar, muammolar va kutilmalar haqida dasturida nazarda tutilgan Yoshlar tashkilotlari faoliyatini kommunikativligini takomillashtirishga qaratilgan dasturda foydalanilgan (“Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2025-yil 14-martdagi 01-16/51-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur ilmiy xulosalar “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining ushbu yo‘nalishdagi ish faoliyati samaradorligini oshishiga xizmat qildi;
ijtimoiy boshqaruv jarayonlarini optimallashtirishda an’anaviy sotsiologik yondashuvlarni fraktal modellashtirish bilan uyg‘unlashtirgan holda, mahalla tizimining mikro va makro darajadagi o‘zaro bog‘liqligi kabi ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tizimi xodimlarining malakasini oshirish va mahallalarni metodik ta’minlash o‘quv-uslubiy markazining 2025-yil mart oyidagi “O‘zbekiston mahallalarida milliy qadriyatlar va vatanparparlik haqida” dasturida nazarda tutilgan Mahallalar faoliyatlarini kommunikativligini takomillashtirishga qaratilgan dasturda foydalanilgan (O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tizimi xodimlarining malakasini oshirish va mahallalarni metodik ta’minlash o‘quv-uslubiy markazining 2025-yil 18-martdagi 01-03/08-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tizimi xodimlarining malakasini oshirish va mahallalarni metodik ta’minlash o‘quv – uslubiy markazining ushbu yo‘nalishdagi ish faoliyati samaradorligini oshishiga xizmat qildi;
Dissertatsiyaning ijtimoiy boshqaruv jarayonlarini optimallashtirishda identiklik va fraktal yondashuv nisbatini shakllantirishga doir sharoitlar, usullar va faktorlarga oid takliflari, tavsiyalari va xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining 2025-yilga mo‘ljallangan “Ochiq studiya” tok-shou dasturida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining 2025-yil 26-martdagi 15-20/186-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ijtimoiy boshqaruv jarayonlarini optimallashtirishda identiklik va fraktal yondashuv nisbatiniga doir jamoatchilik fikri shakllanishiga xizmat qildi;
ijtimoiy boshqaruv jarayonlarini optimallashtirishda hududlarning etnomental xususiyatlarini hisobga olgan holda yondashishning jamiyatdagi integratsiyalashuv jarayonlarini intensivlashtirishi ilmiy-empirik asoslanganligi xususidagi takliflar “Toshkent viloyat teleradio kanali” DM faoliyatida “Yangi kunda yana birgamiz” dasturi 2025 yil fevral oyidagi sonida foydalanilgan (Toshkent viloyat teleradio kanali DM ning 2025-yil 27-martdagi №01-03-48-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimizda ijtimoiy boshqaruv jarayonlarini optimallashtirishda, identiklik va fraktal yondashuvda, o‘zbek identikligining shakllanib borishi jarayonida, tarixiy, ijtimoiy, ma’naviy omillarning zamonaviy globallashgan dunyoga integratsiyalashuv jarayonlarini yoshlar va jamoatchilik orasida keng targ‘ib qilishda qo‘llanildi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish