Omarov Xasan Baxtovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yurak ishemik kasalligida glutationperoksidaza 4 (GPX4) geni polimorfizmni klinik - diagnostik ahamiyati”, 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2024.3.PhD/Tib4857.
Ilmiy rahbar: Nurillaeva Nargiza Muxtarxanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Raximova Dilorom Alimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Muxamedov Rustam Sultanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik 
II. Tadqiqotning maqsadi: yurak ishemik kasalligi (stabil zo‘riqish stenokardiyasi) mavjud bemorlarda glutationperoksidaza 4 (GPX4) geni polimorfizmning uchrashini aniqlash va organizmning antioksidant himoyalash faoliyatini oshirishning muqobil usulini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda antioksidant tizim xususiyatlari va o‘ziga xosligini belgilovchi genlari polmorfizmini S/T va T/T alleli uning kechishi va prognozi bo‘yicha salbiy indikator ekanligi asoslangan;
ilk bor glutationperoksidaza 4 (GPX4) genining polimorf genotiplarini YuIKning yetakchi xavf omillaridan nasliy moyillik, nikotinga qaramlik, semizlik va havotir depressiv sindromi bilan yuqori darajadagi korrelyasiya aniqlangan;
glutationperoksidaza 4 (GPX4) geni polimorfizmini organizmning oksidlovchi stressga javobi, lipidlar almashinuvi va qon ivish tizimi bilan bog‘liq biomarkerlar darajasiga ta’siri, xar bir bemorda genetik holatni hisobga olib individual xavf omillari aniqlangan;
glutationperoksidaza 4 (GPX4) genining polimorfizmi negizida  antioksidant tizimini mustaxkamlash maksadida glutation va selen qo‘llash orqali standart davo takomillashtiriladi va erishilgan natijalar YuIK erta rivojlanishi va qisqa muddatlarda kasallikni yanada avjlanishini oldini olish orqali bemorlarning hayot sifati yaxshilanishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi 
Yurak ishemik kasalligida glutationperoksidaza 4 (GPX4) geni polimorfizmni klinik - diagnostik ahamiyati buyicha olingan natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: Yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda antioksidant tizim xususiyatlari va o‘ziga xosligini belgilovchi genlari polmorfizmini S/T va T/T alleli uning kechishi va prognozi bo‘yicha salbiy indikator ekanligi Toshkent shahar tibbiy reabilitatsiya markazi klinik shifoxonasining 04.03.2025-yildagi J/cp 59-sonli buyrug‘i hamda Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent viloyati filialining 13.03.2025 yil 50-sonli buyrug‘i  bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 25 maydagi  18 -son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: alohida tanlangan yondashuvlar asosida bemorlarni skriningga saralab olish va gipolipidemik davolashni erta boshlash imkonini yaratilib,  bemorlarni tashxislash bo‘yicha algoritm dasturlari samaradorligini oshiriladi. Iqtisodiy samaradorligi: YuIK yuqori xavfini belgilovchi genotipik prediktorlarga ega stabil zo‘riqish stenokardiyasi II-III FS mavjud bemorlarni antioksidant tizimi genetik polimorfizmini tashxislash uchun skrining dasturlari o‘tkazish byudjet mablag‘larini tejalishi ta’minlangan. Xulosa: YuIK mavjud bemorlarda glutationperoksidaza 4 (GPX4) genining allel va genotiplarining tarqalganlik darajasi o‘rganilib, erishilgan natijalar T alleli mavjud getero xamda  gomozigot genotipi bo‘lganlarga nisbatan og‘ir kechishiga sabab bo‘ladi degan ehtimolni tasdiqlash imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik:  ilk bor glutationperoksidaza 4 (GPX4) genining polimorf genotiplarini YuIKning yetakchi xavf omillaridan nasliy moyillik, nikotinga qaramlik, semizlik va havotir depressiv sindromi bilan yuqori darajadagi korrelyasiya aniqlanganligi Toshkent shahar tibbiy reabilitatsiya markazi klinik shifoxonasining 04.03.2025-yildagi J/cp 59-sonli buyruq hamda Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent viloyati filialining 13.03.2025 yil 50-sonli buyrug‘i  bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 25 maydagi 18-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: alohida tanlangan tarzda bemorlarni saralab olishni ta’minlaydi hamda YuIK genotipik polimorfizmini hisobga olgan holda uni tashxislashda tekshiruvlar hajmini mutanosib ravishda kengaytirish imkonini beradi. Bu esa bemorlarni kuzatishda tashxislash va bashoratlangan dasturlarining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: YuIK stabil zo‘riqish stenokardiyasi II-III FS bilan og‘rigan bemorlarda standart davolash kursi bilan birgalikda glutation va selen qo‘llash natijasida ularning 6 oydan keyin lipid almashinuvini me’yoriy ko‘rsatkichlarga yaqinlashishiga va qon tomir aterosklerozi kechishini barqarorlashishiga sabab bo‘lib, gipolipidemik dorilarni dozasini chegaralab har oyda sarflanadigan mablag‘ni tejash imkonini berdi. Xulosa: YuIK stabil zo‘riqish stenokardiyasi II-III FS bilan og‘rigan bemorlarda standart davolash kursi bilan birgalikda glutation va selen qo‘llash natijasida ularning lipid almashinuvini me’yoriy ko‘rsatkichlarga yaqinlashishiga va tomir aterosklerozi etilishi imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: glutationperoksidaza 4 (GPX4) geni polimorfizmini organizmning oksidlovchi stressga javobi, lipidlar almashinuvi va qon ivish tizimi bilan bog‘liq biomarkerlar darajasiga ta’siri, xar bir bemorda genetik holatni hisobga olib individual xavf omillari aniqlanganligi Toshkent shahar tibbiy reabilitatsiya markazi klinik shifoxonasining 04.03.2025-yildagi J/cp 59-sonli buyruq hamda Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent viloyati filialining 13.03.2025 yil 50-sonli buyrug‘i  bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 25 maydagi 18-son xulosasi).  Ijtimoiy samaradorligi: alohida tanlangan tarzda bemorlarni saralab olishni ta’minlaydi hamda YuIK genotipik tarkibiy qismlarini  hisobga olmagan holda kasallikni tashxislashda asbobiy tekshiruvlar hajmini differensial ravishda kengaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: YuIK bilan kasallangan bemorlarda laborator ko‘rsatkichlarni yaxshilash maqsadida glutation (250 mg) va selenni (55 mkg) birgalikda qo‘llash orqali 6 oydan keyin bemorning koagulogramma natijalarini yaxshilanishi, qonning koagulyasion tizimning ijobiy o‘zgarishlariga olib kelgan. Xulosa: Taklif qilingan algoritmning joriy qilinishi bemorlarni olib borishda tashxislash va prognozlash dasturlarining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: glutationperoksidaza 4 (GPX4) genining polimorfizmi negizida  antioksidant tizimini mustaxkamlash maksadida glutation va selen qo‘llash orqali standart davo takomillashtiriladi va erishilgan natijalar YuIK erta rivojlanishi va qisqa muddatlarda kasallikni yanada avjlanishini oldini olish orqali bemorlarning hayot sifati yaxshilanishi aniqlanganligi Toshkent shahar tibbiy reabilitatsiya markazi klinik shifoxonasining 04.03.2025-yildagi J/cp 59-sonli buyruq hamda Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent viloyati filialining 13.03.2025 yil 50-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 25 maydagi 18-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: amalga oshirilgan chora-tadbirlar YuIK mavjud bo‘lgan bemorlarda kasallikni erta aniqlash, uning kechishi prognozini baholash, noxush oqibatlar va fatal asoratlarning oldini olish, shuningdek, bemor-larning hayot sifati va uning davomiyligini yaxshilash bo‘yicha yondashuvlarni takomillashtirish imkonini yaratdi. Iqtisodiy samaradorligi: YuIK stabil zo‘riqish stenokardiyasi FS II-III bilan og‘rigan bemorlarda erishilgan natijalar jamiyatda mehnatga layoqatli kishilar sonining ortishiga, YuIK yanada avjlanib stabil stenokardiyaning FS ortishini oldini olishga, bu orqali bemorlarning yillik shifoxonaga yotish sonining 1,2 barobarga kamayishiga erishiladi. Xulosa: YuIK stabil zo‘riqish stenokardiyasi II –III FS bemorlarda kasallik asoratlari va uning kuchayishini bashorat qilish maqsadida bemorlarni olib borish algoritmi ishlab chiqilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish